Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ–446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-fevraldagi PF–4966-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti ishini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 7-apreldagi PQ–2872-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-apreldagi PQ–2903-son qarorlari ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-yanvar,
34-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-martdagi 153-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi roʻyxatga oluvchi organ sifatida yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan oʻzlarining taʼsis shartnomalari va ustavlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi buzilgan taqdirda, shuningdek, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga rioya qilinmaganda (korxonalarning xoʻjalik faoliyatiga aralashish va boshqalar) roʻyxatga oluvchi organ birlashmadan iqtisodiy sud orqali eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida jarima undirib olishga haqlidir.
Jarima budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Bunday daʼvolar bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
Agar yuridik shaxslar birlashmalari ulardan jarima undirib olingandan keyin amaldagi qonun hujjatlarini buzishni davom ettirsa hamda taʼsis hujjatlarida belgilangan vakolatlardan chetga chiqsa, roʻyxatga oluvchi organ ularni tugatish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqlidir”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 534-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika valyuta jamgʻarmasi hisobidan chet el valyutasida kreditlar berish va ularni toʻlash tartibining 6.2-bandidagi “xoʻjalik sudida” soʻzlari “iqtisodiy sudda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 398-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-yil, 10-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Xoldinglar toʻgʻrisidagi nizomning III boʻlimi 1-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “xoʻjalik sudi” soʻzlari “iqtisodiy sud” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorida:
a) 16-ilovada:
ilovaning nomidan “Oliy xoʻjalik sudi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Lavozim nomi” ustunidagi “Oliy sud Prezidiumi kotibiyati boshligʻi” soʻzlari “Oliy sud Plenumi va Rayosati kotibiyati boshligʻi, Malaka hayʼati kotibiyati boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 17-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va maʼmuriy sudlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYADLAR
RAZRYADLAR
|
Lavozim nomi |
Viloyatlar guruhlari boʻyicha razryadlar |
||||
|
guruhdan tashqari |
1-guruh |
2-guruh |
3-guruh |
||
|
razryad |
razryad |
razryad |
razryad |
||
|
Rais |
20 |
19 |
18 |
17 |
|
|
Rais oʻrinbosari |
18 |
17 |
16 |
16 |
|
|
Sudya |
17 |
16 |
15 |
15 |
|
|
Katta konsultant, boʻlim boshligʻi, sudya katta yordamchisi |
12 |
12 |
11 |
10 |
|
|
Rais yordamchisi |
10 |
10 |
9 |
9 |
|
|
Konsultant |
9 |
9 |
9 |
9 |
”; |
v) 17a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hududiy harbiy sudlar, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha shahar sudlari, viloyatlar markazi boʻlgan shaharlar (shahar, tumanlararo) iqtisodiy va maʼmuriy sudlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYADLAR
RAZRYADLAR
|
Lavozim nomi |
Shaharlar guruhlari boʻyicha razryadlar |
||
|
1-guruh |
2-guruh |
||
|
razryad |
razryad |
||
|
Rais |
17 |
16 |
|
|
Sudya |
15 |
14 |
|
|
Sudya katta yordamchisi |
10 |
10 |
|
|
Konsultant, raisning yordamchisi |
9 |
9 |
”; |
g) 18-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari va tuman (shahar) maʼmuriy sudlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYADLAR
RAZRYADLAR
|
Lavozim nomi |
Razryad |
|
|
Rais |
16 |
|
|
Sudya |
14 |
|
|
Konsultant, rais yordamchisi |
9 |
|
|
Sudya yordamchisi |
8 |
”; |
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini xoʻjalik sudiga murojaat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida” 1997-yil 29-apreldagi 218-son qarorida:
a) qarorning nomidagi “xoʻjalik sudiga” soʻzlari “iqtisodiy sudga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning birinchi xatboshidagi “xoʻjalik sudiga” soʻzlari “iqtisodiy sudga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matnida:
a) “Verxovnogo suda, Visshego xozyaystvennogo suda Respubliki Uzbekistan” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Verxovnogo suda Respubliki Uzbekistan
Predsedatel
Perviy zamestitel Predsedatelya
Zamestitel Predsedatelya
Sudya
Nachalnik upravleniya, otdela i ix zamestiteli
Nachalnik sekretariata Plenuma i Prezidiuma Verxovnogo suda
Nachalnik sekretariata kvalifikatsionnoy kollegii
Pomoshnik Predsedatelya
Glavniy konsultant
Starshiy konsultant”;
b) “Verxovnogo suda i Visshego xozyaystvennogo suda Respubliki Karakalpakstan, oblastnix i g. Tashkenta sudov” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Voyenniy sud Respubliki Uzbekistan, sudov Respubliki Karakalpakstan po grajdanskim i ugolovnim delam, oblastnix i Tashkentskix gorodskix sudov po grajdanskim i ugolovnim delam, ekonomicheskix i administrativnix sudov Respubliki Karakalpakstan, oblastey i goroda Tashkenta
Predsedatel
Zamestitel predsedatelya
Sudya
Nachalnik pervogo otdela, nachalnik priyemnoy, zaveduyushiy kanselyariyey, starshiy konsultant, starshiy pomoshnik sudi, pomoshnik sudi, sekretar kvalifikatsionnoy kollegii, zaveduyushiy arxivom
Pomoshnik predsedatelya
Konsultant”;
v) “Rayonnix i gorodskix sudov” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mejrayonnix, rayonnix (gorodskix) sudov po grajdanskim delam, rayonnix (gorodskix) sudov po ugolovnim delam, mejrayonnix, rayonnix (gorodskix) ekonomicheskix sudov i rayonnix (gorodskix) administrativnix sudov
Predsedatel
Sudya
Zaveduyushiy kanselyariyey
Konsultant
Pomoshnik predsedatelya suda
Pomoshnik sudi
Zaveduyushiy arxivom”.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlar paydo boʻlganligi uchun vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 19-iyuldagi 347-son qarorining 6-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “xoʻjalik sudida” soʻzlari “iqtisodiy sudda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-yil, 7-son, 42-modda) 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “xoʻjalik sudiga” soʻzlari “iqtisodiy sudga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-yil, 6-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filialining paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandida:
a) oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “xoʻjalik nizolarini” soʻzlari “iqtisodiy nizolarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“iqtisodiy nizolar va daʼvo talabnomalari boʻyicha iqtisodiy sudlarga hujjatlar tayyorlaydi”.
13. Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklarini mablagʻ bilan taʼminlash, moddiy-texnik taʼminlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 10-sentabrdagi 366-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-yil, 9-son, 52-modda) 4-bandidagi “Xoʻjalik sudlariga” soʻzlari “Iqtisodiy sudlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-yil, 11-12-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi uchinchi xatboshidagi “xoʻjalik sudlarida” soʻzlari “iqtisodiy sudlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-yil, 11-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 23-bandidagi “xoʻjalik sudiga” soʻzlari “iqtisodiy sudga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 4-son, 31-modda):
a) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “xoʻjalik sudining” soʻzlari “iqtisodiy sudning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “xoʻjalik sudi” soʻzlari “iqtisodiy sud” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
1-bandning birinchi xatboshidagi “xoʻjalik sudi” soʻzlari “iqtisodiy sud” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Xoʻjalik sudi” soʻzlari “Iqtisodiy sud” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-banddagi “xoʻjalik sudi” soʻzlari “iqtisodiy sud” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-maydagi 199-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandidagi “xoʻjalik sudi” soʻzlari “iqtisodiy sud” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 09/19/765/3739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
22. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 26-maydagi 132-son qarorining 3-bandidagi “xoʻjalik sudlarida” soʻzlari “iqtisodiy sudlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-yil, 5-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning 5-bandi “b” kichik bandi, 6-bandi “v” kichik bandi, 13, 14 va 16-bandlaridagi “xoʻjalik sudi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “iqtisodiy sud” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-yil, 10-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllari ustavining 90-bandi oʻninchi xatboshi, 155-bandi ikkinchi xatboshi va 156-bandi birinchi xatboshining rus tilidagi matnidagi “xozyaystvenniy sud” soʻzlari tegishli kelishikdagi “ekonomicheskiy sud” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-yil, 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 35-bandidagi “xoʻjalik sudiga” soʻzlari “iqtisodiy sudga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandi va 28-bandining birinchi xatboshidagi “xoʻjalik sudi” va “xoʻjalik sudiga” soʻzlari tegishli ravishda “iqtisodiy sud” va “iqtisodiy sudga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning ayrim toifalari roʻyxatidan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
28. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26 va 27-bandlaridagi “xoʻjalik sudiga” soʻzlari “iqtisodiy sudga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son)
30. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 10-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Sudyalarga, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xoʻjalik sudlari” soʻzlari “sudyalarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshidan “(umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
31. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi toʻrtinchi xatboshi, 13-bandi, 14-bandi birinchi xatboshi, 21-bandi ikkinchi xatboshi, 22-bandi, 23-bandi birinchi xatboshi, 28-bandidagi va unga 2-ilovadagi “xoʻjalik sudi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “iqtisodiy sud” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarni ijtimoiy muhofaza qilishni va ushbu lavozimga nomzodlarni oʻqitishning tashkiliy asoslarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 2-avgustdagi 216-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 8-son, 51-modda) 1-bandi uchinchi xatboshidan “Oliy xoʻjalik sudi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 8-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalarining 2-bandi toʻqqizinchi xatboshisi, 9, 10, 20, 25-bandlari, 37-bandining “v” kichik bandidagi va 38-bandidagi “xoʻjalik sudi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “iqtisodiy sud” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
34. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22, 23 va 24-bandlaridagi “xoʻjalik sudi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “iqtisodiy sud” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisida nizomning 23-bandidagi “xoʻjalik sudiga” soʻzlari “iqtisodiy sudga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-apreldagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida nizomning 6-bandi toʻrtinchi xatboshi, 13-bandi va unga ilovadagi “xoʻjalik sudlari” soʻzlari “iqtisodiy sudlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/106/0696-son)
38. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatining 6-bandidagi “Oliy xoʻjalik sudi” soʻzlari “Sudyalar oliy kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi reglamentiga ilovaning 29-pozitsiyasi “Tizimga kiritiladigan (yuklanadigan) hujjatlar va maʼlumotlar” ustunidagi “Xoʻjalik sudiga” soʻzlari “Iqtisodiy sudga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy hayʼati va harbiy sudlari toʻgʻrisida” 1992-yil 1-dekabrdagi 563-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-yil, 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatining 19-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 15-avgustdagi 321-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2000-yil, 3-son, 47-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 14.02.2018-y., 09/18/106/0696-son, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son, 13.09.2019-y., 09/19/765/3739-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 06.08.2022-y., 09/22/432/0717-son; 29.09.2022-y., 09/22/542/0860-son; 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 12.12.2024-y., 09/24/814/1019-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)