Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida
1. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumati qarorlarini “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻzining normativ hujjatlari, shuningdek tijorat banklarining ustavlari “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
4. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil № 4, 84-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E.H. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 25-aprel,
217-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y.,5-6-son, 55-modda)