Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2021 02.02.2018 yildagi PF-5325-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2021
Hujjat 23.11.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash, onalik va bolalikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlarning holati xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sogʻlomlashtirishning samarali mexanizmlarini yaratishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni manzilli qoʻllab-quvvatlash tizimi mavjud emas, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyilmagan, xotin-qizlar oʻrtasida bandlikka koʻmaklashish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha faoliyat samarasiz tashkil etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy negizlari va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash boʻyicha maqsadli ishlar olib borilmayapti, erta nikohlarning, oilalardagi nizoli holatlar va ajrashishlarning oldini olish boʻyicha choralarning samaradorligi past darajada qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyat yetarli darajada tashkil etilmagan, onalar kasalligi va perinatal kasalliklar profilaktikasi va ularning oldini olish boʻyicha samarali tizim, ayniqsa, chekka qishloq hududlarida mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, xotin-qizlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha samarali choralar koʻrilmayapti, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularga yuridik maslahatlar berish mexanizmi zamon talablariga javob bermaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, xotin-qizlar qoʻmitalarining keng koʻlamli vazifalari zarur vakolatlarning yoʻqligi va tashkiliy-shtat birliklarining yetishmasligi sharoitida xotin-qizlarning eng muhim muammolarini hal etish borasida ularning kuch va imkoniyatlarini toʻliq safarbar etish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkiliy boʻysunuvining noaniqligi va zarur moliyalashtirish manbalarining mavjud emasligi, oila muammolarini oʻrganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy, ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha unga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishiga toʻsqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilani mustahkamlash, nizoli holatlar va ajrashishlarning oldini olish sohasida kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha ishlar tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni inobatga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollarning manzilli roʻyxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi boʻlganlar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi va uning hududiy boʻlinmalari rahbarlari eng avvalo:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollarni oʻz vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ular oʻrtasida oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha amaliy choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, shu jumladan, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 1-apreldan fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi oʻrniga tegishli shtat birliklarini tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalari tuzilmasiga oʻtkazgan hamda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis (keyingi oʻrinlarda — mutaxassis deb yuritiladi) lavozimini joriy etish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis lavozimi har bir fuqarolar yigʻinida 1 tadan, oilalar soni 2000 va undan ortiq boʻlgan fuqarolar yigʻinlarida esa 2 tadan joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis fuqarolar yigʻini binosida joylashadi, lavozimi boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashining tarkibiga kiradi va fuqarolar yigʻini bilan yaqin hamkorlikda oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan birgalikda 2018-yilning 1-apreliga qadar fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha har bir maslahatchisi faoliyatini tanqidiy oʻrganib chiqsin va natijalari boʻyicha yangidan kiritilgan mutaxassis lavozimlariga yetarli bilim darajasiga, yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, oʻziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajara oladigan shaxslarni tayinlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, viloyat markazlari boʻlgan shaharlar, tumanlar (shaharlar) xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparatlarining namunaviy tuzilmalari 3, 4 va 5-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparatlari xodimlarining cheklangan soniga nisbatan toifalangan viloyat markazlari boʻlgan shaharlar, tumanlar (shaharlar) roʻyxati 6-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish boʻyicha tegishlicha vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi markaziy apparati xodimlariga nisbatan, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari xodimlari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-son qarorining 1-bandida belgilangan har oylik ustamalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda “Oila” markazi deb yuritiladi) va uning hududiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi negizida tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila institutini mustahkamlash boʻyicha, eng avvalo, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” konseptual gʻoyasini hayotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, bu sohada normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish masalalarini kompleks oʻrganishni tashkil etish, mazkur yoʻnalishlar boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va samarali tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlar muammolari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni oʻtkazish, ular asosida oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajrashishlarning oldini olish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilash, shuningdek, zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, xotin-qizlar qoʻmitalari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli roʻyxatlarini tuzish, maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid boʻlgan turli yot xavf-xatarlarga qarshi turish maqsadida ular bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqa oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni oʻrganish va tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oila” markazi direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oila” markazi direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish boʻyicha vazirga, direktorning oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oila” markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari “Oila” markaziga va tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklariga hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oila” markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari tomonidan “Oila” markazi direktori bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, “Oila” markazi direktori va uning hududiy boʻlinmalari rahbarlari eng avvvalo:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila institutini mustahkamlash, jamiyatga uning zamonaviy namunali shaklini singdirish boʻyicha sifatli tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda taʼsirchan, ilmiy asoslangan va amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilada, ayniqsa nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, erta nikoh va ajrashishlarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning natijadorligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notinch