Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2808-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 10-iyundagi 2016-21-son qarori (roʻyxat raqami 2808, 2016-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 340-modda) bilan tasdiqlangan Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
2018-01-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 9-yanvardagi 2018-01-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni taʼminlaydigan axborot resursi.”.
2. 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “yozma yoki elektron” degan soʻzlar “yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh. ShERMATOV
2018-yil 9-yanvar
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2018-yil 9-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/2808-1/0675-son)