OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
“2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2956-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 8-oktabrdagi 7-mb-sonli “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2956-4, 31.10.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi).
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 51-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-fevraldagi 81-son qarori bilan tasdiqlangan 2018-yil uchun Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 9-noyabrdagi 6-mb-son “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2956, 2017-yil 19-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2017-y., 10/17/2956/0429-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-fevral,
1-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 20-fevraldagi 1-mb son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-banddagi “103” raqami “105” raqami bilan almashtirilsin.
2. 18-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot shakli (104-ilova) va Respublikadagi madaniy meros obyektlari toʻgʻrisida hisobot shakli (105-ilova) bilan toʻldirilsin.
2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
1-ILOVA
Import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot (18-ilova)
2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot (104-ilova)
2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
3-ILOVA
Respublikadagi madaniy meros obyektlari toʻgʻrisida 2017-yil uchun hisobot (105-ilova)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2956-1/0882-son)