va muammoli oilalarni oʻz vaqtida aniqlash, ulardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish va oilaviy munosabatlarni yaxshilash boʻyicha choralar koʻrishga shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazi vakillarini ularning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar “Oila” markaziga uning soʻroviga koʻra markazga yuklatilgan vazifalar bilan bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlar, statistik va boshqa maʼlumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotning taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2018-yil 1-apreldan FHDY organlarini ularning nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan asosiy faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tuman (shahar) hokimliklariga boʻysundirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar va oila masalalari boʻyicha FHDY organi, “Oila” markazining tuman (shahar) boʻlimi hamda boshqa tuzilmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oila” markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida tibbiyot kasb-hunar kollejlari negizida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kurslari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, maxsus oʻquv kurslarida qayta tayyorlash va malakani oshirish “Oila” markazi tomonidan Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Tadbirkor ayol” uyushmasining Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi boʻlgan ayollarga moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashda koʻmaklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazining oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari tuzilmalarida oʻsmir qizlar va fertil yoshidagi ayollar uchun “ayollar maslahatxonalari”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilani rejalashtirish, kontratsepsiya usullari, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish va jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish boʻyicha, shu jumladan anonim tarzda, maslahatlar berish;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PF-5840-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onalar va bolalar hamda fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq akusher-ginekologik va ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PF-5840-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, onalik va perinatal kasalliklarining va oʻlim holatlarining oldini olish sohasida aholining bilimi va sanitariya madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “ayollar maslahatxonalari”, shuningdek ularning asosiy vazifalari yuzasidan “tezkor aloqa” faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorlarga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari boʻlgan oʻquvchilari bakalavriatga, bakalavriat talabalari esa oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga tegishli yoʻnalish va ixtisoslik boʻyicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan xotin-qizlarga beriladigan “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oila” markazi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini, ularning tuzilmalarini tasdiqlash, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibini, har bir xodimning vakolatlari va javobgarligi aniq belgilanishini nazarda tutgan holda, tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus oʻquv kurslari, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi faoliyati, uning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari, shuningdek, “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzand(lar)ini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun qulay sharoitlarga ega arzon uylarni qurish yuzasidan hududiy manzilli dasturlarni, shuningdek, uylarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida qarorlar qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasi loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oila” markazi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notinch va ehtiyojmand oilalardagi kasalligi, shu jumladan, reproduktiv salomatligi bilan bogʻliq kasalligi bor boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularga manzilli tibbiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika “Ona va bola skriningi” markazi va Respublika aholi reproduktiv markazi hamda ularning boʻlinmalari faoliyatini birgalikda oʻrganish, shuningdek, ularning aholiga koʻrsatayotgan xizmatlarini rivojlantirishga oid takliflar ishlab chiqish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” markazi, “Saodat” jurnali va “Oila va jamiyat” gazetasi tahririyatlarini joylashtirish uchun binolar ajratish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oila” markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalliy budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan “Oila” markazi hududiy boʻlinmalarini barcha sharoitlarga ega boʻlgan xizmat xonalari, zarur mebel va jihozlar, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va Internet tarmogʻi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonni amalga oshirish uchun 2018-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida zarur boʻlgan budjet mablagʻlarini ajratsin, 2019-yildan boshlab esa har yili ushbu mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2004-yil 25-maydagi PF-3434-son Farmoni 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” markazi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmondan kelib chiqib, shu jumladan FHDY organlarining tuman (shahar) hokimliklariga boʻysundirilishi munosabati bilan adliya va mahalliy ijro hokimiyati organlarining vakolat va funksiyalarini chegaralashni nazarda tutgan holda qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.T. Kamilov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5325-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 32 nafardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-noyabrdagi PF-5880-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 06/19/5880/4044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparatlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparatlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 5 nafardan, jami 70 nafardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-noyabrdagi PF-5880-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 06/19/5880/4044-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat markazlari boʻlgan shaharlar xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar markazlari boʻlgan shaharlar xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparatining boshqaruv xodimlarini cheklangan soni — 4 nafardan, jami 52 nafardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimi har bir fuqarolar yigʻinida 1 nafardan, 2000 ta va undan ortiq oila yashayotgan fuqarolar yigʻinlarida esa 2 nafardan koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 3-4 nafardan, jami 654 nafardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-toifali mutaxassis lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni 6-ilovasidagi 1-toifali tumanlarda (shaharlarda) nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimi har bir fuqarolar yigʻinida 1 nafardan, 2000 ta va undan ortiq oila yashayotgan fuqarolar yigʻinlarida esa 2 nafardan koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar qoʻmitalari apparati xodimlarining cheklangan soniga nisbatan toifalangan viloyat markazlari boʻlgan shaharlar, tumanlar (shaharlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Tuman va shaharlar

