Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2593-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 20-maydagi 2-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2593, 2014-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 298-modda) bilan tasdiqlangan Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Z. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-yanvar,
42-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 19-yanvardagi 42-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Ekinbop urugʻliklar yetishtirish maqsadida ekilgan navli qishloq xoʻjalik ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-banddagi “Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi” degan soʻzlar “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 20-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallariga” degan soʻzlar “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining mintaqaviy paxta terminallariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-ilovadagi “Oʻsimliklarni himoya qilish markazi mutaxassisining xulosasi” degan soʻzlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining tuman (shahar) filiali mutaxassisining xulosasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi B. YUSUPOV
2018-yil 17-yanvar
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A. MAQSUDOV
2018-yil 17-yanvar
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi S. XAYDAROV
2018-yil 18-yanvar
“Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi U. AXUNOV
2017-yil 18-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2593-2/0688-son)