Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2338-2]
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlarining yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2012-yil 13-fevraldagi 7, 5 va 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2338, 2012-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 11-son, 121-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-dekabr,
28-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-dekabr,
75-son
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-dekabr,
622-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2017-yil 31-dekabrdagi 28, 75, 622-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar YPX xodimlari bilan aloqaga kirishgan hollarda oʻz maqomidan qatʼiy nazar, akkreditatsiya kartochkasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi hamda transport vositasining diplomatik vakolatxonaga tegishliligini koʻrsatuvchi boshqa hujjatlarni YPX xodimlariga taqdim etishga majbur.”;
ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 7-bandda:
ikkinchi xatboshidan “Dipxorijxizmatdan diplomatik vakolatxonaning maʼmuriy javobgarlikka tortishga roziligi toʻgʻrisida xabarnomani olganidan keyin” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jarima Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda toʻlanadi.”.
3. 8-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bir yil davomida yoʻl harakati qoidalari uch marotabadan koʻp buzilganda, huquqbuzarga biriktirilgan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari Dipxorijxizmat tomonidan TIV tegishli boʻlinmasi bilan kelishilgan holda olti oygacha boʻlgan muddatga olib qoʻyilishi mumkin yoki tegishli diplomatik vakolatxona boshligʻi TIVga tushuntirish ishlari uchun chaqirtiriladi.”;
beshinchi xatboshidagi “har chorakda” degan soʻzlar “davriy ravishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“TIV, zarur boʻlganda, Diplomatik maʼlumotnomada va boshqa manbalarda yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni muntazam ravishda toʻlamaydigan daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslarning “qora roʻyxat”ini eʼlon qiladi.”;
quyidagi tahrirdagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Yoʻl harakati qoidalarini buzish holati maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnik vositalari yordamida aniqlangan holda transport vositasining egasi maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Diplomatik vakolatxonaga tegishli transport vositasidan foydalangan holda sodir etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzish holati maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnik vositalari yordamida aniqlangan hollarda diplomatik vakolatxonaga tegishli transport vositasining ekspluatatsiyasi uchun mutasaddi shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Transport vositasining mulkdori maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan oʻziga tegishli transport vositasidan foydalangan holda yoʻl harakati qoidalarining buzilishi uchun javobgarlikdan ozod etiladi, basharti:
maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan keltirilgan shikoyatni koʻrib chiqish davomida huquqbuzarlik qayd etilgan paytda tegishli transport vositasiga egalik qilgan shaxs aniqlansa;
mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida uning egaligidan chiqib ketgan boʻlsa.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 10/18/2338-2/0625-son)