1-toifa

2-toifa

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahri

Qoʻngʻirot tumani

Xoʻjayli tumani

Beruniy tumani

Toʻrtkoʻl tumani

Chimboy tumani

Ellikqalʼa tumani

Amudaryo tumani

Shumanay tumani

Qonlikoʻl tumani

Kegeyli tumani

Moʻynoq tumani

Qoraoʻzak tumani

Taxtakoʻpir tumani

Nukus tumani

Taxiatosh tumani

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri

Qoʻrgʻontepa tumani

Shahrixon tumani

Andijon tumani

Jalaquduq tumani

Izboskan tumani

Marhamat tumani

Xonobod shahri

Asaka tumani

Baliqchi tumani

Boʻz tumani

Buloqboshi tumani

Paxtaobod tumani

Oltinkoʻl tumani

Xoʻjaobod tumani

Ulugʻnor tumani

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

Gʻijduvon tumani

Romitan tumani

Qorakoʻl tumani

Shofirkon tumani

Kogon shahri

Jondor tumani

Peshku tumani

Olot tumani

Buxoro tumani

Vobkent tumani

Kogon tumani

Qorovulbozor tumani

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

Zomin tumani

Doʻstlik tumani

Gʻallaorol tumani

Forish tumani

Baxmal tumani

Sh.Rashidov tumani

Paxtakor tumani

Mirzachoʻl tumani

Arnasoy tumani

Zarbdor tumani

Zafarobod tumani

Yangiobod tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

Shahrisabz tumani

Nishon tumani

Muborak tumani

Mirishkor tumani

Chiroqchi tumani

Gʻuzor tumani

Yakkabogʻ tumani

Koson tumani

Qamashi tumani

Shahrisabz shahri

Qarshi tumani

Kitob tumani

Dehqonobod tumani

Kasbi tumani

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri

Zarafshon shahri

Uchquduq tumani

Qiziltepa tumani

Xatirchi tumani

Karmana tumani

Konimex tumani

Navbahor tumani

Nurota tumani

Tomdi tumani

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri

Kosonsoy tumani

Norin tumani

Uchqoʻrgʻon tumani

Chust tumani

Pop tumani

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Chortoq tumani

Mingbuloq tumani

Namangan tumani

Uychi tumani

Yangiqoʻrgʻon tumani

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

Kattaqoʻrgʻon shahri

Urgut tumani

Narpay tumani

Jomboy tumani

Samarqand tumani

Ishtixon tumani

Payariq tumani

Pastdargʻom tumani

Kattaqoʻrgʻon tumani

Bulungʻur tumani

Nurobod tumani

Paxtachi tumani

Oqdaryo tumani

Qoʻshrabot tumani

Toyloq tumani

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

Sirdaryo tumani

Boyovut tumani

Sayxunobod tumani

Xovos tumani

Shirin shahri

Yangiyer shahri

Sardoba tumani

Oqoltin tumani

Guliston tumani

Mirzaobod tumani

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri

Denov tumani

Shoʻrchi tumani

Sherobod tumani

Jarqoʻrgʻon tumani

Sariosiyo tumani

Muzrabot tumani

Qumqoʻrgʻon tumani

Uzun tumani

Angor tumani

Boysun tumani

Qiziriq tumani

Oltinsoy tumani

Termiz tumani

11.

Toshkent viloyati

Nurafshon shahri

Olmaliq shahri

Angren shahri

Bekobod shahri

Chirchiq shahri

Boʻstonliq tumani

Qibray tumani

Zangiota tumani

Oʻrtachirchiq tumani

Yangiyoʻl tumani

Oxangaron shahri

Yangiyoʻl shahri

Oxangaron tumani

Oqqoʻrgʻon tumani

Bekobod tumani

Boʻka tumani

Quyichirchiq tumani

Parkent tumani

Piskent tumani

Chinoz tumani

Yuqorichirchiq tumani

Toshkent tumani

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

Qoʻqon shahri

Margʻilon shahri

Quva tumani

Bogʻdod tumani

Beshariq tumani

Oʻzbekiston tumani

Toshloq tumani

Uchkoʻprik tumani

Quvasoy shahri

Buvayda tumani

Dangʻara tumani

Oltiariq tumani

Qoʻshtepa tumani

Rishton tumani

Fargʻona tumani

Yozyovon tumani

Soʻx tumani

Furqat tumani

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahri

Hazorasp tumani

Xiva tumani

Xonqa tumani

Bogʻot tumani

Shovot tumani

Xiva shahri

Urganch tumani

Qoʻshkoʻpir tumani

Gurlan tumani

Yangiariq tumani

Yangibozor tumani

14.

