13.03.2018 yildagi PQ-3597-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini tashkil etishda samarali hamkorlikni taʼminlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda qarzdorlikni undirish choralarining tezkorligi va taʼsirchanligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bosh prokuraturaning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida (keyingi oʻrinlarda — Byuro) quyidagilarga moʻljallangan Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron hamkorlik tizimi) yaratish haqidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor-jismoniy shaxslar va ularning mol-mulklari, shuningdek, olib berilishi lozim boʻlgan bolani qidirishda Byuro va davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida tezkor axborot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijrochilarining qarorlari, topshiriqlari, koʻrsatmalari, bildirishnomalari va boshqa xabarnomalarini, shuningdek, ularga javoblarni tegishli davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlariga elektron hujjat koʻrinishida yuborish (qabul qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan qarzdorlarga, shu jumladan ularning mol-mulklari va mulkiy huquqlariga nisbatan cheklov choralarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻz vaqtida qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda Byuro bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — hamkorlik qiluvchi tashkilotlar) roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuroga mazkur roʻyxatni boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan kengaytirish, shuningdek, ular boʻyicha qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha idoralararo elektron hamkorlik sxemasini kelishilgan holda belgilash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Byuro va hamkorlik qiluvchi tashkilotlar oʻrtasidagi qarzdorliklarni undirish boʻyicha idoralararo elektron hamkorlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 — 19-ilovalarga* muvofiq sxemalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 19-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud maʼlumotlarning tezkorligi va haqqoniyligini taʼminlagan va qonun hujjatlariga muvofiq axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni koʻrgan holda ruxsatsiz foydalanishga imkon bermaydigan himoyalangan telekommunikatsiya tarmoqlari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish yoki hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning maʼlumotlar bazalarini Byuroning axborot tizimida takrorlash va muntazam yangilab borish yoxud hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlarini Byuroning axborot tizimi bilan integratsiya qilish yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuro va hamkorlik qiluvchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan elektron hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlar va texnologik yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlaridagi yoki maʼlumotlar bazalaridagi takomillashtirishlar yoxud elektron hamkorlik toʻgʻrisidagi texnologik yoʻriqnomaning oʻzgarishiga olib kelayotgan har qanday oʻzgartirish Byuro bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va Yagona elektron hamkorlik tizimiga integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Byuro Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda hamkorlik qiluvchi tashkilotlar bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlik qiluvchi tashkilotlar bilan elektron hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlar va texnologik yoʻriqnomalar tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilishni inobatga olgan holda Yagona elektron hamkorlik tizimi ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish boʻyicha ishlar, shu jumladan dasturiy taʼminotni yaratish, oʻz xodimlarini elektron raqamli imzo bilan taʼminlash Byuro va hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3597-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2018-y., 07/18/3597/0889-son)