Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Lom va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini samarali himoya qilish, shuningdek, qimmatbaho xomashyo resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va “Oʻzikkilamchiranglimetal” AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-yanvar,
PF-5300-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lom va rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi PF-2212-sonli Farmonining 2-bandidagi “Toshkent lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi PF-2559-sonli Farmoni:
a) 3-bandidagi “Toshkent lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin:
b) 4-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Jismoniy shaxslarga lom va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash taqiqlansin.
Belgilansinki, “Oʻzikkilamchiranglimetal” AJ va uning tarkibiy tuzilmalari jismoniy shaxslardan rangli metallarning maishiy lomini, shu jumladan, foydalanish uchun moʻljallangan asboblar va uskunalar, shuningdek, Hukumat qarori bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha lom va rangli metallar parchalari va chiqindilarini maxsus qabul punktlari orqali qabul qilinishini amalga oshiradilar”;
v) 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Toshkent lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.”
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 — 2020-yillarda rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 20-maydagi PQ-2533-sonli qarorining 2-bandidagi “Toshkent lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin:
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-sonli qarori:
a) 6-bandi ikkinchi xatboshidagi “Toshkent lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovasi 9-bandidagi “Toshkent LORM zavodi”AJ” soʻzlari “Oʻzikkilamchiranglimetal” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovasi 10-bandidagi “Toshkent LORM zavodi”AJ” soʻzlari “Oʻzikkilamchiranglimetal” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-ilovasi 8-bandidagi “Toshkent LORM zavodi”AJ” soʻzlari “Oʻzikkilamchiranglimetal” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-sonli qarori 1-ilovasining boʻlimi nomlanishidagi, shuningdek, 176, 177, 178, 179 pozitsiyalaridagi “Toshkent lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-sonli qarori 5-ilovasi 18-bandidagi “Toshkent lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi hujjatlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmonining 1-ilovasi 5-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni ilovasining 13-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmonining 1-ilovasi 14-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi PP-419-sonli qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)