Toshkent shahri

Olmazor tumani

Bektemir tumani

Mirobod tumani

Mirzo Ulugʻbek tumani

Sirgʻali tumani

Uchtepa tumani

Chilonzor tumani

Shayxontohur tumani

Yunusobod tumani

Yakkasaroy tumani

Yashnobod tumani

Jami

106

94

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-toifa — shtat birligi soni 4 nafar etib belgilanmoqda (1 nafar — rais, 1 nafar — bosh mutaxassis, 1 nafar — yetakchi mutaxassis, 1 nafar 1-toifali mutaxassis);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-toifa — shtat birligi soni 3 nafar etib belgilanmoqda (1 nafar — rais, 1 nafar — bosh mutaxassis, 1 nafar — yetakchi mutaxassis);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jami 706 nafar shtat birligi (200 nafar — rais, 200 nafar — bosh mutaxassis, 200 nafar — yetakchi mutaxassis, 106 nafar — 1-toifali mutaxassis).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro
muddati

Masʼul ijrochilar

I. Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, tumanlar (shaharlar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari faoliyatini tashkil etish, shuningdek FHDY organlari faoliyatini yanada takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
mart

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

2.

Quyidagilarni:

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini, ularning tuzilmalarini tasdiqlashni, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xotin-qizlar qoʻmitalari, sogʻliqni saqlash organlari, FHDY, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik tartibini, har bir xodimning vakolatlari va javobgarligini aniq belgilashni hisobga olgan holda;

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar boʻyicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga oid maxsus oʻquv kurslari faoliyatini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
mart

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlim vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madj�dov), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga yosh iqtidorli qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

2018-yil
mart

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

4.

Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
mart

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

(Q. Kuranbayev),Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

5.

Shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va sh.k.) bilan shugʻullanayotgan shaxslarni aholining band boʻlganlar toifasiga kiritish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Z.Mirzayev), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (B. Yusupov)

6.

Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogi�onligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzand(lar)ini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun qulay sharoitlarga ega arzon uylarni qurish yuzasidan hududiy manzilli dasturlarni, shuningdek, uylarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
mart

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Davarxitektqurilish qoʻmitasi (B. Zakirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan xotin-qizlarni taqdirlash tartibini nazarda tutuvchi “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
aprel

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),
Adliya vazirligi (R. Davletov) manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Nikohdan oʻtuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha bila turib ularning sogʻligʻi haqida notoʻgʻri maʼlumotlarni aks ettiruvchi maʼlumotnomalarni berganlik uchun tibbiyot muassasalari rahbarlari va xodimlarining javobgarligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumotnoma,

zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy sud

(K. Kamilov), Xotin-qizlar qoʻmitasi

(T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova)

9.

Nikohdan oʻtuvchi shaxslar tomonidan oilaviy hayot asoslari boʻyicha majburiy oʻqishdan oʻtishlari masalasini oʻrganish va xalqaro tajribani inobatga olgan holda bu sohada samarali oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma,

zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
iyun

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev),

10.

Quyidagilarning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash:

fuqarolar yigʻini yarashtirish komissiyasining oilaviy nizolar va ajrashishlarning barvaqt oldini olish, shuningdek, tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish sohasini;

fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi va fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi, shu jumladan ularning xotin-qizlar va oilalarning muammolarini aniqlash va hal etishda amaliy koʻmak berishi masalalari, shuningdek, mazkur tuzilmalarning faoliyatiga rahbarlik qilishni tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislarga yuklash masalalarini nazarda tutgan holda.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
iyun

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova)

11.

Uy-joy mulkdori bilan doimiy birga yashovchi farzandlarining er-xotinlarni uy-joy mulkdorining oila aʼzosi sifatida tan olinishiga qaratilgan takliflarni tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2018-yil
iyul

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Xotin-qizlar qoʻmitasi

(T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova)

12.

Oila va nikohni saqlash boʻyicha er va xotinning birgalikdagi javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan, xususan, xalqaro tajribani oʻrgangan holda er-xotinning ajralish holatida voz kechish toʻlovi boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumotnoma,

zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil

avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud

(K. Kamilov), Xotin-qizlar qoʻmitasi

(T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova)

13.

