Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2019 14.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2979
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Sanoatda qayta ishlash uchun moʻljallangan ekstraksion paxta moyini birja savdolari orqali faqat “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalariga sotilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2979]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-avgustdagi 372-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2979-1, 26.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi PQ-3484-son “Yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanoatda qayta ishlash uchun moʻljallangan ekstraksion paxta moyini birja savdolari orqali faqat “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalariga sotilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2018-yil 14-fevral,

5-son

Moliya vaziri D. KUChKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-son

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 14-fevraldagi 5, 24-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatda qayta ishlash uchun moʻljallangan ekstraksion paxta moyini birja savdolari orqali faqat “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalariga sotilishi tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi PQ-3484-son “Yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq sanoatda qayta ishlash uchun moʻljallangan ekstraksiya usulida olingan paxta moyini (bundan buyon matnda ekstraksion paxta moyi deb yuritiladi) faqat “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi korxonalarga Oʻzbekiston Respublika Tovar-xomashyo birjasi (bundan buyon matnda birja deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladigan birja savdolari orqali sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan xar yili tasdiqlanadigan oʻsimlik moyi ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga yetkazib berish parametrlariga (bundan buyon matnda parametr deb yuritiladi) muvofiq sotiladigan ekstraksion paxta moyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarining elektron tizimi (bundan buyon matnda BSET deb yuritiladi) — birja aʼzolariga birja savdolarida bevosita birja savdo zalida aniq vaqt rejimida ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob-kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) — kliring elektron tizimi orqali birja bitimlari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
broker — mijozning (sotuvchi yoki xaridorning) topshirigʻiga asosan va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi yuridik shaxs — birja aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diler — birja bitimlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan tuzuvchi yuridik shaxs — birja aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — birja savdolarida mahsulotni sotishni amalga oshiruvchi yogʻ-moy korxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor — birja savdolarida mahsulot xarid qiluvchi “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tizimidagi ekstraksion paxta moyini sanoatda qayta ishlash ehtiyojlari uchun ishlatadigan korxonalar (salomas, salomas yogʻi kislotalari yoki pereetrifikatsiyalangan yogʻ mahsuloti ishlab chiqaruvchilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans — birjaning vositachilik yigʻimlarini, shuningdek, taraflarning zakalat pullarini oʻz ichiga oluvchi sotuvchi va xaridorlar tomonidan kiritiladigan moliyaviy mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mahsulot hajmlarini shakllantirish va sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birja savdolari Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga va birja savdolari qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahsulotni sotish BSETdan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sotuvchi va xaridorlar birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan shartnoma asosida diler sifatida yoki brokyerlar yordamida ularning treydyerlari orqali ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Birja aʼzolari respublika hududining qaysi nuqtasida joylashgan boʻlishidan qatʼi nazar birja aʼzolarining elektron birja savdolarida ishtirok etishi birja tomonidan taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Parametrda belgilangan hajmlar doirasida, mahsulotni qayta ishlovchi yogʻ-moy korxonalarining mahsulotga boʻlgan talabi hamda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardagi mavjud hajmlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tomonidan har bir keyingi oy boshlanishidan 5 kun oldin, keyingi oyda birja savdolariga qoʻyiladigan mahsulot hajmlari va savdo ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar birjaga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xaridor va sotuvchilarni avans summasiga muvofiq birja savdosiga qoʻyish yoki ularni chetlashtirish, birja savdolarining gʻolibini aniqlash va birja bitimini roʻyxatga olish avtomatik ravishda BSET tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qarama-qarshi buyurtmalarni birlashtirish natijasi boʻyicha BSET birja bitimlarini shakllantiradi va roʻyxatga oladi, shundan soʻng amalga oshirilgan birja bitimlari reyestrini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirish uchun birja bitimi tuzilgan kunda birja savdolarining qoidalariga muvofiq birja aʼzolariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Birja bitimi roʻyxatga olingandan soʻng xaridor oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda birja bitimi boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun qoʻshimcha mablagʻlarni oʻtkazishi lozim. Bunda, zakalat sifatida kiritilgan mablagʻlar hisobga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Birja savdolarida sotilmagan va bekor (annulatsiya) qilingan birja bitimlardagi mahsulot hajmlari avtomatik ravishda BSET tomonidan keyingi birja savdolariga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Birja tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun komission yigʻim xaridorlar va sotuvchilardan birja bitimi summasidan kelib chiqib har bir tarafdan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Narxlarni belgilash va oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mahsulotni birja savdolariga qoʻyishning boshlangʻich narxi sotuvchi tomonidan erkin sotiladigan narx darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Birja savdolarida tuzilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitob HKKP orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Birja kliring natijalari va mablagʻlarining holati haqidagi maʼlumotlarni mijozlarning shaxsiy kabineti orqali oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sotuvchi va xaridorlar oʻzlarining HKKPdagi shaxsiy hisob raqamlariga birja savdosiga qoʻyilgan mahsulot umumiy qiymatining va xarid qilinishi koʻzda tutilayotgan mahsulot hajmining 2 foizi miqdordagi zakalat pul mablagʻlarini joylashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xaridorlar avans bilan taʼminlangan hajmlarda mahsulotni xarid qilish uchun bitimlar tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. HKKP xaridordan mablagʻlar kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida, toʻlov oʻtkazilgan bitimlar roʻyxatini sotuvchining shaxsiy kabinetiga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar sotuvchi yoki xaridor mahsulot haqini toʻlash, tanlab olish, yetkazish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmasa, birja bitimni bekor qiladi va jabrlangan tarafga majburiyatni bajarmagan tarafdan boʻnak mablagʻini jarima sifatida oʻtkazadi. Bunda undirilayotgan jarima summasi tuzilgan oldi-sotdi shartnomasining umumiy qiymatidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. HKKP taqdim etgan toʻlov oʻtkazilgan bitimlar roʻyxati sotuvchining mahsulotni xaridorga yuklab joʻnatishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mahsulot joʻnatilganligi va olinganligi dalilini xaridor bilan sotuvchining (yoki ular vakolatli vakillarining) imzolari qoʻyilgan yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan yuk xatining nusxasi HKKP tomonidan bir ish kuni mobaynida xaridorning shaxsiy hisobvaragʻidagi mablagʻlarni sotuvchining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga oʻtkazishga va bitimni yopishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Oʻzpaxtayogʻ” AJ Iqtisodiyot vazirligiga hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay, mazkur Nizomga muvofiq yogʻ-moy korxonalari tomonidan mahsulotni birja savdolariga qoʻyish, sotish hajmlari va haqiqatda yetkazib berilgan miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Birja savdolari jarayonida vujudga keluvchi shartnomaviy majburiyatlarni bajarishga, hisob-kitob kliring xizmatiga oid nizo va kelishmovchiliklar birjaning arbitraj, intizom komissiyalari yoki shartnomaning sudga oidlilik shartlariga muvofiq hakamlik sudi yoki sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ hamda “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-fevral

“Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori M. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi v.v.b. A. NAGAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 10/18/2979/0894-son)