15.02.2018 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida milliy anʼana hamda qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, ajdodlarimiz xotirasini ulugʻlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni obodonlashtirish, ularning musulmon olamida nufuzini yanada oshirish borasida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Toshkent viloyatida Zangiota, Surxondaryo viloyatida buyuk muhaddis Imom Termiziy, Qashqadaryo viloyatida alloma Abul Muin Nasafiy, Toshkent shahrida Suzukota ziyoratgohlarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, joylarda qabristonlarni obodonlashtirish va saqlash borasida quyidagi bir qator kamchiliklar kuzatilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, baʼzi mahalliy hokimliklar va mutasaddi tashkilotlarning loqaydligi va eʼtiborsizligi natijasida koʻplab qabristonlar nochor va tashlandiq ahvolga kelib qolgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, ayrim qabristonlar hududini devor bilan oʻrash ishlari olib borilmagan, ularda obodonlashtirish ishlari tizimli va izchil tashkil etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, obodonlashtirish ishlari va xayriya hasharlariga aholini faol jalb etishga yetarli eʼtibor qaratilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, ayrim qabristonlar hududlarida quruq oʻt, barg, shox-shabbalar yoqish, qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻstirish, uy hayvonlarini boqish holatlari kuzatilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, ayrim qabristonlarda ularga tegishli hududdagi yerlar oʻzboshimchalik bilan oʻzlashtirilib, uy-joy qurish kabi diniy va milliy qadriyatlarga zid ishlarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda yoʻl qoʻyilayotgan mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda muqaddas maskanlarni saqlash, qadrlash, ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatish tuygʻularini shakllantirish, shuningdek, vatandoshlarimizni yurtimizdagi qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilishdek ezgu ishlarga faol jalb etish, bu boradagi maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish davr taqozosidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlardan kelib chiqib, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish, bu maskanlarda xalqimizning ziyorat qilishi, fuqarolarning diniy eʼtiqod erkinligini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish va ularning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublikada mavjud qabristonlarni saqlash va obodonlashtirish ishlarining ahvoli qoniqarsiz deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda — qabristonlarning mavjud holatini oʻrganib, homiylarni jalb etgan holda, ularni talab darajasida obodonlashtirish hamda taʼmirlash choralarini koʻrsinlar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotni 2018-yilning 1-apreliga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda qabristonlar joylashgan hududdagi mavjud talablarni oʻrganib chiqib, ushbu maskanlarda diniy marosimlarni (janoza, marhumlarni xotirlash) oʻtkazishga moʻljallangan maxsus joy tashkil etish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yil boshiga mavjud mablagʻining tasdiqlangan aylanma kassa mablagʻlari miqdoridan oshgan qismi hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga 3 mlrd. soʻmdan mablagʻ ajratilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga bir oy muddatda rekonstruksiya qilish va taʼmirlash talab etiladigan eski masjidlar roʻyxatini shakllantirish, ularni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi hamda homiylar hisobidan 2018-2019-yillar davomida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini nazorat qilish va hisobotlarni taqdim etish sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh (Ramatov)ga Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini muvofiqlashtirish, amalga oshirilgan ishlar monitoringini tashkil etish, vazirliklar va idoralarga tegishli tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Toshkent islom universitetining takliflari asosida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ikki oy muddatda diniy qoidalar va milliy urf-odatlarni eʼtiborga olgan holda qabristonlar tuzilishi (qabriston hududi, qabrlar orasidagi yoʻlaklar, qabr toshlari)ning yagona namunaviy loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga juma maʼruzalari va joylarda tashkil etiladigan diniy-maʼrifiy tadbirlarda muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish boʻyicha targʻibot ishlarini tizimli tashkil etish va taʼsirchanligini yanada oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda bir oy muddatda muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni ziyorat qilish odoblari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarda ziyorat qilish odoblari yozilgan lavhalarning tegishli joylarda oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Din ishlari qoʻmitasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan hamkorlikda:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish hamda ularda muqaddas maskanlarni qadrlash, saqlash va ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatish tuygʻularini tegishli fanlar mashgʻulotlari hamda maqsadli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumxalq bayramlari, shu jumladan, diniy bayramlar arafasida muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir xayriya hasharlarida koʻngilli ravishda tashabbuslar bilan chiqqan yoshlarning ishtirokini taʼminlash yuzasidan choralar koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga ushbu qaror ijrosini tashkil etish, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 120-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/R

Chora-tadbirlar

Ijro

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Tashkiliy masalalar

1.

Diniy qoidalar va milliy
urf-odatlarni eʼtiborga olgan holda qabristonlar tuzilishining yagona namunaviy loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

aprel

Mahalliy budjet mablagʻlari

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Toshkent islom universiteti, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi,

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

2.

Respublika hududidagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarni yanada obodonlashtirish yuzasidan ularning joylashuv xaritasi, sxematik tarxi va boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan pasporti, hozirgi holati aks ettirilgan fotoalbomlarni tayyorlash.

2018-yil

mart

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

3.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlar joylashgan hududdagi mavjud talabni oʻrganib chiqqan holda ushbu maskanlarda diniy marosimlarni (janoza, marhumlarni xotirlash) oʻtkazishga moʻljallangan maxsus joy tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga taqdim etish.

