Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-mart,
197-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 5-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Investitsiya dasturiga” soʻzlari “rivojlanish davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 24-bandning “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Investitsiya dasturiga” soʻzlari “rivojlanish davlat dasturlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshiga “korxonalar boʻyicha” soʻzlaridan keyin “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlanish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomning rus tilidagi matnida:
a) 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 13-bandning ikkinchi va uchinchi hatboshilaridagi “Investitsionnuyu programmu” soʻzlari “gosudarstvennie programmi razvitiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 1-ilovaning birinchi qatoridagi “Investitsionnoy programmi” soʻzlari “gosudarstvennix programm razvitiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2019-y., 09/19/355/3024-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-iyundagi 341-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 23-son, 468-modda) rus tili matnidagi 11-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Gosudarstvennomu komitetu Respubliki Uzbekistan po investitsiyam, Ministerstvu ekonomiki, Ministerstvu finansov Respubliki Uzbekistan pri formirovanii gosudarstvennix programm razvitiya Respubliki Uzbekistan na 2018 god i posleduyuщiye godi v ustanovlennom poryadke predusmatrivat vklyucheniye v nix investitsionnix proyektov, predusmotrennix k realizatsii v ramkax Programmi, s uchetom”.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 13-noyabrdagi 911-son qarorning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2018-yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari parametrlarini shakllantirishda Markaz oʻquv korpuslarida qurilish-tiklash ishlarini moliyalashtirish va talabalar shaharchasining toʻliq faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun Surxondaryo viloyati hokimligining asoslangan hisob-kitoblari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan kapital mablagʻlar hisobidan tegishli mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin”.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-son qarori
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida” 1997-yil 12-maydagi 240-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Asosiy qiymat va moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari toʻgʻrisida” 1998-yil 19-avgustdagi 355-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga 2-ilovaning 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-apreldagi PQ-2868-son qarori)” 2017-yil 21-avgustdagi 651-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 26.04.2019-y., 09/19/355/3024-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)