22.02.2018 yildagi 137-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3413-son qaroriga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 137-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari (katta inspektorlari) va tezkor xodimlarining (katta tezkor xodimlari) (keyingi oʻrinlarda profilatika inspektorlari va tezkor xodimlar deb ataladi) faoliyatini baholash, shuningdek, ularga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofoti tarzidagi iqtisodiy taʼsir choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Faoliyati har chorakdagi ishlarini baholash yakunlariga koʻra qoniqarsiz deb topilgan profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan taʼsir chorasi sifatida ular lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda bir martalik pul ushlanishi qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik pul ushlanishi intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi va uning qoʻllanishi intizomiy jazo chorasini qoʻllash bilan bogʻliq oqibatlarga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Faoliyati har chorakdagi ishlarini baholash yakunlariga koʻra samarali deb topilgan profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan lavozim maoshining 50 foizgacha miqdorida bir martalik pul mukofoti qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu pul mukofoti ragʻbatlantirish chorasi hisoblanmaydi va xodimning amaldagi intizomiy jazosi mavjudligiga qaramasdan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bir martalik pul ushlanishi va mukofotlashni qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir martalik pul ushlanishi va mukofotlashni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida tashkil etiladigan biriktirilgan hududda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining faoliyatini baholash boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya tarkibiga lavozimi boʻyicha quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining jinoiy qidiruv boshqarmalari va huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya kotibi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil boshqarmalari boshliqlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya hisobot choragidan keyingi hisobot choragining birinchi oyi 15 sanasidan kechikmay, har chorakdagi ish yakunlari boʻyicha majlislar oʻtkazadi. Komissiya qarorlari rais tomonidan tasdiqlanadigan, komissiya aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadigan majlislar bayonnomalarida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislariga tegishli hududda joylashgan davlat boshqa organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya aʼzolari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatining holatini oʻrganish uchun ishchi guruhlar tuzadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil qilinayotgan davrda biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatining joriy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilishni taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarga borgan holda tahlil qilinayotgan chorak mobaynida erishilgan aniq natijalarni koʻrsatgan holda, biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorak yakunlari boʻyicha biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatining samaradorligini baholaydilar va ularning ishini yaxshilash choralarini qoʻllaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlariga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofotlash tarzidagi iqtisodiy taʼsir choralarini qoʻllash ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlaridan bir martalik pul ushlanishi ushbu Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli profilaktika inspektori va tezkor xodimi avval intizomiy jazoga tortilganligiga asoslanib bir martalik pul ushlanishini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga bir martalik pul mukofotini toʻlash ushbu Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan ushbu Nizomga muvofiq biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash quyidagi holatlarda amalga oshirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektori va tezkor xodim tegishli hududga vaqtincha biriktirilganda yoki ular tomonidan majburiyatlari vaqtincha bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektori va tezkor xodimni tegishli hududga biriktirish davrining davomiyligi hisobot choragi muddatidan oshmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalarini bitirishi bilan ichki ishlar organiga xizmatga qabul qilingan profilaktika inspektori va tezkor xodim biriktirilganda — faoliyatni murabbiylar rahbarligida amalga oshirish davrida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar bir hududga ikki va undan ortiq profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar biriktirilsa, ularning faoliyatini baholash va bir martalik pul ushlanishi yoki mukofotlash ularning har biriga nisbatan teng darajada qoʻllanadi. Profilaktika inspektorlari yoki tezkor xodimlardan biri faoliyatini murabbiy rahbarligida amalga oshirayotgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatini baholash dastlab bir martalik pul ushlanishini qoʻllash mezonlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatida bir martalik pul ushlanishini qoʻllash mezonlariga mos keladigan koʻrsatkichlar boʻlmasa, bunday holatda baho berish komissiya tomonidan bir martalik pul mukofotini qoʻllash mezonlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatida baholashning ikkita mezoniga mos keladigan koʻrsatkichlar boʻlmasa, ularga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofotlash qoʻllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiyaning har chorakda baholash yakunlari boʻyicha bir martalik pul ushlanishi va mukofotlarni qoʻllash uchun asos boʻlib hisoblanadigan xulosalar tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bir martalik pul ushlanishi va mukofotlash miqdorlari asoslangan boʻlishi va baholash mezonlariga toʻgʻri kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Profilaktika inspektori yoki tezkor xodimga nisbatan ketma-ket toʻrtta chorakda pul ushlanishi qoʻllanilgan holatlarda uning faoliyati komissiya va ichki ishlar organining intizomiy kengashida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining bir martalik pul ushlanishlarini va mukofotlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruqlari komissiyalar xulosalari asosida hisobot choragidan keyingi oyning 30-sanasidan kech boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga bir martalik pul mukofotlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan pul taʼminoti jamgʻarmasi doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlardan bir martalik ushlanadigan pul mablagʻlari moliya yili yakunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtiyorida qoldiriladi va pul taʼminoti toʻlovlari uchun sarflanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 207-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/207/2754-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofot tarzidagi iqtisodiy taʼsir choralarining obyektiv va toʻgʻri qoʻllanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Pul mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlariga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofoti tarzidagi iqtisodiy taʼsir choralarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan hududda faoliyatini amalga oshiruvchi profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan bir martalik pul ushlanishi tarzidan iqtisodiy taʼsir choralarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Faoliyatni baholash mezonlari

Koʻrsatkichlar

Lavozim maoshiga nisbatan pul ushlanishi miqdorlari (foizda)

Profilaktika inspektorlari

1.

Biriktirilgan hududda chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.

1 ta jinoyat

10 %

2 ta jinoyat

20 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

30 %

2.

Biriktirilgan hududda chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.

