06.02.2018 yildagi PQ-3513-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.01.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida tadbirkorlik subyektlariga davlat mulki obyektlarini sotish va kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga ishlatilmayotgan va qurilishi tugallanmagan davlat mulki obyektlarini sotish, yangi raqobatdosh sanoat ishlab chiqarishlarini yanada qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, shu asosda Xorazm viloyati aholisiga yangi ish oʻrinlarini yaratish va daromadlarini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Xorazm viloyatida ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — KSZ) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga 1-ilovadagi roʻyxatga muvofiq, rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hokimiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan kelishilgan holda Xorazm viloyatida ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Xorazm viloyati KSZlari va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ikki oy muddatda vakolatli tijorat banklari orqali belgilangan tartibda qayta moliyalashtiriladigan 50 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari import uskunalari va mazkur uskunalar uchun butlovchi buyumlar harid qilinishiga ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarni soʻndirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soʻndirish jadvaliga muvofiq, soʻndirish sanasidagi kurs boʻyicha milliy valyutada amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati KSZ hududida joylashgan davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli 5 yillik ijaraga beriladi, keyinchalik ushbu mulk biznes-reja parametrlarini bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlab qolish, soliqlarning barcha turlarini va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan xususiylashtirib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati KSZ hududida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanishda ijara haqi nulinchi stavkada belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun KSZ ishtirokchilariga yer uchastkalarini taqdim etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Xorazm viloyatidagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorazm viloyati hokimligi (Sobirov) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida KSZlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hokimligi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat unitar korxonasi shaklida KSZning yagona direksiyasini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Gʻulomov) manfaatdor vazirliklar va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovada koʻrsatilgan, foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda Xorazm viloyati hokimligiga oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriladigan aktivlarning balans narxi summasida ularning ustav jamgʻarmalarida davlat ulushi va xoʻjalik boshqaruvi organlari ulushini tegishli ravishda kamaytirgan holda ishlatilmaydigan obyektlarni Xorazm viloyati hokimligiga topshirish masalasini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari boshqaruvi organlari yigʻilishlarida koʻrib chiqilishi tashabbuslarini oldi surilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik samarali foydalanilishi uchun davlat boshqaruvi organlariga tezkor boshqarish va boshqa tashkilotlarga begʻaraz foydalanishga topshiriladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorazm viloyati shaharlari (tumanlari) hokimlariga “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK bilan birgalikda balansida obyekti boʻlgan idoralar tomonidan tegishli tumanning (shaharning) budjetiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ajratmalarni yoʻllagan holda, shahar (tuman) hokimining tegishli murojaatidan keyin balansidagi obyekt mulkini ikki oy ichida ijaraga berilishi taʼminlanmaganligi holatida, tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan va respublika davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi davlat mulki boʻlgan foydalanilmayotgan obyektlarni (maydonlarni) (xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan obyektlardan tashqari) tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir yil muddatga ijaraga berish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvardagi PF-13-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 06/23/13/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gʻulomov va Xorazm viloyati hokimi I.M. Sobirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3513-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3513-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Obyektlar nomi

Oʻrnashgan joyi

Balans saqlovchi

Maydon*(ga)

1.

Tugatilgan “Avtoxizmat” MCHJ hududi

Urganch shahri, Sanoatchilar koʻchasi

Urganch shahar hokimligi

1,6

2.

“Oʻztransgaz” AJ qurilish va sotish boshqarmasi uchastkasining foydalanilmayotgan hududi bir qismi

Urganch shahri, Sanoatchilar koʻchasi

“Oʻztransgaz” AJ

3,8

3.

Sobiq pivo zavodi hududi (baza binosi)

Urganch tumani, “Gʻoybu” posyolkasi

Urganch tumani hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi

3,9

4.

“Pitnak” kasalxonasi sobiq qishloq uchastkasining bino va inshootlari

Hazorasp tumani, “Pitnak” posyolkasi

Hazorasp tuman hokimligi

2,8

5.

