O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish to‘g‘risida
1. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumati qarorlarini “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zining normativ hujjatlari, shuningdek tijorat banklarining ustavlari “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
4. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil № 4, 84-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E.H. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 25-aprel,
217-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y.,5-6-son, 55-modda)