Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 19-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1794-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2008-yil 22-martdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794, 2008-yil 17-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Z. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-fevral,
44-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 5-fevraldagi 44-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi), Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, xizmat koʻrsatuvchi tegishli bank(lar) hamda irrigatsiya tizimi boshqarmasi rahbarlari, tumanda joylashgan “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don mahsulotlari korxonasi rahbari (rahbar oʻrinbosari) yoki uning filiali rahbari, tuman “Davurugʻnazoratmarkaz” inspeksiyasi, “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining tuman (shahar) filiali, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi hamda tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi vakillari, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti (agronomi) hamda boshqa tegishli korxona va tashkilotlar vakillari (rahbarlari) kelishuv asosida kiritilishi lozim.”.
2. 17-bandning “d” kichik bandidagi “tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi” degan soʻzlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) filiali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-ilovada:
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
7. |
Soʻnggi 3 yil ichida gʻalla maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi, shuningdek ularda begona oʻtlar tarqalmaganligi |
soʻnggi 3 yilda kuzatilmagan |
10 ball |
“Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining tuman (shahar) filialimaʼlumotnomasi |
|
|
soʻnggi 2 yilda kuzatilmagan |
5 ball |
|||||
|
soʻnggi 1 yil davomida kuzatilgan |
1 ball |
|||||
|
soʻnggi 3 yil davomida kuzatilgan |
0 ball |
”. |
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
2018-yil 1-fevral
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDULLAYEV
2018-yil 25-yanvar
“Oʻzdonmaxsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi S. XAYDAROV
2018-yil 22-yanvar
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi B. YUSUPOV
2018-yil 23-yanvar
“Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati raisi U. AXUNOV
2018-yil 24-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1794-3/0785-son)