ILOVA
|
T/r |
Qonun loyihasining ishchi nomi |
Qonunni qabul qilish zarurligining asoslanishi va u qabul qilingan taqdirda kutiladigan natijalar |
Qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha masʼul ijrochilar |
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddatlari |
Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati |
Vazirlar Mahkamasining masʼul ijrochilari |
|
I. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida nazarda tutilgan qonun loyihalari | ||||||
|
1. |
“Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish sohasini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda unga investitsiyalarni keng jalb qilish, shu jumladan innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish, ularni yanada rivojlantirishni taʼminlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirishga qaratilgan. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi |
2018-yil fevral |
2018-yil mart |
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy |
|
2. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil Qonun loyihasi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzishga vakolatli muayyan organlarni nazarda tutuvchi, nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarini bajarish yuzasidan monitoring tartibi hamda jamoatchilik nazoratini takomillashtirishga qaratilgan. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
2018-yil fevral |
2018-yil mart |
Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya |
|
3. |
“Fan toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi ilmiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qoʻllab-quvvatlash shakllarini belgilash, shuningdek ilmiy gʻoyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, |
2018-yil mart |
2018-yil aprel |
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti |
|
4. |
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil Qonun loyihasida quyidagilar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash nazarda tutilgan: arz qiluvchidan elektron hujjat, soʻrov, murojaatni qabul qilishni rad etganlik; davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi hamda muddatlarini buzganlik; arz qiluvchidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida nazarda tutilmagan hujjatlarni soʻrab olganlik; davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida vakolatli davlat organi va boshqa tashkilotning qonuniy talablarini (topshiriqlarini) bajarmaganlik. |
Adliya vazirligi, |
2018-yil mart |
2018-yil aprel |
Huquqiy |
|
5. |
“Qishloq xoʻjaligida kooperatsiya toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil Qonun loyihasi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan qishloq xoʻjaligi m�hsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va xizmat koʻrsatish sohalarida oʻzaro kooperatsiya munosabatlarini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan. |
Qishloq va Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
2018-yil aprel |
2018-yil may |
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va |
|
6. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini i�lab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi: hokimning mahalliy hokimiyat vakillik organining rahbari sifatida maqomini bekor qilish va xalq deputatlari Kengashlarining kotibiyatini tuzish; xalq deputatlari Kengashlarining ijro etuvchi hokimiyat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy boʻlinmalari faoliyatini nazorat qilish boʻyicha roli va masʼuliyatini oshirish; tegishli vakolatlarni hokimlarga bosqichma-bosqich oʻtkazish orqali hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish; mahalliy vakillik organlarining nazorat borasidagi vakolatlarini yoritish. |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2018-yil aprel |
2018-yil may |
Hududlarni kompleks |
|
7. |
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi: litsenziyalash talab qilinmaydigan tijorat tashkilotlari sifatida yuridik konsalting tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish; soliq yukini maqbullashtirish maqsadida advokatlik tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy toʻlov va advokatlardan undiriladigan jismoniy shaxslarning daromad soligʻi stavkalarini kamaytirish; advokatlarning davlat idoralari, korxona |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Advokatlar palatasi |
2018-yil aprel |
2018-yil may |
Huquqiy |
|
8. |
“Davlat xizmati toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil �onun loyihasida davlat xizmati tizimini tashkil etish va faoliyat koʻrsatishining asosiy tamoyillari, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi, moddiy va ijtimoiy taʼminoti, davlat xizmatiga ishga oʻtish, xizmatni oʻtash va xizmatdan boʻshash tartibi belgilanadi. |
Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, |
2018-yil iyun |
2018-yil |
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
9. |
“Taʼlim toʻgʻrisida” (yangi tahrirda) |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi: taʼlim tizim���da amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari; nodavlat taʼlim xizmatlarini tashkil etish taʼlim tizimida davlat-xususiy sherikchilikning asosiy qoidalari va yoʻnalishlari; taʼlim jarayonini zamonaviylashtirish. |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi |
2018-yil iyul |
2018-yil |
Taʼlim, s�gʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya |
|
10. |
“Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi: maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurati jinoiy qilmishning va uni sodir etgan shaxsning real ijtimoiy xavfliligi mezonlariga asoslanishi; qonun normalarini amaldagi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarning tasnifiga moslashtirish nazarda tutiladi. |
Ichki ishlar vazirligi, |
2018-yil iyul |
2018-yil |
Huquqiy |
|
11. |
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi: nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari; nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq qilish; davlat organlarining nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatlari; nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishi va ishga joylashishi tizimimni takomillashtirish; nogironlikni belgilashda qoʻllanilayotgan usullarni tubdan takomillashtirish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, |
2018-yil iyul |
2018-yil |
Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya |
|
12. |
“Banklar va (yangi tahrirda) |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi ilgʻor xorijiy tajriba, umumeʼtirof etilgan normalar va standartlarni chuqur oʻrganish, ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlarining tegishli ekspert xulosalari asosida banklar faoliyatini tartibga solishning amaldagi tizimini qayta koʻrib chiqishga qaratilgan. |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari |
2018-yil avgust |
2018-yil |
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
13. |
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (yangi tahrirda) |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmonining 11-bandida nazarda tutilgan. Qonun loyihasi ilgʻor xorijiy tajriba, umumeʼtirof etilgan normalar va standartlarni chuqur oʻrganish, ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlarining tegishli ekspert xulosalari asosida Markaziy bank faoliyatini qayta koʻrib chiqishga qaratilgan. |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
2018-yil avgust |
2018-yil |
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
14. |
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” (yangi tahrirda) |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi: havola qiluvchi meʼyorlarni maksimal darajada qisqartirgan holda, valyuta operatsiyalarining amaliyotda uchraydigan barcha jihatlarini tartibga solish; Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining barqarorligini taʼminlash; yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz valyuta mablagʻlarini erkin tasarruf etish huquqini toʻliq roʻyobga chiqarish; respublika iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish. |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
2018-yil sentyabr |
2018-yil |
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
15. |
“Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi tijoratchi tashkilotlar — yuridik shaxslarni, banklarni, notijorat tashkilotlar — davlat organlari va muassasalarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning yagona tartibini belgilashni nazarda tutiladi. |
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, |
2018-yil oktyabr |
2018-yil |
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
16. |
“Fuqarolik holati dalolatnomalari toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi er-xotinlar, bolalar, ota-onalar huquqlarini taʼminlash masalalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatga olish tartibi va nikoh-oila munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. |
Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2018-yil oktyabr |
2018-yil |
Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi |
|
17. |
“Texnoparklar toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil Qonun loyihasi texnoparklarni tashkil etish va faoliyat yuritishning huquqiy asoslarini belgilash va takomillashtirishga qaratilgan. |
Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
2018-yil noyabr |
2018-yil |
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy |
|
18. |
“Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi shaxsiy va oilaviy sir daxlsizligiga boʻlgan huquqlarni himoya qilish, “Elektron hukumat” tizimi rivojlanishi munosabati bilan jismoniy shaxslarga oid maʼlumotlar bilan ishlash jarayonida ular oshkor qilinishining oldini olish choralarini belgilashga qaratilgan. |
Davlat personallashtirish markazi, |
2018-yil noyabr |
2018-yil |
Axborot |
|
19. |
“Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi: uy-joy mulkdorlari shirkatlari sohasidagi davlat boshqaruvini qayta koʻrib chiqish; uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish; uy-joy mulkdorlari shirkatlari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati va buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan mexanizmlari tatbiq etish. |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank |
2018-yil noyabr |
2018-yil |
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari |
|
II. Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi organlarining tashabbuslari va takliflari asosida ishlab chiqiladigan qonun loyihalari | ||||||
|
20. |
“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” |
Qonun loyihasi quyidagilarni nazard� tutadi: elektron hujjatlar rekvizitlarining haqqoniyligini tasdiqlovchi uchinchi tomonning ishonchli xizmatini, jumladan, elektron raqamli imzo va uning sertifikatlarini elektron toʻlov varaqasi berish bilan kiritish; elektron raqamli imzo egasi shuningdek yuridik shaxslarni aniqlash imkoniyatlarini kengaytirish; elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyxatga olish markazlarini tashkil etish; elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini qogʻoz shaklda berilishini bekor qilish; elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarida jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlarini majburiy koʻrsatish; Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasida elektron hujjatlar va elektron raqamli imzolardan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarning tartibga solishdagi kamchiliklar va boʻshliqlarni bartaraf etishga koʻmaklashadi. |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
2018-yil aprel |
2018-yil |
Axborot |
|
21. |
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” |
Qonun loyihasini ishlab chiqilishi aholini, xususan talabalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Loyiha fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarini oliy taʼlim muassasasida turmush oʻrtogʻining taʼlim olishi uchun toʻlovga yoʻnaltirganda soliq imtiyozlari (soliq toʻlashdan ozod etish) berilishini nazarda tutadi. Qonunning qabul qilinishi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash bilan toʻlovning qoʻshimcha manbalarini shakllantirishni taʼminlaydi, taʼlim olishda aholining imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishi uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlanishiga qoʻshimcha imkoniyat yaratadi. |
Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
2018-yil may |
2018-yil |
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |
|
22. |
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” |
Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi: aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining eng kam miqdoriga boʻlgan talabni ekvivalentda aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida chet ellik investorlar ulushi kamida 15 foizni tashkil etishi lozim boʻlgan tartibni bekor qilish; aksiyadorlik jamiyatlariga aksiyalarni nominal qiymat bilan yoki nominal qiymatsiz chiqarishni mustaqil tanlash huquqini berish; Qonunning qabul qilinishi respublikada tadbirkorlik muhitini yaxshilashga, milliy fond bozori raqobatbardoshligini oshirishga, keng koʻlamda tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan loyihalarga aholi va institutsional (portfelli) investorlarning boʻsh turgan mablagʻlarini jalb etish imkonini yaratadi. |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
2018-yil iyun |
2018-yil |
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy |
|
23. |
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” |
Qonun loyihasi uyushgan bozorlarda, ayniqsa fond birjasi va qimmatli qogʻozlarning uyushgan birjadan tashqari bozorida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirishning eng kam miqdoriga boʻlgan talabni bekor qilishga yoʻnaltirilgan. Aksiyalarning va boshqa emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini amalga oshgan deb eʼtirof etish uchun ularni uyushgan bozorlarda joylashtirishning eng kam miqdoriga boʻlgan talabni bekor qilinishi tashkilotlarga fond birjalari orqali investitsiyalarni erkin jalb qilishda qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi, qimmatli qogʻozlarning ishonchliligi borasida investorlarning ishonchini oshiradi, shuningdek qimmatli qogʻozni saqlovchilarning pul mablagʻlarini yoʻqotishlaridan himoya qiladi. |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Markaziy bank |
2018-yil avgust |
2018-yil |
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy |
|
24. |
“Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining |
Qonun loyihasi mamlakatda ishbilarmonlik muhitini va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Qonun loyihasi yakka tartibdagi tadbirkorlarga moliyaviy isteʼmol kreditlari hisobiga oʻz mahsulotlarini sotish imkoniyatini belgilashni nazarda tutadi. Qonunning qabul qilinishi yakka tartibdagi tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish, shuningdek, xoʻjalik munosabatlarida ularning ishtiroki uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi. |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi |
2018-yil sentyabr |
2018-yil |
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti |