Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2025 11.03.1997 yildagi PF-1734-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2025
Hujjat 11.03.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QISHLOQ XOʻJALIGIDA HISOB-KITOBLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID TUB CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik mahsuloti va qishloqqa yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari hamda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlash, qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan ularga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1997-yildan boshlab yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari hamda qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun moliyalash hamda hisob-kitoblarning shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni mustahkamlashga va shartnoma majburiyatlari boʻyicha tavakkalchiliklarni sugʻurtalashga asoslangan prinsipial Yangi tizimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, qishloq xoʻjaligidagi tovar ishlab chiqaruvchilar bilan ularga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar oʻrtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar quyidagi asosiy shartnoma turlarini tuzish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va boshqa qonunchilik aktlariga muvofiq amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchi tomonidan qishloq xoʻjalik mahsulotini xarid qilishga kontraksiya shartnomasi, shu jumladan fyuchers asosidagi shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjalik mahsulotlari xarid qilishga shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida tovar ishlab chiqaruvchilarga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan yonilgʻi-moylash materiallari, energiya manbalari, mineral oʻgʻitlar xoʻjalik oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, qishloq xoʻjalik texnikasi xarid qilish uchun maqsadli kreditlar olishga shartnoma, shuningdek ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatining huquqiy negizini taʼminlovchi boshqa turdagi shartnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish”, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat”, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmalari, Markaziy va tijorat banklari, Moliya vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birga ikki hafta muddatda mazkur shartnomalarning Namunaviy shakllarini puxta ishlab chiqib, tasdiqlasin va ularda tomonlarning oʻz zimmalariga qabul qilgan majburiyatlari boʻyicha mulkiy javobgarlik choralarini koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1997-yilning 1-apreliga qadar muddat ichida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan ishlab chiqilgan qishloq xoʻjalik mintaqalari boʻyicha ekin maydoni hamda yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari birligiga xodimlar soni va moddiy-xomashyo sarf-xarajatlari chegaralangan miqdorlarining normativlariga tanqidiy baho berib, toʻliq ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativlar tasdiqlangandan keyin ular xoʻjaliklarning biznes-rejalarini ishlab chiqish uchun asos sifatida qishloq xoʻjalik korxonalariga yetkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmalari, “Oʻzdonmahsulot” davlat aksiyadorlik korporatsiyasi, boshqa tayyorlov tashkilotlari quyidagilarni amalda keng joriy etsinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans tariqasida beriladigan mablagʻlar qaytarilishi xususida “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi bilan tegishli sugʻurta shartnomalari tuzilgan taqdirda qishloq xoʻjaligidagi tovar ishlab chiqaruvchilarga yangi yil hosili uchun qishloq xoʻjalik ekinlari yetishtirishning asosiy davrlari boʻyicha bosqichma-bosqich avans berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib berishni kafolatlovchi qishloq xoʻjalik korxonalari bilan paxta, don ekinlari hamda boshqa turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini xarid qilishga yangi hosil yigʻishtirib olingunga qadar ular qiymatini 90 foiz miqdorda oldindan toʻlab qoʻyilgan holda fyuchers kontraktlari tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi bilan birga jahon bozorida qulay konyunktura vujudga kelgan taqdirda haqi 90 foiz miqdorda oldindan toʻlanishi sharti bilan yangi hosil paxta tolasini eksport qilishga fyuchers kontraktlarini tuzsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit emissiyasining 1997-yilga moʻljallab belgilangan miqdorlari doirasida 1997-yil hosili uchun, shu jumladan 1996-yilda ushbu maqsadlarga ajratilgan kreditlarni qoplash hisobiga paxtakor va gʻallakor xoʻjaliklarga avans berish uchun “Paxtabank” va “Gʻallabank” ka qayta moliyalash kreditlarini ajratib berishni koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”, “Oʻzdavneftmahsulot”, “Oʻzagrokimyotaʼminot” tashkilotlari hamda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa vazirliklar va idoralar tuzilgan shartnomalar boʻyicha resurslar qiymatining 15 foizini oldindan toʻlangan taqdirda sarf-xarajatlarning belgilangan solishtirma normativlariga qatʼiy muvofiq ravishda shartnomalar tuzilishini va qishloq xoʻjalik korxonalariga moddiy-texnika resurslari yetkazib berilishini taʼminlasinlar. Hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qoʻllanish amalda joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Paxtabank”, “Gʻallabank”, “Mevasabzavotbank”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklar bilan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarning korxonalari, tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalarning oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik bilan “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi oʻrtasida sugʻurta shartnomasi tuzilgan taqdirda toʻlashga qobiliyatli xoʻjaliklarga yonilgʻi-moylash materiallari, energiya manbalari, mineral oʻgʻitlar, qishloq xoʻjalik texnikasi hamda boshqa moddiy-texnika resurslarining haqini toʻlashga oʻzlarining kredit mablagʻlari hisobidan maqsadli kreditlarni ajratib bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi xoʻjalik pasportining Namunaviy shakllariga va qarz oluvchiga nisbatan talablarga muvofiq, shuningdek belgilangan tartibda xoʻjalik mulkini garovga qoʻyish shartnomasi tuzilgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning maqsadli kreditlarini qoplash va xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga avans tariqasida beriladigan mablagʻlarning qaytarilishi uchun qishloq xoʻjaligidagi ishlab chiqaruvchilarning javobgarligi sugʻurta qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditli shartnomaning har bir loyihasi boʻyicha bankka ekspert xulosasini bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha hukumat komissiyasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasini, Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ilmiy-ishlab chiqarish markazini, “Oʻzistiqbolstat”, davlat qoʻmitasini, Moliya vazirligini, tijorat banklarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashini, viloyatlar va tumanlarning hokimliklarini jalb etgan holda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjalik korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy holatini yalpi hisobga olib, bunda zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli xoʻjaliklarning roʻyxatini aniqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrotlik toʻgʻrisida amaldagi qonunga muvofiq iqtisodiy jihatdan nochor xoʻjaliklarni restrukturizatsiya qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni bajarish yuzasidan qaror qabul qilsin. Mazkur Farmonning bajarilayotganligi 1997-yilning 1 yarmi yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1734-son