22.02.2018 yildagi PQ-3557-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti bazaviy tarmoqlaridagi loyihalash ishlarining holati ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarida malakali muhandis-loyihalovchilarning yetishmasligidan, ushbu sohada ishlarni tashkil etish zamonaviy innovatsion usullarning joriy etilishi lozim darajada emasligidan va buning oqibatida ishlab chiqilayotgan loyiha hujjatlari sifatining past ekanligidan dalolat bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarishda chet el injiniring kompaniyalari ishtirokiga kuchli muhtojlik yuzaga keldi, bu esa koʻrsatiladigan xizmatlarga haq toʻlash uchun katta miqdorda valyuta mablagʻlari sarflanishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlashning amaldagi tizimi ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini loyiha institutlari va injiniring tashkilotlarining faol ishlab chiqarish faoliyatiga tez jalb qilish imkonini bermayapti. Yosh mutaxassislar texnologik tizimlarni loyihalash, konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash va loyihalarni boshqarishning boshlangʻich koʻnikmalariga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarida investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida asosiy pudratchi hisoblanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti (keyingi oʻrinlarda “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti deb yuritiladi) xodimlari sonining cheklanganligi ishlarni tashkil etishning zamonaviy innovatsion usullarini samarali joriy etish va muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish imkonini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ishlari sifati va ularni mahalliylashtirish darajasini oshirish, ushbu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash va loyihani boshqarish sohasida muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, chet el taʼlim muassasalaridan va injiniring kompaniyalaridan yetakchi mutaxassislar va muhandis-loyihalovchilarni oʻquv jarayoniga keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Navoiy davlat konchilik instituti (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari) talabalari iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari va loyiha institutlarida (keyingi oʻrinlarda — loyiha institutlari) majburiy stajirovkadan oʻtish amaliyotini joriy etish, shuningdek, ularda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirishda loyiha ishlarini mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda chet el injiniring kompaniyalari xizmatlari oʻrnini bosqichma-bosqich egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz muhandis-loyihalovchilarini va boshqa mutaxassislarni loyihalashning zamonaviy standartlariga amaliy oʻrgatish maqsadida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarida kontraktlar boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirayotgan chet el injiniring kompaniyalari tomonidan loyiha institutlarida loyiha guruhlari tashkil etilishini amaliyotga joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ishlarini sifatli bajarish uchun loyiha institutlarini zarur zamonaviy tashkiliy texnika va asbob-uskunalar, xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar, jahondagi ixtisoslashtirilgan nashrlar mahsulotlari, shuningdek, ilgʻor dasturiy mahsulotlar bilan jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarida loyihalash ishlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari va loyiha institutlari oʻrtasida yuqori malakali muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash masalalari boʻyicha hamkorlik qiluvchi organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oliy, shu jumladan, chet el taʼlim muassasalarining loyihalashga doir amaldagi oʻquv dasturlarini oʻrganish asosida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017/2018 oʻquv yili davomida oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarini loyihalash sohasidagi yangi malaka talablarini, oʻquv rejalarini va dasturlarini har tomonlama tahlil qilsin va ular ustidan monitoring oʻtkazsin, shuningdek, ularni yanada takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejalari va dasturlariga, shu jumladan, ushbu qaror 1-bandining uchinchi xatboshisida belgilangan talablarni hisobga olgan holda, loyihani boshqarish va loyihalash asoslari boʻyicha darslarni kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarini loyihani boshqarish va loyihalash asoslari boʻyicha yangi avlod oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlashga doir, mazkur muassasalar talabalari uchun mualliflik mashgʻulotlari va master-klasslar oʻtkazish uchun chet el tadqiqot, taʼlim muassasalari va injiniring kompaniyalaridan yetuk mutaxassislar va muhandis-loyihalovchilarni jalb qilishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutiga va loyiha institutlariga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasidan iqtidorli muhandis-loyihalovchilarni tanlab olishda muntazam amaliy koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari — investitsiyaviy va infratuzilmaga oid loyihalar buyurtmachilariga xorijiy injiniring kompaniyalari va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalarga loyihalashtirish institutlarida mazkur qarorning 1-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan loyiha guruhlarini tuzish boʻyicha shartlarni kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, loyiha guruhlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasidagi norezident doimiy muassasa maqomisiz amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyiha institutlariga quyidagilar ruxsat etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida loyiha ishlarini bajarishga jalb etish va ularga xalqaro amaliyotda qabul qilingan narx va miqdorlarga muvofiq haq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tashkilotlar va mutaxassislar bilan ishlaganda har qanday texnik va tijoriy hujjatlar va axborotdan birgalikda foydalanish, bundan davlat sirlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirdan iborat maʼlumotlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi xalqaro va xorijiy moliya institutlarining:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti va boshqa loyiha institutlarining muhandis-loyihalovchilarini, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari tarkibini loyiha boshqaruvi va loyihalashtirishning zamonaviy usullariga oʻqitish, ularning yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlarida, loyiha