1 ta jinoyat

10 %

2 ta jinoyat

15 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

20 %

3.

Biriktirilgan hududda chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan biri sodir etilgan.

1 ta jinoyat

10 %

2 ta jinoyat

15 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

20 %

4.

Biriktirilgan hududda chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.

1 ta jinoyat

5 %

2 ta jinoyat

10 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

15 %

5.

Biriktirilgan hududda chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.

1 ta jinoyat

5 %

2 ta jinoyat

15 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

25 %

6.

Biriktirilgan hududda chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.

1 ta jinoyat

5 %

2 ta jinoyat

15 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

25 %

7.

Biriktirilgan hududda chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.

2 ta jinoyat

5 %

3 ta jinoyat

10 %

4 ta va undan ortiq jinoyat

15 %

8.

Biriktirilgan hududda chorak davomida yashovchi shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 2441, 2442, 2443-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan biri sodir etilgan.

1 ta jinoyat

20 %

2 ta va undan ortiq jinoyat

30 %

9.

Biriktirilgan hududda chorak davomida yashovchi voyaga yetmagan shaxs tomonidan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etilgan.

1 ta jinoyat

10 %

2 ta jinoyat

15 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

20 %

10.

Chorak davomida ichki ishlar organida profilaktika hisobida turgan va biriktirilgan hududda yashayotgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan.

1 tadan 2 tagacha jinoyat

5 %

3 tadan 4 tagacha jinoyat

10 %

5ta va undan ortiq jinoyat

15 %

11.

Jismoniy va yuridik shaxslardan profilaktika inspektorlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan kelib tushgan tasdiqlangan shikoyatlarning mavjudligi.

1 dan 2 tagacha

5 %

3 va undan ortiq

10 %

12.

Profilaktika inspektorlarining har oylik hisobotlari yakunlari boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan olingan salbiy fikrlar.

bir oy ichida

10 %

2 oy ichida

15 %

3 oy ichida

20 %

Tezkor xodimlar

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.

1 ta jinoyat

15 %

2 ta jinoyat

20 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

30 %

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.

1 ta jinoyat

15 %

2 ta jinoyat

20 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

30 %

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-119-moddalari ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.

1 ta jinoyat

15 %

2 ta jinoyat

20 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

25 %

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.

1 ta jinoyat

15 %

2 ta jinoyat

20 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

25 %

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.

1 ta jinoyat

15 %

2 ta jinoyat

20 %

3 ta va undan ortiq jinoyat

25 %

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.

2 ta jinoyat

15 %

3 ta jinoyat

20 %

4 ta va undan ortiq jinoyat

25 %

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Bir martalik pul ushlanishining eng koʻp miqdori lavozim maoshining 50 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biriktirilgan hududda faoliyatini amalga oshiruvchi profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan bir martalik pul mukofoti tarzidan iqtisodiy taʼsir choralarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Faoliyatni baholash mezonlari

Lavozim maoshiga nisbatan pul mukofoti miqdorlari (foizda)

Profilaktika inspektorlari

1.

Biriktirilgan hududda chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97, 104-105, 118-119, 127-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilmagan.

15 %

2.

Chorak davomida biriktirilgan hududda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164, 166 va 169-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilmagan.

10 %

3.

Biriktirilgan hududda chorak davomida ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan va biriktirilgan hududda yashaydigan shaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilmagan.

10 %

4.

Biriktirilgan hududda chorak davomida yashaydigan voyaga yetmagan shaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilmagan.

5 %

5.

Chorak davomida (profilaktika inspektorining tashabbusi bilan) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130, 1301, 131, 224, 226, 248, 2501, 270 — 274, 276-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilmagan.

5 % — har bir aniqlangan jinoyat uchun

6.

Biriktirilgan hududda chorak davomida (profilaktika inspektorining tashabbusi bilan) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 2441, 2442, 2443-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilmagan.

15 % — har bir aniqlangan jinoyat uchun

7.

Biriktirilgan hududda chorak davomida ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda boʻlgan shaxsning turar joyi (profilaktika inspektorining tashabbusi bilan) aniqlangan.

10 % — har bir ushlangan
shaxs uchun

8.

Chorak davomida profilaktika inspektorlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslardan shikoyatlar kelib tushmagan.

5 %

Tezkor xodimlar

9.

Biriktirilgan hududda chorak davomida sodir etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97, 104 va 118-moddalarida nazarda tutilgan barcha jinoyatlar ochilgan.

15 %

10.

Biriktirilgan hududda chorak davomida sodir etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasida, 166 va 169-moddalarining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan barcha jinoyatlar ochilgan.

10 %

11.

Biriktirilgan hududda chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270 — 274, 276-moddalarida nazarda tutilgan 2 va undan ortiq jinoyatlar (tezkor xodimning tashabbusi bilan) aniqlangan.

10 % — har bir aniqlangan ikkita jinoyat uchun

12.

Biriktirilgan hududda chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasida nazarda tutilgan jinoyat (tezkor xodimning tashabbusi bilan) aniqlangan.

10 % — har bir aniqlangan jinoyat uchun

13.

Biriktirilgan hududda chorak davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 2441, 2442, 2443-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan biri (tezkor xodimning tashabbusi bilan) aniqlangan.

15 % — har bir aniqlangan jinoyat uchun

14.

Biriktirilgan hududda chorak davomida ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda boʻlgan shaxs (tezkor xodimning tashabbusi bilan) aniqlangan va ushlangan.

10 % — har bir ushlangan
shaxs uchun

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Bir martalik pul mukofotining eng koʻp miqdori lavozim maoshining 50 foizidan oshmasligi kerak.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 09/18/137/0811-son; 12.03.2019-y., 09/19/207/2754-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)