Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikni, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-avgustdagi PF-3305-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 17-yanvar,
28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika xalq xoʻjaligini va aholisini gaz bilan taʼminlashni tashkil etishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 2-dekabrdagi 587-son qarorining 2 va 6-bandlaridagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Madad” agentligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 26-iyuldagi 292-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 7-son, 25-modda; 1998-y., 5-son, 20-modda; 2002-yil 11-son, 72-modda):
a) 3-banddagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 159-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-dekabrdagi 439-son qarori bilan tasdiqlangan Biznes-maktab toʻgʻrisida nizom (3-ilova) (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 36-modda; 2001-y., 4-son, 21-modda) I boʻlimining 1-bandidagi, II boʻlimi 1-bandidagi, 2-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-martdagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish Respublika kengashi toʻgʻrisida nizomning 3.5-bandidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 16-apreldagi 199-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi toʻgʻrisida nizom (3-ilova) II boʻlimining beshinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun Hujjatlari Toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
8. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda; 2003-y., 1-son, 7-modda):
a) qarorning nomidagi, kirish qismidagi va 1, 2, 3, 6-bandlaridagi, 7-bandning uchinchi xatboshidagi, 8-bandning birinchi xatboshidagi, 10-banddagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-bandning ikkinchi xatboshidagi “yoki oʻrta” va “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-bandning uchinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-banddagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
ilovaning nomidagi, 6, 9 va 11-bandlardagi, shuningdek izohdagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9. Vazirlar Mahkamasining “2000—2005-yillarda yolgʻiz keksalarni, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 7-dekabrdagi 520-son qarorining 4-bandidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-fevraldagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot-tahlil boshqarmasi tuzilmasining “Xususiylashtirish, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish shoʻbasi” kichik boʻlimidagi (13-ilova) “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 17-fevraldagi 57-son qarorida:
a) qarorning kirish qismidagi, 4-bandining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 6-bandda:
uchinchi xatboshidagi “kichik va oʻrta biznes, xususiy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “kichik va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “kichik, oʻrta va xususiy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “kichik va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 7-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “kichik, oʻrta va xususiy” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va oʻrta biznes korxonalarining hisobot berishini qisqartirish va tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 23-fevraldagi 65-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 2-son, 10-modda):
qaror nomidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
qarorning kirish qismidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-banddagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Fermerlarni, xususiy tadbirkorlarni hamda kichik va oʻrta biznes boshqa subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 11-modda, 2001-y., 6-son, 34-modda, 2003-y., 1-son, 7-modda) nomidagi va kirish qismidagi, 3-bandidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda):
a) qarorning nomidagi, kirish qismidagi, 1-bandining uchinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
ilovaning nomidagi, 1 va 2-bandlaridagi, 8-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshidagi, 9-bandidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-banddagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
29-banddagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovaning 2-bandidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibi 3-bandining “e” kichik bandidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzkoʻrgazmasavdo” doimiy ishlovchi respublika yarmarka savdosi markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-sentabrdagi 340-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 56-modda; 2003-y., 1-son, 5-modda) 6-bandidagi va 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi—Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 230-modda)
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tuzilgan komissiyalar va kengashlar tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 10-ilovadagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda; 2003-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisida nizom 1-bandidagi va 20-bandining oʻn birinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Vazirlar Mahkamasining “Temir yoʻllarni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 20-martdagi 136-son qarori 6-bandining birinchi xatboshidagi “kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish” soʻzlari “kichik biznesni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisida nizom (3-ilova) 5-bandining oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va suv taqchilligini yumshatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 8-iyundagi 249-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda; 2003-y., 1-son, 7-modda, 2-son, 19-modda) 5-bandidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotni kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-avgustdagi 349-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 48-modda) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklarini mablagʻ bilan taʼminlash, moddiy-texnik taʼminlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 10-sentabrdagi 366-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 52-modda; 2003-y., 2-son, 19-modda) kirish qismidagi, 5-bandidagi, 7-bandining ikkinchi xatboshidagi, 10-bandidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
27. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-martdagi 90-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 16-modda) 7-bandining birinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar qurilish kompleksini boshqarishni takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida” 2002-yil 29-apreldagi 147-son qarori 3-bandining sakkizinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-iyundagi 227-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Taqdim etish davriyligi qisqartiriladigan moliya va davlat statistika hisoboti shakllarining roʻyxati (1-ilova) I boʻlimining 1.1-bandidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Respublika yengil sanoatini rivojlantirish va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qaroriga 1-ilova 1.1-bandining yettinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 51-son, 577-modda)
32. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-oktabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom (6-ilova) 8-bandining oʻn birinchi xatboshidagi va 23-bandining oltinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda) 3-bandining beshinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 549-modda)
36. Vazirlar Mahkamasining “Polsha Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 21-iyuldagi 319-son qaroriga 1-ilovaning 8 va 9-bandlaridagi hamda 2-ilovaning 2.2-bandidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1012/0457-son)
38. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 11-avgustdagi 348-son qarorining kirish qismidagi va 2-bandining beshinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi oʻrtasidagi Hukumatlararo bitimlar doirasidagi loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 14-avgustdagi 353-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda; 2005-y., 22-son, 159-modda, 52-son, 386-modda; 2006-y., 25-26-son, 230-modda, 40-son, 396-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda, 51-son, 577-modda; 2015-y., 43-son, 549-modda; 2016-y., 16-son, 160-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1012/0457-son, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son; 04.04.2018-y., 09/18/252/0995-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)