Xalq Deputatlari Guliston tuman Kengashining
Qarori
Guliston tumani mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli koʻrsatkichlari toʻgʻrisida
Guliston tumani mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli koʻrsatkichlarini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24, 25-moddalariga binoan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Guliston tumani mahalliy budjetining 2018-yilga asosiy istiqbolli koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M. Xaitov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi (T. Elmurodov), tuman moliya boʻlimi (X. Atabayev) hududlarni kompleks rivojlantirish, jumladan sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmogʻini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish orqali mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini oshirish, shu orqali tumanning subvensiya ulushini kamaytirish yuzasidan aniq, manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
3. Tuman hokimligi asosiy eʼtiborni, birinchi darajali xarajatlar — ish haqi, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalarni toʻliq moliyalashtirilishiga va oʻz vaqtida toʻlanishiga qaratib, ushbu masalalarga tuman Kengashi deputatlari, jamoatchilikni keng jalb etishni taʼminlasinlar.
4. 2018-yil budjetida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari yetakchi oʻrinni egallab, ushbu sohalarga ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish choralari koʻrilsin.
5. Tuman moliya boʻlimi (X. Atabayev), tuman boʻyicha gʻaznachilik boʻlinmasi (F. Ashurmatov) budjet mablagʻlarining maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi P. Turopovga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Qaror matni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Kengash raisi A. IBODULLAYEV
Dehqonobod sh.,
2017-yil 31-dekabr,
120/34-05-son