O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida uzoq muddatli uchrashuvlarga xonalar taqdim etganlik uchun tariflarni tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2964]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-avgustdagi PQ-3200-son “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida uzoq muddatli uchrashuvlarga xonalar taqdim etganlik uchun tariflar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
72-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
190-son
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017-yil 29-dekabrdagi 72, 190-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida uzoq muddatli uchrashuvlarga xonalar taqdim etganlik uchun
TARIFLAR
Oldingi tahrirga qarang.
|
1. |
2 kishilik xonaga sutkalik to‘lov uchun |
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 5% |
|
2. |
3 kishilik xonaga sutkalik to‘lov uchun |
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10% |
|
3. |
4 kishilik xonaga sutkalik to‘lov uchun |
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 15% |
Izoh:
1. Mazkur tariflar bo‘yicha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalaridagi (bundan buyon matnda muassasa deb yuritiladi) mahkumlarning yaqin qarindoshlariga uzoq muddatli uchrashuvlar uchun xonalar taqdim etishda sarflangan xarajatlarni qoplash uchun undiriladi.
2. Tarif asosida to‘lovlar:
mahkumlardan;
16 yoshgacha bo‘lgan (shu jumladan 16 yoshga to‘lgan) bolalardan (agar bolalar boshqa katta yoshdagi shaxslar bilan birga kelmagan bo‘lsa);
I-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan;
kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan shaxslardan (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kam ta’minlangan oila to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi asosida) undirilmaydi.
3. Tarif asosida undirilgan to‘lovlar uzoq muddatli uchrashuvlar xonalarini joriy va kapital ta’mirlash, asosiy vositalar va tovar moddiy boyliklarini, xo‘jalik inventarlarini xarid qilish (elektr ta’minoti, isitish issiqlik ta’minoti, issiq va sovuq suv ta’minoti, maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lanadigan to‘lovlardan tashqari) xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
4. Tarif asosida undirilgan to‘lovlar muassasaning rivojlantirish jamg‘armasida jamlanadi va mazkur izohning 3-bandida ko‘rsatilgan xarajatlarga ishlatiladi.
5. Mazkur tariflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida hamda muassasalarda uzoq muddatli uchrashuvlarga kelgan shaxslar uchun qulay va ko‘rinadigan joylarga joylashtiriladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2020-yil 5-maydagi 32qq, 15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2964-1, 25.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2020-y., 10/20/2964-1/0654-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2964/0580-son; 25.05.2020-y., 10/20/2964-1/0654-son)