15.02.2018 yildagi 124-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va modernizatsiya qilish, shuningdek adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlaridan samarali va mutanosib ravishda foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2018 — 2019-yillarda adliya organlari va muassasalarining binolarini qurish va taʼmirlash dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar etib — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlar etib — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha gʻoliblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbalari etib — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning oshirilgan toʻlov-kontrakt summalari hisobidan tushadigan mablagʻlar, homiylik va xalqaro donorlarning texnik yordam mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturda koʻrsatilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida, sifatli ishlab chiqilishi, davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi va obyektlarda qurilish-montaj ishlari bajarilishini ustuvor ravishda davlat-xususiy sherikchilik asosida taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent davlat yuridik universiteti 2017/2018 oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktlar shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratmalar oʻtkazishdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2018-yil 1-martdan boshlab adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning oshirilgan toʻlov-kontrakt summasini toʻlashdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi salbiy tafovutni qoplashga yoʻnaltirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2018-yil 1-martdan qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 124-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2019-yillarda adliya organlari va muassasalarining binolarini qurish va taʼmirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Qiymati
(mln. soʻm)

2018-yil

2019-yil

I. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining binolarini qurish va taʼmirlash

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati binosining fasad qismini taʼmirlash

1 450

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati binosi ichki xonalarini taʼmirlash va isitish tizimini yangilash (kapital taʼmirlash 2018-2019-yillarda amalga oshiriladi)

15 000

3.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi binosini kapital taʼmirlash

2 000

4.

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi binosini qurish

1 000

3 500

5.

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi binosini qurish

6 500

6.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi binosi qurilishini yakunlash

6 500

7.

Xorazm viloyati adliya boshqarmasi binosini qurish

8 000

8.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi binosini qurish

7 000

9.

“Adolat” huquqiy axborot markazi” DUKning binosini taʼmirlash

800

10.

Axborot-tahlil multimedia markazi binosini kapital taʼmirlash va jihozlash

7000

11.

Yuristlar kovoringi markazi binosini taʼmirlash

200

Jami:

46 950

12 000

II. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari binolarini qurish va taʼmirlash

1.

Buxoro tumani FHDY boʻlimi binosini qurish

2 000

2.

Olmaliq shahri FHDY boʻlimi binosini qurish

2 000

Jami:

2 000

2000

Hammasi:

48 950

14 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Dastur tadbirlarini amalga oshirishning yakuniy qiymati obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha, shuningdek real shakllanadigan narxdan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, zarurat boʻlganda, ushbu Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilikni joriy etish boʻyicha vazifalardan kelib chiqqan holda, obyektlarni oʻzgartirish huquqiga ega.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 124-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 2-iyundagi 104-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 25-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda, mazkur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining daromad va xarajatlari oʻrtasidagi salbiy tafovutni qoplash uchun ham yoʻnaltirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Har bir notarius lavozimiga kamida 1 birlik notarius yordamchisi lavozimi va kamida 1 birlik notarius kotibi lavozimi joriy etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 23-dekabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 52-son, 603-modda) 1-bandining “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda, mazkur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining daromad va xarajatlari oʻrtasidagi salbiy tafovutni qoplash uchun ham yoʻnaltirilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2018-y., 09/18/124/0782-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son; 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)