03.02.2018 yildagi PF-5326-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning turizm salohiyatini, birinchi navbatda investitsiyalarni faol jalb qilish, sohaga innovatsion gʻoya va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mamlakatning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud resurslari va imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish hisobiga rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2018-yil 10-fevraldan boshlab Isroil davlati, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining aʼzolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-iyuldan boshlab elektron kirish vizalarini berish tizimi ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Milliy turizm mahsulotini targʻib qilish markazi” DUK Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK etib qayta tashkil etilsin, unga respublikaning turizm salohiyatini targʻib qilishni tashkil etish boʻyicha vazifalar yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-martiga qadar “Milliy PR-markazi” DUK uchun zamonaviy va yuqori texnologik suratga olish uskunalari, avtotransport vositalari, shu jumladan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega boʻlgan avtotransport vositalarini sotib olishni oʻz ichiga oluvchi zaruriy moddiy-texnik bazasi yaratilishini, shuningdek, ijara toʻlovisiz zaruriy xonalar ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-apreliga qadar ijodiy va suratga olish guruhlarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish yoʻli bilan shakllantirishni, shuningdek, ularni taʼminlash va moddiy ragʻbatlantirish uchun zaruriy mablagʻlar ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllantirilgan ijodiy va suratga olish guruhlarining ssenariylar va suratga olish ishlari konsepsiyasini ishlab chiqish, respublika hududlariga ijodiy ekspeditsiyalar va xizmat safarlari, shuningdek, mamlakatning turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha materiallarni tayyorlaydigan boshqa ijodiy guruhlar faoliyatini doimiy asosda, shu jumladan autsorsing orqali moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining quyidagi aholi qatlamlari uchun respublika hududlari boʻylab turizm-ekskursiya turlari tashkil etilishini koʻzda tutuvchi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun — taʼtil davri va dam olish kunlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar xodimlari uchun — dam olish kunlarida, umummilliy bayramlar va taʼtil kunlarida, ayniqsa turizm mavsumi sust davrda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, pensionerlar, urush va mehnat faxriylari uchun — sanatoriy-kurortlarda dam olishdan faol foydalangan holda yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar, yosh oilalar, fuqarolar yigʻinlari faollari, xotin-qizlar va boshqa jamoat birlashmalari vakillari uchun — turizm mavsumi sust davrda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Dasturni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda turizm xizmatlari koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining sifat, xavfsizlik va narxlarning raqobatbardoshligi mezonlaridan kelib chiqib Dasturda ishtirok etish hamda ularning Dasturni amalga oshirish doirasida oʻzaro hamkorlik qilish mexanizmlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-martiga qadar oʻzining rasmiy veb-saytida Dasturda ishtirok etish shartlari, turizm-ekskursiya dasturlarini tashkil etish mexanizmlari haqidagi, hamkor tashkilotchilar va ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatlari hamda boshqa zaruriy maʼlumotlarni joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining tuzilgan xalqaro shartnomalarini mazkur Farmonning talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy faoliyat turi tematik xiyobonlar xizmatlarini tashkil qilish boʻlgan yuridik shaxslarni ular tomonidan tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran 3 yil muddatga — yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yer soligʻi va mol-mulk soligʻi, shuningdek, yagona soliq toʻlovini toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini 2022-yilning 1-yanvariga qadar — belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlarga koʻra tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta taʼmirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallarni olib kirish uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari);
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi PF-5552-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 06/18/5552/2038-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini 2022-yilning 1-yanvariga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi bilan birgalikda 8 va undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan turizm toifasiga oid transport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dor (osma) yoʻllarni, togʻ-changʻi koʻtargichlar, funikulyorlar va boshqa oʻxshash obyektlar va inshootlarni qurish, qayta taʼmirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, aerostatlar (havo sharlari), motorli qayiq va kvadrotsikllar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlarga koʻra bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyxatga olinib, litsenziyaga ega boʻlgan turizm operatorlariga istisno tariqasida ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 l. dan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega boʻlgan olib kirilayotgan transport vositalariga avtotransport vositalarini roʻyxatga olish boʻyicha alohida davlat raqami seriyasini tatbiq etgan holda