Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 20.05.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. 9-banddagi “tuman fermyerlari kengashiga”, “Tuman fermyerlari kengashi” va “Tuman fermyerlari kengashining” degan so‘zlar tegishincha “tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga”, “Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” va “Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “tuman fermyerlari kengashining” degan so‘zlar “tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
“a” kichik band birinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
o‘ttiz beshinchi xatboshi o‘ttiz oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 34-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. 2-ilova ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.

T/r

Baholash mezonlari

Reyting ko‘rsatkichlari

Reyting
ballari

Taqdim etiladigan
hujjatlar

1.

Mutaxassisligi

Fermer xo‘jaligi bo‘yicha maxsus mutaxassislikka ega

10 ball

Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat

Agronom, iqtisodchi, yurist

9 ball

Injener, hisobchi

8 ball

Mexanik, zootexnik, veterinar

7 ball

Boshqa mutaxassis

5 ball

2.

Qishloq xo‘jaligidagi
ish staji

15 yil va undan yuqori

10 ball

Mehnat daftarchasi

10 yildan 15 yilgacha

9 ball

5 yildan 10 yilgacha

8 ball

3 yildan 5 yilgacha

7 ball

1 yildan 3 yilgacha

6 ball

3.

Ma’lumoti

Oliy

10 ball

Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat

O‘rta maxsus

7 ball

O‘rta

5 ball

4.

Fermerlikka talabgor yuridik va jismoniy shaxsning hisob varag‘idagi majburiyatlardan ozod bo‘lgan mavjud pul mablag‘i yoki mol-mulki

Eng kam oylik ish haqining:

Bank ma’lumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat

500 barobaridan yuqori

10 ball

400 barobaridan 499 barobarigacha

8 ball

300 barobaridan 399 barobarigacha

6 ball

200 barobari�an 299 barobarigacha

4 ball

5.

Talabgorga yoki uning oila a’zolariga (oila a’zolarining notarial tasdiqlagan roziligi bilan) tegishli yaroqli texnika

Haydov traktori yoki o‘rim texnikasi

10 ball

Texnik pasport

Ishlov berish traktori

9 ball

Transport traktori

8 ball

Yuk mashinasi

2 ball

Yengil mashinasi

1 ball

Boshqa qishloq xo‘jaligi texnikasi

1 ball

6.

Oilaviy pudratchi yoki fermer xo‘jaligi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) hamda boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari va tashkilotlari rahbari va xodimlari (fermer xo‘jaliklari xodimlari va oilaviy pudratchilar bundan mustasno) uchun so‘nggi uch yil davomida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarning bajarilishi

(eng yuqori ball barcha turdagi mahsulot yetkazish shartnomalari bajarilganda beriladi)

tuman statistika bo‘limi yoki qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma

3 yil surunkali bajarganda

8 10 ball

3 yildan 2 yil bajarganda

6 8 ball

3 yildan 1 yil bajarganda

46 ball

7.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda berilgan tavsiyanoma xat

10 ball

Tavsiyanoma xat

8.

Arizada va biznes rejada bayon qilingantakliflarning iqtisodiy asoslanganligi

Arizadagi takliflar va biznes rejaning asosiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqiladi

5 balldan
10 ballgacha

Ariza, biznes reja va zarur hollarda tavsiyanoma xatlar

.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi