22.02.2018 yildagi PQ-3557-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti bazaviy tarmoqlaridagi loyihalash ishlarining holati ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarida malakali muhandis-loyihalovchilarning yetishmasligidan, ushbu sohada ishlarni tashkil etish zamonaviy innovatsion usullarning joriy etilishi lozim darajada emasligidan va buning oqibatida ishlab chiqilayotgan loyiha hujjatlari sifatining past ekanligidan dalolat bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarishda chet el injiniring kompaniyalari ishtirokiga kuchli muhtojlik yuzaga keldi, bu esa ko‘rsatiladigan xizmatlarga haq to‘lash uchun katta miqdorda valyuta mablag‘lari sarflanishiga sabab bo‘lmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlashning amaldagi tizimi ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini loyiha institutlari va injiniring tashkilotlarining faol ishlab chiqarish faoliyatiga tez jalb qilish imkonini bermayapti. Yosh mutaxassislar texnologik tizimlarni loyihalash, konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash va loyihalarni boshqarishning boshlang‘ich ko‘nikmalariga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarida investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida asosiy pudratchi hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti (keyingi o‘rinlarda “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti deb yuritiladi) xodimlari sonining cheklanganligi ishlarni tashkil etishning zamonaviy innovatsion usullarini samarali joriy etish va muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish imkonini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ishlari sifati va ularni mahalliylashtirish darajasini oshirish, ushbu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash va loyihani boshqarish sohasida muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, chet el ta’lim muassasalaridan va injiniring kompaniyalaridan yetakchi mutaxassislar va muhandis-loyihalovchilarni o‘quv jarayoniga keng jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari) talabalari iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari va loyiha institutlarida (keyingi o‘rinlarda — loyiha institutlari) majburiy stajirovkadan o‘tish amaliyotini joriy etish, shuningdek, ularda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirishda loyiha ishlarini mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda chet el injiniring kompaniyalari xizmatlari o‘rnini bosqichma-bosqich egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz muhandis-loyihalovchilarini va boshqa mutaxassislarni loyihalashning zamonaviy standartlariga amaliy o‘rgatish maqsadida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarida kontraktlar bo‘yicha loyihalash ishlarini amalga oshirayotgan chet el injiniring kompaniyalari tomonidan loyiha institutlarida loyiha guruhlari tashkil etilishini amaliyotga joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ishlarini sifatli bajarish uchun loyiha institutlarini zarur zamonaviy tashkiliy texnika va asbob-uskunalar, xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar, jahondagi ixtisoslashtirilgan nashrlar mahsulotlari, shuningdek, ilg‘or dasturiy mahsulotlar bilan jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarida loyihalash ishlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari va loyiha institutlari o‘rtasida yuqori malakali muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qiluvchi organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy, shu jumladan, chet el ta’lim muassasalarining loyihalashga doir amaldagi o‘quv dasturlarini o‘rganish asosida:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017/2018 o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarini loyihalash sohasidagi yangi malaka talablarini, o‘quv rejalarini va dasturlarini har tomonlama tahlil qilsin va ular ustidan monitoring o‘tkazsin, shuningdek, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va dasturlariga, shu jumladan, ushbu qaror 1-bandining uchinchi xatboshisida belgilangan talablarni hisobga olgan holda, loyihani boshqarish va loyihalash asoslari bo‘yicha darslarni kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarini loyihani boshqarish va loyihalash asoslari bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashga doir, mazkur muassasalar talabalari uchun mualliflik mashg‘ulotlari va master-klasslar o‘tkazish uchun chet el tadqiqot, ta’lim muassasalari va injiniring kompaniyalaridan yetuk mutaxassislar va muhandis-loyihalovchilarni jalb qilishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutiga va loyiha institutlariga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan iqtidorli muhandis-loyihalovchilarni tanlab olishda muntazam amaliy ko‘maklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari — investitsiyaviy va infratuzilmaga oid loyihalar buyurtmachilariga xorijiy injiniring kompaniyalari va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalarga loyihalashtirish institutlarida mazkur qarorning 1-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan loyiha guruhlarini tuzish bo‘yicha shartlarni kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, loyiha guruhlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasidagi norezident doimiy muassasa maqomisiz amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyiha institutlariga quyidagilar ruxsat etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida loyiha ishlarini bajarishga jalb etish va ularga xalqaro amaliyotda qabul qilingan narx va miqdorlarga muvofiq haq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tashkilotlar va mutaxassislar bilan ishlaganda har qanday texnik va tijoriy hujjatlar va axborotdan birgalikda foydalanish, bundan davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat ma’lumotlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xalqaro va xorijiy moliya institutlarining:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti va boshqa loyiha institutlarining muhandis-loyihalovchilarini, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibini loyiha boshqaruvi va loyihalashtirishning zamonaviy usullariga o‘qitish, ularning yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarida, loyiha institutlarida, ishlab chiqarish va injiniring kompaniyalarida tajriba orttirishi va malakasini oshirishini tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ishlarini sifatli bajarish uchun loyiha institutlarini zarur zamonaviy tashkiliy texnika va asbob-uskunalar, xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar, jahondagi ixtisoslashtirilgan nashrlar mahsulotlari, shuningdek, ilg‘or dasturiy mahsulotlar bilan jihozlashga yo‘naltirilgan grantlarini doimiy asosda jalb etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutining boshqaruv, ishlab chiqarish va texnik xodimlari soni 300 birlikdan iborat yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti direktoriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut shtat jadvalini mustaqil ravishda tasdiqlash va unga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishib, zarur hollarda, Institut xodimlari soni va tuzilmasiga o‘zgartish kiritish huquqi berilsin.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari, loyiha institutlari va investitsiyaviy loyihalar buyurtmachilarining buyurtmasiga asosan, o‘rnatilgan tartibda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibi va mutaxassislariga, shu jumladan, ular oila a’zolariga kirish vizalarini konsullik yig‘imlarini olmasdan rasmiylashtirishni ta’minlasin, taklif etayotgan tomon to‘laydigan amaliy xarajatlarni qoplashga doir yig‘imlar bundan mustasno.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, loyiha institutlari va investitsiyaviy loyihalar buyurtmachilarining buyurtmalariga asosan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibi va injiniring kompaniyalari mutaxassislariga, shu jumladan, ular oila a’zolariga davlat bojlarini undirmay o‘rnatilgan tartibda ko‘p martalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, loyiha institutlari va investitsiyaviy loyihalar buyurtmachilariga respublikaga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar berilishini ta’minlasin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutining yangilangan nizomini bir oy muddatda tasdiqlasin;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda uch oy muddatda magistraturaning iqtidorli talabalarini rag‘batlantirish va motivatsiyalash, ularni “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti va boshqa loyiha institutlariga ishga qabul qilish dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmurodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3557-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni 300 kishi (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zgartish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2831-sonli qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarini, shuningdek, yetuk mutaxassislarni subpudratchilar sifatida jalb qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyihalash ishlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalar va loyiha institutlari o‘rtasida yuqori malakali muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshlari deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi va uning 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — beshinchi xatboshilari tegishli ravishda birinchi — to‘rtinchi xatboshilari deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari bilan kelishib, zarur xollarda Institut xodimlari soni va tuzilmasiga o‘zgartish kiritish”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi F-4917-sonli farmoyishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi” degan so‘zlar “investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilovaning ruscha matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandda “kompleksnogo razvitiya territoriy i kommunalnoy sferi, transporta, kapitalnogo stroitelstva i stroyindustrii” degan so‘zlar “investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“privlecheniye v kachestve subpodryadchikov otechestvennix i zarubejnix spetsializirovannix proyektnix institutov, a takje vedushix spetsialistov dlya razrabotki predproyektnoy i proyektnoy dokumentatsii investitsionnix proyektov na osnove pryamix grajdansko-pravovix dogovorov”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“opredeleniye osnovnix napravleniy razvitiya proyektirovaniya v bazovix otraslyax ekonomiki, a takje osushestvleniye vzaimodeystviya mejdu spetsializirovannimi visshimi obrazovatelnimi uchrejdeniyami, predpriyatiyami i proyektnimi institutami bazovix otrasley ekonomiki po voprosam podgotovki visokokvalifitsirovannix injenerov- proyektirovshikov”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-bandning ikkinchi xatboshida “kompleksnogo razvitiya territoriy i kommunalnoy sferi, transporta, kapitalnogo stroitelstva i stroyindustrii” degan so‘zlar “investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“po soglasovaniyu s rukovoditelem Kompleksa po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan, pri neobxodimosti, vnosit izmeneniya v chislennost personala i strukturu Instituta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
po soglasovaniyu s rukovoditelem Kompleksa po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon, turizma Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan prinimayet resheniye o sovershenii sdelok na summu v razmere 25 i boleye protsentov stoimosti vsego imushestva Instituta, opredelyayemoy na osnovanii dannix po buxgalterskoy otchetnosti na posledniy otchetniy period”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“prinimayet resheniye o sovershenii sdelok na summu v razmere meneye 25 protsentov stoimosti vsego imushestva instituta, opredelyayemoy na osnovanii dannix po buxgalterskoy otchetnosti na posledniy otchetniy period;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prinimayet resheniye o spisanii s balansa stoimosti osnovnix sredstv i tovarno-materialnix sennostey Instituta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samostoyatelno utverjdayet shtatnoye raspisaniye RPI “UzInjiniring” i vnosit v nego izmeneniya v predelax ustanovlennoy obshey chislennosti personala”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son; 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)