Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2019 23.08.2000 yildagi 329-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARXITEKTURA VA ShAHARSOZLIK SOHASIDAGI QONUN HUJJATLARIGA RIOYA QILINIShI UChUN RAHBARLAR VA MANSABDOR ShAXSLARNING JAVOBGARLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, arxitektura va shaharsozlik masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini tekshirish davomida shaharlar va aholi yashash joylarini rivojlantirishning bosh rejalari yo‘qligining, obyektlar loyiha-smeta hujjatlari va ruxsat berish hujjatlarisiz qurilishining ko‘plab hollari aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender hujjatlarini tasdiqlangan tartibga soluvchi hujjatlarsiz ekspertizadan o‘tkazish hollari davom etmoqda, pudrat ishlariga tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilmayapti, narx belgilash mexanizmi ustidan zarur darajada nazorat o‘rnatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tugatish, transport magistrallari, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari va ijtimoiy-maishiy infratuzilmani ishga tushirishni hisobga olgan holda shaharlar, tumanlar va posyolkalarni kompleks rivojlantirishdagi buzilishlarni bartaraf etish, joylardagi ijro etuvchi organlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda arxitektura va shaharsozlik masalalari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari va Hukumat qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni bo‘shashtirib yuborganligi uchun Samarqand (E. Ro‘ziyev), Buxoro (S. Xusenov), Namangan (T. Jabborov), Toshkent (U. Mirzaqulov) va Farg‘ona (A. Otaboyev) viloyatlari hokimlariga hayfsan berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimi K. To‘laganovning e’tibori obyektlar tasdiqlagan loyiha-smeta hujjatlari va ruxsat berish hujjatlarisiz qurilishi hollari mavjudligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Samarqand, Buxoro, Namangan, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimlari shaharsozlik talablarini buzgan, hamda obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘ygan joylardagi mansabdor shaxslarning javobgarlik darajasini bir hafta muddatda ko‘rib chiqsinlar, hokimlarning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatiga qat’iy baho bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shaharlar va aholi yashash joylari qurilishining tasdiqlangan bosh rejalariga qat’iy rioya qilinishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsinlar. Ularga qurilishda narx belgilash mexanizmi ustidan doimiy monitoring yuritilishini tashkil etish majburiyati yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi (A.N. Isayev) uy-joy, arxitektura-shaharsozlik qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha hududiy komissiyalar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoni va mazkur masalalar bo‘yicha Hukumat qarorlarining bajarilishini bir oy muddatda batafsil tahlil qilib chiqsin. Bu sohada amaldagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilasin. Qilingan ishlar natijalari to‘g‘risida 2000-yilning 10-oktabrigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (A.R. To‘xtayev) shaharlar va aholi yashash joylari qurilishlarining tasdiqlangan bosh rejalariga rioya qilinishi, qurilish tegishli loyiha-smeta hujjatlari va ruxsat berish hujjatlari albatta mavjud bo‘lgan holda amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipdagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 14-avgustdagi 320-son qarori talablari boshqaruvning tarmoq va hududiy organlari tomonidan qat’iy bajarilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329-son