Xalqaro mehnat tashkilotining “1952-yilgi onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyani qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 183-sonli Konvensiyasini implementatsiya qilishga doir xalqaro tajribani oʻrganish va uni ratifikatsiya qilish boʻyicha taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma,

zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
sentyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov),
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

(A. Saidov), Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov)

14.

Xalqaro ilgʻor tajrib�ni oʻrgangan holda nikohdan oʻtish uchun hujjatlarni topshirgandan soʻng shaxslarning nikohga kirishigacha boʻlgan davrni uzaytirishni, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlarning faqat sud tomonidan koʻrib chiqilishi, sud tomonidan ishning koʻrilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun bir yilgacha muhlat tayinlashi boʻyicha taklif tayyorlash.

Tahliliy maʼlumotnoma,

zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil

noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Bosh prokuratura

(O. Murodov), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz (A. Saidov)

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur Farmoni mazmun-mohiyatini ommaviy-axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.

Reja-jadval

Reja-jadval ishlab chiqish — 2018-yil fevral

amalga oshirish — reja asosida

MTRK (A. Xadjayev), OʻzA (A. Koʻchimov), OʻzMAA (L. Tangriyev), OʻzEOAVMA

(F. Abduholiqov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova)

16.

Mazkur Farmon doirasida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash borasida qabul qilingan chora-tadbirlarning samaradorligini oʻrganish va bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma,

zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil

dekabr

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Adliya vazirligi (R. Davletov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

II. Xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishtirokini yanada oshirish

17.

Joylarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida:

xotin-qizlar bandligini taʼminlash, shu jumladan, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish;

mehnatga layoqatli va ishlash istagida boʻlgan xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish va doimiy yangilab borish;

xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasiga oid bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini, shuningdek, xotin qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan yangi kasbiy koʻnikmalarni oʻrganish imkonini beradigan boshqa kurslarni tashkil etish;

“Ustoz — shogird” tizimi rivojlantirish;

xotin-qizlarga uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

mahallalarda boʻsh turgan binolarni xatlovdan oʻtkazish, tegishli mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-yil

mart

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R. Gulyamov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Quydagilarga alohida eʼtibor qaratgan holda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarini bitirgan qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha tizimli monitoring olib borish:

bandlik dasturlari doirasida yaratilgan yangi ish oʻrinlariga bitiruvchi qizlarni joylashtirish;

yaratilgan ish oʻrinlarining haqiqatda mavjudligi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;

tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilishini tashkil etish.

Chora-tadbirlar

rejasi

har chorakda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan yosh qizlar — Chinoz tumanidagi maxsus maktab-internati va Qoʻqon maxsus yengil sanoat kasb-hunar kolleji oʻquvchilarining maʼnaviy-axloqiy, oʻquv-tarbiyaviy ishlar hamda xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish borasidagi ishlar holatini chuqur tahlil qilish, mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan asosli takliflar kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil

fevral-mart

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Xalq taʼlim vazirligi (U. Inoyatov), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (M. Xolmuxamedov), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(A. Qodirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

20.

Namunaviy jamoa shartnomalarini, ularga ish beruvchilar tomonidan xotin-qizlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish va ularni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini nazarda tutuvchi alohida bandlarni kiritgan holda takomillashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
mart

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(K. Rafikov), Xotin-qizlar qoʻmitasi

(T. Narbayeva), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov)

21.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslalashuviga, jumladan quyidagi usullarni qoʻllab, koʻmakl�shish:

ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish;

lozim boʻlganda kasbga qayta tayyorlash boʻyicha qisqa oʻquv kurslarini tashkil etish orqali ularning bandligini taʼminlash;

doimiy psixologik yordamni tashkil etish;

ularning voyaga yetmagan farzandlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maqsadli va tizimli tadbirlarni tashkil etish;

mahallalardagi turli tadbirlarga jalb etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
mart

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(A. Xaitov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov), “Tadbirkor ayol” uyushmasi

(G. Maxmudova), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning ishtirokini yanada oshirish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Tadbirkor ayollar” respublika biznes-forumini tashkil etish.

Chora-tadbirlar

rejasi

har yili

iyun

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Tadbirkor ayol” uyushmasi (G. Maxmudova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

III. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning dolzarb muammolarini hal etishda
va ular oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda hamkorlikni kuchaytirish

23.

Yoshlarni milliy anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalash, xotin-qizlarning maʼnaviyatini oshirish maqsadida “Milliy qadriyat va urf-odatlarni saqlashda ayollarning oʻrni” mavzusida anʼanaviy ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.

Chora-tadbirlar
rejasi

har yili

may

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(A. Qodirov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Respublikamizdagi iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish va ularni oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash borasidagi targʻibot-tashviqot ishlariga keng jalb etish.

Reja-grafik

Reja-grafik ishlab chiqish — 2018-yil
mart

amalga oshirish — reja asosida

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(A. Qodirov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

25.

Quyidagilarni tashkil etgan holda “Yosh oilalar va qizlar” respublika konferensiyasini oʻtkazish:

“Men ham yetakchi boʻlaman” mavzusida 16 yoshdan 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy faol va uyushmagan qizlarning turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan rahbar ayollar bilan uchrashuvini;

“Ilm-fan kelajak poydevori” shiori ostida “Oilam kitob oʻqiydi” aksiyasini;

yosh xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli kasb-hunarlar boʻyicha “Kim nimaga qodir?” mahorat darslarini;

“Sogʻlom turmush tarzi” aksiyasi (sport musobaqalari)ni tashkil etish.

Chora-tadbirlar
rejasi

har yili
avgust

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Faoliyati birinchi navbatda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatishga va ularni normal hayotga qaytarishga qaratilgan xotin-qizlar qoʻmitalari qoshida ayollar ijtimoiy moslashuv markazlarini hududlarda tashkil etish boʻyicha taklif tayyorlash.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi boshqaruvi qarori loyihasi

2018-yil

sentyabr

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

27.

Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini tezkorlik bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, ularni oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlash va murojaatlariga tezkor munosabat bildirish maqsadida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Tezkor aloqa”ni tashkil etish masalasini koʻrib chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil
noyabr

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

28.

Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, oʻzi faoliyat yuritayotgan soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan, oilaga sadoqati va farzand tarbiyasidagi ibrati bilan xalq eʼtirofiga sazovor boʻlayotgan ayollar toʻgʻrisida “Oʻzbekiston ayollari” (“Jenщini Uzbekistana”) kitobini chop etish, uni rus va ingliz tillariga tarjima qilish.

Kitob chop etish

2018-yil
dekabr

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), OʻzMAA (L. Tangriyev), Oʻzbek�ston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova), “Ijod” fondi

(Sh. Irzoyev), “Ilhom” fondi (J. Rizayev)

29.

Qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, kasb-hunarga oʻrgatish, milliy urf-odat va anʼanalar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlarjon” telekoʻrsatuvini tashkil etish.

Reja-grafik

har oyda
bir marta

MTRK (A. Xadjayev), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

30.

Tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan, oilalarning hayotini yorituvchi va aholi, ayniqsa, ayollar hamda yoshlar uchun oʻrnak boʻladigan qahramonlar obrazini yaratish va ularning targʻibotini yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladigan badiiy, hujjatli, multiplikatsion, qisqa metrajli filmlar, teleserial va spektakllar yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

Chora-tadbirlar rejasini ish�ab chiqish — 2018-yil aprel

amalga oshirish-

2018-2019

yillar

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), “Oʻzbekkino” milliy agentligi

(F. Zakirov), MTRK (A. Xadjayev), Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (Sh. Jalilov)

31.

Xotin-qizlar va k?m taʼminlangan oilalar bolalari uchun Xiva, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qoʻqon, Margʻilon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi kabi mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

har yili
mart

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Abduxakimov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (A. Ramatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Oila instituti rolini mustahkamlash, oila qadriyatlarini saqlab qolish va rivojlantirish

32.

Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

2018-yil

may

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Xotin-qizlar oʻrtasida oila maʼnaviyatini yuksaltirish, ularga farzand tarbiyasi va oilada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishdagi oʻrinlarini chuqur anglashlariga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni loyihasi

2018-yil

aprel

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(A. Qodirov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev),

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

34.

Oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan oʻrnini targʻib qilish boʻyicha “Xalqaro oila kuni”ga bagʻishlangan kompleks tadbirlarni amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni loyihasi

har yili

15-maygacha

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), MTRK (A. Xadjayev), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

35.

Oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarini saqlash va rivojlantirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, shuningdek xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini oshirish maqsadida “Ibratli oila”;

Xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi oʻrnini oshirish, ularning ilgʻor tajribasini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” res�ublika tanlovlarini oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlari bayonlari loyihalari

har yili

aprel-may

har yili

dekabr

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Fuqarolarning oʻzini oʻzi
boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (Sh. Djalilov), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov)

36.

Oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishda taʼlim muassasalari psixologlarining rolini tanqidiy tahlil qilish.

Vazirlar Mahkamasi

chora-tadbirlar rejasi

2018-yil

mart

Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (M. Xolmuxamedov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

37.

Qizlarda olijanob axloqiy fazilatlar, yuksak maʼnaviyat va keng dunyoqarashni shakllantirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlar kutubxonasi” turkumidagi “Faqat qizlar uchun” nomli ommabop risolalarning mobil ilovasini yaratish va chop etish.

Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni loyihasi

2018-yil

avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova) Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

38.

Xotin-qizlar oʻrtasida turli salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari uchun “Ayollar psixologiyasi asoslari” nomli uslubiy qoʻllanma va video darslikni ishlab chiqish va tarqatish.

Uslubiy qoʻllanma

2018-yil

avgust

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), MTRK (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA (F. Abduholiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Oiladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni barvaqt aniqlash, shu jumladan, oilaviy ajrashishlarni oldini olish maqsadida “Fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasi aʼzolari uchun motivatsiya texnologiyalari” nomli uslubiy qoʻllanmani tayyorlash hamda qoʻllanmani bu kabi holatlar koʻrsatkichi yuqori boʻlgan hududlarda sinovdan oʻtkazish.

Uslubiy qoʻllanma

2018-yil

oktyabr

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

40.

Taʼlim tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻquv dasturlarini tashkil etish:

maktabgacha taʼlim muassasalarida 4 yoshdan oshgan bolalar uchun oilaviy qadriyatlar boʻyicha haftalik (10 15 daqiqa davomiyligida) mashgʻulotlar oʻtkazishni;

umumtaʼlim maktablarining 5 7 sinflariga “Oila asoslari” va 8 10 sinflariga “Oila etikasi va psixologiyasi” fanlarini kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
may

Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

41.

Oilada maʼnaviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy, huquqiy bilimlar, tibbiy madaniyat, oilaviy munosabatlar psixologiyasini oshirish maqsadida “Oila ensiklopediyasi”ni chop etish, shuningdek uni kam taʼminlangan oilalarga bepul asoslarda hamda oila qurayotgan yoshlarga imtiyozli asoslarda tarqatish.

Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni loyihasi

2019-yil

yanvar

OʻzMAA (L. Tangriyev),
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(A. Qodirov), “Ilhom” fondi (J. Rizayev), “Ijod” fondi (Sh. Irzoyev)

V. Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini
keng targʻib etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish

42.

Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish maqsadida:

xotin-qizlar, bolalar va oila qurayotgan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni emlash ishlarini sifatli tashkillashtirish;

fertil yoshdagi ayollarning kontratseptiv vositalarga boʻlgan ehtiyojini toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish;

homilador ayollar va goʻdaklarda tugʻma nuqson va xavfli belgilarni oldini olish, shu jumladan, skrining-tekshiruvlar oʻtkazilishini oʻrganib borish;

ijtimoiy kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika qilish;

onkologik kasalliklarni erta aniqlash uchun ayollarni skrining-tekshiruvlardan oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

har yili

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov),

“Sogʻlom avlod uchun” fondi (S. Inamova)

43.

Sogʻlom oila qurish, sogʻlom farzandni dunyoga keltirish, sogʻlom turmush tarzini yuritish (toʻgʻri ovqatlanish, gigiyena, tibbiy madaniyat, sport bilan shugʻullanish va boshqalar) asoslarini xotin-qizlar orasida manzilli targʻib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

har yili

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), Kasb-hunar taʼlimi markazi (M. Xolmuxamedov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi

(Q. Kuranbayev), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Sogʻlom avlod uchun” fondi (S. Inamova)

44.

Xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga jalb qilish maqsadida:

barcha turdagi sport majmualarining sport-sogʻlomlashtirish guruhlarida kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlarning imtiyozli shugʻullanishlari uchun shart-sharoit yaratish;

sportning nafis turlari boʻyicha bir necha bosqichli xotin-qizlar spartakiadalarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
mart

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi (R. Qurbonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Xotin-qizlar qoʻmitasi

(T. Narbayeva), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

45.

Ota-onalar uchun oilada nogiron farzandlarini toʻgʻri parvarishlash va tarbiyalash, ularning tegishli koʻnikmalarini patronaj tizimi orqali oshirish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar tayyorlash va tasdiqlash.

Uslubiy koʻrsatmalar

Targʻibot tadbirlari

2018-yil
aprel

muntazam

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi (V. Alimova), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Qoraqalpogʻi�ton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

46.

Oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash maqsadida oilaviy mutolaa uchun “Sogʻlom turmush tarzi va profilaktikasi alifbosi” elektron modulini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yaratish va tarqatish.

Elektron modul

2018-yil

avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi

(S. Tursunbayeva), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov),
Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

VI. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazi tizimi idoralari faoliyati samaradorligini oshirish

47.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shahar)lar xotin-qizlar qoʻmitalariga hamda “Oila” markazi va uning hududiy boʻlinmalariga zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali va tashabbuskor kadrlarni jalb etish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-yil

mart

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

48.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazining xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash, oilalar va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish ishlarida ularning ishtirokini taʼminlash tizimini shakllantirish.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil

aprel

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti

(Gʻ. Abdukarimov), OʻzNNTMA (A. Karimov)

49.

“Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar tajribasi” respublika ayollar forumini tashkil etish.

Chora-tadbirlar
rejasi

har yili

noyabr

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti

(Gʻ. Abdukarimov), OʻzNNTMA (A. Karimov)

50.

Taʼlim muassasalarida “Qizlarjon” toʻgaraklari faoliyatini tashkil etish orqali qizlarni axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish, shuningdek oila va nikoh, reproduktiv salomatlik masalalari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-yil

aprel

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxame�ova), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev)

51.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hududiy boʻlimlari va boshlangʻich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:

zamon talabidan kelib chiqqan holda boshlangʻich tashkilotlar nizomini ishlab chiqish;

xotin-qizlar bilan amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni, yoʻnalishlari, shakli va uslublarini aniq belgilash;

boshlangʻich tashkilotlar raislari uchun oʻquv seminarlar tashkil etish;

“Xotin-qizlar qoʻmitalarining eng namunali boshlangʻich tashkiloti” tanlovini tashkil etish.

Nizom

Uslubiy tavsiyalar

Chora-tadbirlar

rejasi

Chora-tadbirlar

rejasi

2018-yil

aprel

2018-yil

aprel

reja asosida

reja asosida

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

52.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkilotlari raislari va faol aʼzolarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralarini amalga oshirish.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil

may

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(K. Rafikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov)

53.

“Saodat” jurnali va “Oila va jamiyat” gazetasi tahririyatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha choralarni belgilash, ularning elektron shakllarini yaratish va takomillashtirish.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil
iyun

Xotin-qizlar qoʻmitasi
(T. Narbayeva), OʻzMAA (L. Tangriyev)

54.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” markazi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish:

yagona elektron tizimni va elektron hujjat aylanishini joriy etish;

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining veb-sayti platformasida xotin-qizlar muammolarini hal qilish boʻyicha onlayn va interaktiv xizmatlarni koʻrsatishni oʻz ichiga olgan tibbiyot (tib.uz), psixologiya (psy.uz), huquq (yurist.uz), ish oʻrinlari, biznes (biz.ayol.uz) sohalarida xotin-qizlarga maslahatlar berish boʻyicha alohida sub-saytlarni yaratish;

xodimlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishlarini taʼminlash maqsadida ularning malakalarini oshirish;

barcha boʻlimlarni tezkor aloqa kanallari, zamonaviy kompyuterlar va boshqa texnik vositalar bilan taʼminlash.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2018-yil
aprel

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi

(D. Tashmuxamedova), Moliya vazirligi

(A. Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

55.

Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish maqsadida:

ularning yoritilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;

xalqaro konferensiyalar, “davra suhbat”lari va boshqa ilmiy-amaliy tadbirlarni oʻtkazish;

milliy maʼruzalarni tayyorlash va chop etish.

Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni loyihasi

2018-2021-yillar davomida

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oliy majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) (U.Muxammadiyev), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

(A. Saidov), OʻzA (A. Koʻchimov), OʻzEOAVMA (F. Abduholiqov), “Jahon” AA ‎(A. Gʻulomov)

56.

Ommaviy axborot vositalari orqali xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi oʻrtasida keng yoritishga qaratilgan axborot-targʻibot ishlarini olib borish maqsadida markaziy gazeta va jurnallarda, Internet tarmogʻida, radio va televideniyeda quyidagi mavzularda muntazam materiallar chop etib borish:

ayolning oila va jamiyatdagi oʻrni;

xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;

xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi;

sogʻlom ona — sogʻlom kelajak;

oilaviy munosabatlar, anʼanalar va urf-odatlar;

oilada farzand tarbiyasi;

erta nikoh va uning salbiy oqibatlari;

xotin-qizlar tadbirkorligi va boshqalar.

Reja-jadval

2018-yil
fevral

OʻzMAA (L. Tangriyev), OʻzA (A. Koʻchimov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), MTRK (A. Xadjayev), OʻzEOAVMA

(F. Abduholiqov), Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2018-y., 06/18/5325/0653-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son, 23.11.2019-y., 06/19/5880/4044-son; 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son)