Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
buyrugʻi
“Yoʻnalishsiz taksilar uchun hisoblagichlar (taksometrlar) va tanish belgilarini yetkazib berish boʻyicha yuridik shaxslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2256-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2011-yil 8-iyuldagi 112-son “Yoʻnalishsiz taksilar uchun hisoblagichlar (taksometrlar) va tanish belgilarini yetkazib berish boʻyicha yuridik shaxslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2256, 2011-yil 19-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34–35-son, 353-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq D. DEXKANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-fevral,
67-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 5-fevral
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2018-yil 5-fevral
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 5-fevral
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KARIMOV
2018-yil 5-fevral
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 5-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2256-1/0692-son)