va ulardan faqatgina Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida foydalanish sharti bilan 5 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash orqali amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida boj toʻlovlarini toʻlashga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran turizm mahsulotlarini sotish va/yoki turizm xizmatlarini onlayn bron (band) qilish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliqqa solinadigan bazasi elektron xizmatlarni, jumladan, elektron toʻlovlar, bron (band) qilish, ekvayring va boshqa xizmatlarni, shuningdek, turizm xizmatlarining zamonaviy turlarini taklif qiluvchi ixtisoslashtirilgan internet-saytlar va portallarni yoʻlga qoʻyishga yoʻnaltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida Internet tarmogʻiga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar foydalanuvchilarning shaxsini majburiy tartibda aniqlagan holda tegishli sifatdagi ulanishni taʼminlashlari lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududida Internet tarmogʻiga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) oʻrnatgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasi, shu jumladan yagona soliq toʻlovi boʻyicha bazasi tegishli sifatdagi simsiz ulanish hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet-trafikni sotib olishga yoʻnaltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida Internet tarmogʻiga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bunday hududlarni tashkil etgan joylarda 18 kv.m.dan ortiq boʻlmagan oʻlchamdagi reklama banneri yoki romlarini oʻrnatish huquqi begʻaraz asosda va mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatlarini olmasdan taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻiga simsiz bepul ulanish hududlarida (Wi-Fi) taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
(10-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining mehmonxonalarni, tutash yoʻl, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 200 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ikki oy muddatda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi shartlarda kreditlar ajratilishi uchun ularga kredit liniyalarini ochsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxonalar va tutash yoʻl, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlari uchun import uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish uchun kredit muddati 15 yilni (imtiyozli davr — 5 yil) tashkil qiladi. Maqsadli kredit liniyasining mablagʻlari hisobiga bitta mijoz uchun ajratiladigan kredit hajmi loyiha qiymatining 50 foizidan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar vakolatli tijorat banklarining investitsiya loyihasini amalga oshirishning iqtisodiy va moliyaviy maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ijobiy qarorlari asosida beriladi. Bunda, bir qarz oluvchiga beriladigan kredit miqdori bitta investitsiya loyihasi uchun 10 mln. AQSh dollaridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo Boʼylab” telekanali Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining ichki turizm, dam olishning faol turlari va sport turizmini rivojlantirish, madaniy meros obyektlari va tabiiy boyliklar, shu jumladan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarni yoritish masalalari boʻyicha bosh axborot hamkori sifatida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda oʻn kunlik muddatda mazkur Farmonni hisobga olgan holda kirish turizmini rivojlantirish, ichki turizmning jadal rivojlanishini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining vakolatlari va tuzilmasini qayta koʻrib chiqish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining loyihalarini ishlab chiqsin va kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmon bilan muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri — Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash raisi A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5326-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmonidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“koʻrsatib oʻtilgan korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari respublikaning barcha shaharlari va aholi yashash joylarida joylashtirish. Bunday hududiy cheklov turizm sohasida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalarga tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ilovadagi 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Turizm:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxona xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tematik xiyobonlarni tashkil qilish (turli yoshdagi tashrif buyuruvchilarning ehtiyojini qondirishga qaratilgan xizmatlarni koʻrsatuvchi bitta yoki bir nechta mavzu boʻyicha tashkil qilingan koʻngilochar xiyobon, xiyobonlar ansambli)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “2018-yil 1-yanvardan boshlab”, “majburiy” soʻzlari tegishlicha “2018-yil 1-apreldan boshlab”, “ixtiyoriy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlarga koʻra mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallarni olib kirish uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari)”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2018-y., 06/18/5326/0657-son; 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son, 12.10.2018-y., 06/18/5552/2038-son; 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son, 15.08.2019-y., 06/19/5781/3567-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 17.08.2022-y., 06/22/190/0742-son; 05.06.2023-y., 06/23/86/0329-son)