15.02.2018 yildagi 122-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahri hokimligining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga qarashli Toshkent shahar Mirobod tumani Kichik beshyogʻoch koʻchasi 91-uy manzilida joylashgan Eksperimental haykaltaroshlik kombinatining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birga topshirilishini, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti qabul qilib olinishini hamda ulardan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 28-martdagi 75-son qarori 1-ilovaning 3-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. Nuridinov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2018-y., 09/18/122/0780-son)