31.12.2017 yildagi 20/2-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Guliston shahar mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli koʻrsatkichlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston shahar mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli koʻrsatkichlarini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24, 25-moddalariga binoan Xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Guliston shahar mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli koʻrsatkichlari tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari U. Kamolov, shahar Davlat soliq inspeksiyasi (N. Shaydullayev) hamda shahar moliya boʻlimi (B. Xatamov) hududlarni kompleks rivojlantirish, jumladan sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmogʻini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish orqali mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini oshirish yuzasidan aniq, manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar hokimligi asosiy eʼtiborni, birinchi darajali xarajatlar — ish haqi, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalarni toʻliq moliyalashtirilishiga va oʻz vaqtida toʻlanishiga qaratib, ushbu masalalarga shahar Kengashi deputatlari, jamoatchilikni keng jalb etishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2018-yil budjetida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari yetakchi oʻrinni egallab, ushbu sohalarga ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shahar moliya boʻlimi (B. Xatamov), shahar gʻaznachilik boʻlimi (T. Ummatqulov) budjet mablagʻlarining maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi U. Toshboyevga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashi raisi Sh. ISMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-dekabr,

20/2-son