Sobiq “Shovot podshipnik” AJning foydalanilmayotgan hududi bir qismi

Shovot tumani, “Paxtakor” MFY

“Oʻzavtosanoat” AJ

3,5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tuman(shahar)lar hokimliklari bilan birgalikda aniqlashitirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3513-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik samarali foydalanilishi uchun davlat boshqaruvi organlariga tezkor boshqarish va boshqa tashkilotlarga begʻaraz foydalanishga topshiriladigan davlat mulki obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R Oʻ Y X A T I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Obyektlar nomi

Oʻrnashgan joyi

Balans saqlovchi

Balans saqlovchining yuqori tashkiloti

Obyekt topshirilayotgan tashkilotning nomi

Obyektni toshpirishdan maqsad

1.

Sobiq yotoqxona binosi

Gurlan tumani, Mustaqillik koʻchasi

Gurlan tuman hokimligi

Xorazm viloyati hokimligi

Gurlan tuman hokimligi

Kam taʼminlangan oilalarga keyinchalik topshirish uchun “Qishloq qurilish invest” IKni rekonstruksiya qilish

2.

Boʻsh yotgan guzar binosi

Qoʻshkoʻpir tumani, Xorazm koʻchasi

Qoʻshkoʻpir tuman hokimligi

Xorazm viloyati hokimligi

Qoʻshkoʻpir tuman hokimligi

MFY binosi sifatida foydalanish uchun

3.

1-bolalar bogʻchasi binosi va inshootlari

Hazorasp tumani, “Boʻston” posyolkasi

Hazorasp tumani hokimligi

Xorazm viloyati hokimligi

Hazorasp tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi

Bolalar bogʻchasi sifatida foydalanish uchun

4.

28-bolalar bogʻchasi
2-filialining bino va inshootlari

Honqa tumani, “Olaja” posyolkasi

Honqa tumani hokimligi

Xorazm viloyati hokimligi

Honqa tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi

Bolalar bogʻchasi sifatida foydalanish uchun

5.

Ichki kasalliklar ixtisoslashtirilgan boʻlimining bino va inshootlari

Xiva tumani, Amir Temur koʻchasi

Xiva tumani tibbiyot birlashmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Xiva shahri arxitektura va qurilish boʻlimi (90 kv.m.)

Xiva shahri arxitektura va qurilish boʻlimini joylashtirish uchun

Xorazm viloyati “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK (380 kv.m)

“Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK Xiva shahar filialini joylashtirish uchun

6.

Tuberkulyozga qarshi dispanser binosi va inshootlarining bir qismi (3000 kv.m)

Xiva tumani, “Gʻovuk kul” massivi

Xiva tumani tibbiyot birlashmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

“Toza hudud” DUK

“Toza hudud” DUK Xiva shahar boʻlimini joylashtirish uchun

7.

Xiva agroservis kasb-hunar kollejining foydalanilmayotgan bino va inshootlari

Xiva tumani, “Shomoxulum” mahallasi

Xiva agroservis kasb-hunar kolleji

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Xiva tuman hokimligi

Xiva tuman hokimligini joylashtirish uchun

8.

Sobiq “Gulshan” bolalar bogʻchasining foydalanilmayotgan bino va inshootlari

Shovot tumani, “Oʻzbekiston” posyolkasi

Shovot tumani hokimligi

Xorazm viloyati hokimligi

Shovot tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi

Bolalar bogʻchasi sifatida foydalanish uchun

9.

28-bolalar bogʻchasining foydalanilmayotgan bino va inshootlari

Yangibozor tumani, “Bogʻolon” posyolkasi

Yangibozor tumani hokimligi

Xorazm viloyati hokimligi

Yangibozor tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi

Bolalar bogʻchasi sifatida foydalanish uchun

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2018-y., 07/18/3513/0671-son, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 24.01.2023-y., 06/23/13/0051-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)