07.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2759-1
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 07.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2759-1
Кучга кириш санаси
07.03.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2019
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “7,5 foiz” degan so‘zlar “14 foiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 5-banddagi “7,5 foiz” degan so‘zlar “14 foiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 7-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
4. 8-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
5. 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “7,5” raqami “14” raqami bilan almashtirilsin.