Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2019 22.02.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2975
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Aholi bandligini taʼminlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 22-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2975]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/14-sonli “Aholi bandligini taʼminlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2975-1, 16.07.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholi bandligini taʼminlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 21-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6/1-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-fevraldagi 6/1-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligini taʼminlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan aholi bandligini taʼminlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda kuyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiyanoma — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tuman (shahar)larda tashkil etilgan sektorlarning tegishli rahbari, tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raisining aholini muayyan mehnat turlari bilan shugʻullanish uchun imtiyozli kreditlash boʻyicha tavsiyanomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi — tavsiyanoma berilgan muayyan mehnat turlari bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqaro;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilab berilgan, qarz oluvchilarga mikrokreditlar ajratadigan tijorat banki.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mikrokreditlarni ajratish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mikrokreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mikrokreditlar birinchi navbatda, hududlarda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, muayyan mehnat turlari bilan shugʻullanish istagida boʻlgan aholini tadbirkorlik faoliyati orqali bandlik bilan taʼminlash uchun imtiyozli shartlar asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mikrokreditlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-vositachi va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va umumiy ovqatlanish obyektlarini qurishni moliyalash, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda ular uchun uskunalar sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy xarajatlarni toʻlash, jumladan xizmat avtomobillari taʼminoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga toʻlov maqsadlari uchun berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mikrokreditlar banklar tomonidan qarz oluvchilarga eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha yillik 7 foiz stavkada ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar oʻz ichki kredit siyosatiga asosan respublikamizning alohida hududlarida istiqomat qiluvchi qarz oluvchilarga mazkur Nizomda belgilangan foiz stavkasidan kamaytirilgan foiz stavkalarda mikrokreditlar ajratishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qarz oluvchilarga mikrokredit qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz, kamida 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan, 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga bank kredit qoʻmitasining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan qarori asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mikrokreditlarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mikrokredit olish uchun qarz oluvchi tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli maqsad boʻyicha mikrokredit olish uchun soʻralgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiyanoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot yetishtirishni kengaytirish maqsadlari uchun mikrokredit soʻralgan hollarda qarz oluvchida tomorqa uchastkasi mavjudligi koʻrsatilgan oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokreditni qaytarishning taʼminlanishi toʻgʻrisida hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mikrokreditlar qaytarilishining taʼminoti sifatida bankka quyidagi taʼminot turlaridan biri taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk garovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxs kafilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisida sugʻurta polisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrokreditlar qaytarilishi boʻyicha uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilganda, kafilning oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud boʻlganda) berilgan maʼlumotnomalar yoki uning oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning uning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning ichki kredit siyosatiga muvofiq qarz oluvchilarga mazkur bandda nazarda tutilgan taʼminot turlaridan birini talab qilmasdan blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega. Bunda bank qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarini sugʻurta qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarz oluvchi mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni topshirishda oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatadi hamda undan nusxa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mikrokredit soʻrab, barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda berilgan ariza bankka kelib tushgan kundan boshlab, bank kredit qoʻmitasi tomonidan ushbu ariza boʻyicha qaror qabul qilish muddati 3 ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mikrokredit berish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, bank arizachiga bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mikrokreditlarni ajratish va ularni qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mikrokreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvaragʻidan uning toʻlov topshiriqnomasiga asosan, kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mikrokreditlashning maqsadidan kelib chiqqan holda mikrokredit summasining 30 foizi miqdoridagi qismi naqd pul koʻrinishida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qarz oluvchilarga berilgan mikrokreditlar hisobi alohida belgilangan balans hisobvaraqlarida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qarz oluvchi mikrokredit hamda unga hisoblangan foizlarni naqd pulda, bank plastik kartochkalari orqali yoki qarz oluvchining omonat hisobvaragʻidan pul oʻtkazib berish yoʻli bilan toʻlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bank tomonidan mikrokreditdan foydalanishning muddati davomida mikrokreditdan maqsadli foydalanilayotganligini aniqlash boʻyicha bevosita joyiga chiqib, doimiy monitoring oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Olingan mikrokreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik aniqlangan taqdirda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda mikrokreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qarz oluvchi tomonidan mikrokredit boʻyicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlar toʻlanmagan taqdirda, bank tavsiyanoma bergan sektor masʼullariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzining kredit portfelida tavsiyanomalar asosida ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik miqdori 10 foizdan oshganda, bank filiali tavsiyanomalar asosida mikrokreditlar ajratilishini toʻxtatishi hamda tavsiyanoma bergan sektor masʼullari qirqimidagi maʼlumotlarni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bank filiallari tavsiyanomalar asosida ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha skoring tahlil oʻtkazib, oylik hisobotlarni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari esa ushbu hisobotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mikrokreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirishda birinchi navbatda mikrokreditdan foydalanganlik uchun foizlar undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mikrokredit belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, bank undiruvni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mikrokreditning qaytarilish taʼminoti sifatida taqdim etilgan taʼminot turiga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 10/18/2975/0804-son)