2018-yil

mart

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi

4.

Fuqarolarning oʻz ajdodlarini xotiralash va ziyorat qilishlari uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida qabristonlar hududlarida ehtiyojdan kelib chiqib, ixcham (50 oʻringa moʻljallangan) yopiq xonaqolar qurish (yoʻq joylarda) va ularda zarur shart-sharoitlar tashkil qilish.

2018-yil

sentyabr

Mahalliy budjet mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi

5.

Qabristonlarda har bir qabrni (shu jumladan raqamlanmagan qabrlarni) raqamlash va hisob daftarida tizimli qayd etib borish.

2018-yil

iyul

Mahalliy budjet mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi

6.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yil boshiga mavjud mablagʻining tasdiqlangan aylanma kassa mablagʻlari miqdoridan oshgan qismi hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga 3 mlrd. soʻmdan mablagʻ ajratish va ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish.

2018-yil

I yarim yillik

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Rekonstruksiya qilish va taʼmirlash talab etiladigan eski masjidlar roʻyxatini shakllantirish.

2018-yil

aprel

_

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

II. Obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari

8.

Eski masjidlarni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2018-2019-yillar davomida

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi

9.

Qabristonlardagi mavjud holatdan kelib chiqib, hududni devor bilan oʻrash, qabr va ichki yoʻlaklarni taʼmirlash, manzarali daraxt, gul va rayhon koʻchatlari ekish bilan bogʻliq obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2018-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi

10.

Qarovsiz qolgan qabrlarni suvoq qilish, atrofini obod etish va saqlash ishlarining yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshirilishini va ularning imkoniyati boʻlmagan hollarda mahalliy hokimliklar tomonidan olib borilishini taʼminlash.

2018-yil

aprel

Mahalliy budjet mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi

11.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarga tegishli yordamchi binolar, muhandislik inshootlarining zarur darajada ishlashini taʼminlash.

2018-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi

12.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni ziyorat qilish odoblari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarda ziyorat qilish odoblari yozilgan lavhalarning tegishli joylarda oʻrnatilishini taʼminlash.

2018-yil

fevral

Mahalliy budjet mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

III. Maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot ishlari

13.

Ajdodlar xotirasini ulugʻlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish, muqaddas maskanlarni obod etishga bagʻishlangan dolzarb mavzularda maxsus juma tezislarini tayyorlash va joylarga yetkazish.

2018-yil

har chorakda

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablagʻlari

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita

14.

“Ziyo” mediamarkazi tomonidan qabristonlarni ziyorat qilish odoblari, ushbu maskanlarni obod etish fazilati hamda turli xurofiy odatlarga barham berish mavzulariga bagʻishlangan maxsus videoroliklar tayyorlash va ularni sohaga daxldor tashkilotlar internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish.

2018-yil

iyun

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom universiteti mablagʻlari

Toshkent islom universiteti,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

15.

“Hidoyat sari” va “Ziyo” koʻrsatuvlarida islom dini taʼlimotlarida muqaddas maskanlarni ziyorat qilish va ularni obod etish fazilatlariga bagʻishlangan mavzularni yoritish.

2018-yil

Reja asosida

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom universiteti mablagʻlari

Toshkent islom universiteti,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

16.

Imom-xatiblar tomonidan juma maʼruzalari va diniy-maʼrifiy tadbirlarda fuqarolarda ajdodlar xotirasiga hurmat, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish mavzularidagi targʻibot ishlarini yanada jadallashtirish.

2018-yil davomida

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablagʻlari

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

17.

“Hidoyat” jurnali va “Islom nuri” gazetasida ziyorat odoblari, ziyorat maskanlarini obod etish fazilati hamda turli xurofiy odatlarga barham berish mavzulariga bagʻishlangan turkum maqolalar chop etish.

2018-yil davomida

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablagʻlari

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Toshkent islom universiteti,

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

18.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar oʻrtasida “Ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom” shiori ostida targʻibot aksiyasini oʻtkazish.

2018-yil

mart

_

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat
va maʼrifat markazi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

19.

Yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish hamda ularda muqaddas maskanlarni qadrlash, saqlash va ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatish tuygʻularini tegishli fanlar mashgʻulotlari hamda maqsadli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali shakllantirish;

umumxalq bayramlari, shu jumladan, diniy bayramlar arafasida muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir xayriya hasharlarida koʻngilli ravishda tashabbuslar bilan chiqqan yoshlarning ishtirokini taʼminlash.

2017-2018 oʻquv yili davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi

20.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etish.

muntazam

_

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 120-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosarlari

3.

O.O. Yusupov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

4.

U.T. Alimov

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

5.

B.S. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri

6.

Sh.S. Javlonov

�uqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

7.

Sh.I. Djalilov

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi

8.

D.M. Mirzadjanova

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

9.

O.P. Tadjiyev

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

10.

B.I. Zokirov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi

11.

A.X. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

12.

R.V. Abdullayev

Toshkent islom universiteti rektori

13.

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

14.

A.K. Kuchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

15.

L.X. Tangriyev

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga shu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 120-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini nazorat qilish va hisobotlarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2018-y., 09/18/120/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)