Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2018 17.02.2000 yildagi 57-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KIChIK VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh BO‘YIChA RESPUBLIKA MUVOFIQLAShTIRUVChI KENGAShI FAOLIYATINI FAOLLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PQ-5343-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirishga doir vazifalardan kelib chiqqan holda kichik biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish, tadbirkorlar faoliyatini faollashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarining ishonchli kafolatini ta’minlash, kichik va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonovga Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini sust tashkil etganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 45-son, 341-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi o‘z faoliyatida e’tiborni quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilinishi ustidan monitoring o‘tkazish, tadbirkorlarning ular faoliyatiga hokimiyat va boshqaruv organlarining asossiz aralashuvidan ishonchli himoya qilinishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlarga kredit va kichik kredit olishda ko‘maklashish, investitsiya loyihalari va takliflari tanlov asosida saralab olinishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlarga moddiy-texnika resurslari olishda hamda ularning mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishda ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes korxonalarini rivojlantirish monitoringini amalga oshirish, mavjud muammolarni chuqur o‘rganish hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga va uni rivojlantirishni rag‘batlantirishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlar o‘rtasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish, kichik biznes uchun konsalting, lizing, sug‘urta xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes subyektlari uchun kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha bozor infratuzilmasi tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi ishchi organi funksiyalarining tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga oid qismi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi tuzilmasida Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa — tegishli bo‘limlar tashkil etilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-fevraldagi 116-son qarori 5-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov boshchiligida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-iyuldagi 335-f-son farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-martdagi 118-f-son farmoyishi 1-bandining birinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)