institutlarida, ishlab chiqarish va injiniring kompaniyalarida tajriba orttirishi va malakasini oshirishini tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ishlarini sifatli bajarish uchun loyiha institutlarini zarur zamonaviy tashkiliy texnika va asbob-uskunalar, xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar, jahondagi ixtisoslashtirilgan nashrlar mahsulotlari, shuningdek, ilgʻor dasturiy mahsulotlar bilan jihozlashga yoʻnaltirilgan grantlarini doimiy asosda jalb etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining boshqaruv, ishlab chiqarish va texnik xodimlari soni 300 birlikdan iborat yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti direktoriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut shtat jadvalini mustaqil ravishda tasdiqlash va unga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishib, zarur hollarda, Institut xodimlari soni va tuzilmasiga oʻzgartish kiritish huquqi berilsin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurtlari, loyiha institutlari va investitsiyaviy loyihalar buyurtmachilarining buyurtmasiga asosan, oʻrnatilgan tartibda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tarkibi va mutaxassislariga, shu jumladan, ular oila aʼzolariga kirish vizalarini konsullik yigʻimlarini olmasdan rasmiylashtirishni taʼminlasin, taklif etayotgan tomon toʻlaydigan amaliy xarajatlarni qoplashga doir yigʻimlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari, loyiha institutlari va investitsiyaviy loyihalar buyurtmachilarining buyurtmalariga asosan yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tarkibi va injiniring kompaniyalari mutaxassislariga, shu jumladan, ular oila aʼzolariga davlat bojlarini undirmay oʻrnatilgan tartibda koʻp martalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari, loyiha institutlari va investitsiyaviy loyihalar buyurtmachilariga respublikaga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar berilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining yangilangan nizomini bir oy muddatda tasdiqlasin;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda uch oy muddatda magistraturaning iqtidorli talabalarini ragʻbatlantirish va motivatsiyalash, ularni “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti va boshqa loyiha institutlariga ishga qabul qilish dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3557-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni 300 kishi (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2831-sonli qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarini, shuningdek, yetuk mutaxassislarni subpudratchilar sifatida jalb qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyihalash ishlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalar va loyiha institutlari oʻrtasida yuqori malakali muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshlari deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi va uning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — beshinchi xatboshilari tegishli ravishda birinchi — toʻrtinchi xatboshilari deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari bilan kelishib, zarur xollarda Institut xodimlari soni va tuzilmasiga oʻzgartish kiritish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-3226-sonli qarori ruscha matnining 4-ilovasidagi “Kuriruyemie ministerstva, vedomstva, xozyaystvennie obyedineniya i drugiye organizatsii” boʻlimining 12-bandi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3403-sonli qarori ruscha matnining 6-ilovasidagi “Kuriruyemie ministerstva, vedomstva, xozyaystvennie obyedineniya i drugiye organizatsii” boʻlimi quyidagi mazmundagi 28-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“28. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi F-4917-sonli farmoyishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi” degan soʻzlar “investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilovaning ruscha matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandda “kompleksnogo razvitiya territoriy i kommunalnoy sferi, transporta, kapitalnogo stroitelstva i stroyindustrii” degan soʻzlar “investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“privlecheniye v kachestve subpodryadchikov otechestvennix i zarubejnix spetsializirovannix proyektnix institutov, a takje vedushix spetsialistov dlya razrabotki predproyektnoy i proyektnoy dokumentatsii investitsionnix proyektov na osnove pryamix grajdansko-pravovix dogovorov”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“opredeleniye osnovnix napravleniy razvitiya proyektirovaniya v bazovix otraslyax ekonomiki, a takje osushestvleniye vzaimodeystviya mejdu spetsializirovannimi visshimi obrazovatelnimi uchrejdeniyami, predpriyatiyami i proyektnimi institutami bazovix otrasley ekonomiki po voprosam podgotovki visokokvalifitsirovannix injenerov- proyektirovshikov”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-bandning ikkinchi xatboshida “kompleksnogo razvitiya territoriy i kommunalnoy sferi, transporta, kapitalnogo stroitelstva i stroyindustrii” degan soʻzlar “investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“po soglasovaniyu s rukovoditelem Kompleksa po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan, pri neobxodimosti, vnosit izmeneniya v chislennost personala i strukturu Instituta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
po soglasovaniyu s rukovoditelem Kompleksa po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan prinimayet resheniye o sovershenii sdelok na summu v razmere 25 i boleye protsentov stoimosti vsego imushestva Instituta, opredelyayemoy na osnovanii dannix po buxgalterskoy otchetnosti na posledniy otchetniy period”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“prinimayet resheniye o sovershenii sdelok na summu v razmere meneye 25 protsentov stoimosti vsego imushestva instituta, opredelyayemoy na osnovanii dannix po buxgalterskoy otchetnosti na posledniy otchetniy period;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prinimayet resheniye o spisanii s balansa stoimosti osnovnix sredstv i tovarno-materialnix sennostey Instituta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samostoyatelno utverjdayet shtatnoye raspisaniye RPI “UzInjiniring” i vnosit v nego izmeneniya v predelax ustanovlennoy obshey chislennosti personala”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son; 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)