10.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2961
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 10.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2961
Кучга кириш санаси
10.01.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzosi boʻlgan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2961]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzosi boʻlgan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-2017-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 27-dekabrdagi 30-2017 va 186-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzosi boʻlgan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (bundan buyon matnda Ittifoq deb yuritiladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzosi boʻlgan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom qoidalari oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishning kunduzgi boʻlimida (ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki taʼlim bundan mustasno) tahsil olayotgan talabalarga qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Ittifoqning oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qoʻllab-quvvatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy qoʻllab-quvvatlash Ittifoq tomonidan talabaning oʻqishi uchun toʻlanadigan yillik toʻlov-kontrakt miqdorining 35 foizini toʻlab berish orqali amalga oshiriladi. Bunda talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan toʻlov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda toʻlash sharti bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori asosida qoʻshimcha toʻlov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga oʻqishga qabul qilingan talabalar ikkinchi bosqichdan boshlab moddiy qoʻllab-quvvatlanish huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism Qoʻmondonligining tavsiyanomasi asosida oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan va Ittifoq tomonidan moddiy yordam koʻrsatilayotgan talabalarga mazkur Nizomda belgilangan moddiy qoʻllab-quvvatlash imtiyozlari tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Moddiy qoʻllab-quvvatlanadigan daʼvogarlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moddiy qoʻllab-quvvatlashga tavsiya etilayotgan talabaning oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi oʻrganilayotgan davrda (birinchi bosqich talabalari uchun oʻquv yilining birinchi semestr natijalarini) 86 foiz va undan yuqori boʻlishi lozim. Bunda talabaning oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi oʻrganilayotgan davrdagi oʻquv fanlari boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yigʻindisini oʻtilgan har bir semestrdagi oʻquv fanlarining umumiy soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ittifoqning oliy taʼlim muassasasidagi Yoshlar Kengashi (bundan buyon matnda Yoshlar Kengashi deb yuritiladi) daʼvogar talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga tavsiya etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda daʼvogar talabalarning quyidagi asosiy koʻrsatkichlarini (birinchi bosqichdagi daʼvogar talabalar uchun oʻquv yilining birinchi semestr natijalarini) inobatga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar talabaning Ittifoq va oliy taʼlim muassasasi faoliyatidagi maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlarida Ittifoqning boshlangʻich tashkiloti, mahalliy va hududiy Kengashlari, Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etiladigan loyiha va tadbirlaridagi faol ishtiroki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar talabaning fan olimpiadalari va sport musobaqalaridagi natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar talabaning tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar talabaning ilmiy va ijodiy faoliyati natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar talabaning oliy taʼlim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etishi (talabaning oliy taʼlim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalariga rioya etmaganligi yuzasidan faqat oliy taʼlim muassasasi rektori buyrugʻi asosida berilgan hayfsan Ittifoqning Yoshlar Kengashi tomonidan daʼvogar talabani moddiy qoʻllab-quvvatlashni rad etish uchun asos sifatida qabul qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar talabalarning asosiy koʻrsatkichlarini baholash mezonlari Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Moddiy qoʻllab-quvvatlanadigan daʼvogar talabalarni saralash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har yili 1-fevral kunidan kechikmagan holda Yoshlar Kengashi oliy taʼlim muassasasida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzosi boʻlgan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻz faoliyatini boshlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har yili 10-fevral kuniga qadar mazkur Nizomning 2-bandida koʻzda tutilgan talabalar Yoshlar Kengashiga Ittifoq tomonidan moddiy qoʻllab-quvvatlash koʻrsatilishini soʻrab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har yili 10-fevraldan 15-fevralga qadar Yoshlar Kengashi daʼvogar talabalarning arizalarini koʻrib chiqadi hamda moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun tavsiya etish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ittifoqning Yoshlar Kengashi talabani moddiy qoʻllab-quvvatlashga tavsiya etish yoki rad etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar talabani moddiy qoʻllab-quvvatlash rad etilgan hollarda, Yoshlar Kengashining tegishli majlisi bayonida uning sabablari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yoshlar Kengashining moddiy qoʻllab-quvvatlashga talabalarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarori joriy oʻquv yili mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yoshlar Kengashining tegishli majlisi bayoni nusxalari uch ish kuni mobaynida oliy taʼlim muassasasiga va Ittifoqning Markaziy Kengashiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ittifoqning Markaziy Kengashiga yuboriladigan majlis bayonnomasining nusxasiga moddiy yordam koʻrsatishga tavsiya etilgan talabalarning roʻyxati ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom asosida taqdim etilgan barcha hujjatlarning toʻgʻriligi va haqiqiyligi uchun oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) hamda Yoshlar Kengashi javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ittifoqning Markaziy Kengashi Yoshlar Kengashlari qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani Yoshlar Kengashining tegishli hujjatlar taqdim qilingandan soʻng, oʻn ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Moddiy qoʻllab-quvvatlash jarayoni Ittifoq Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ittifoq Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi qarorining bir nusxasi uch ish kuni ichida tegishli oliy taʼlim muassasasiga, yana bir nusxasi Yoshlar Kengashiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ittifoq Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi tomonidan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin besh bank kuni mobaynida, lekin yilning 1-martidan kechiktirilmay oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga moddiy yordam koʻrsatish puli oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda daʼvogar talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga tavsiya etish bilan bogʻliq masalani koʻrib chiqish muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Moddiy yordam koʻrsatish pulining qaytarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talabalar safidan chiqarilgan yoki akademik taʼtilga chiqqan talaba Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 28 va 29-bandlariga muvofiq oʻzining toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun toʻlagan mablagʻini qaytarib olish huquqiga ega boʻlgan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazilgan moddiy yordam koʻrsatish puli qayta hisob-kitob qilinishi va Ittifoqning Markaziy Kengashiga qaytarilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oliy taʼlim muassasasi talabalari safidan chiqarilgan talaba Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 27-bandiga muvofiq oʻzining toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun toʻlagan mablagʻini qaytarib olish huquqiga ega boʻlmagan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi toʻlangan moddiy yordam koʻrsatish pulini talabadan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Talaba moddiy qoʻllab-quvvatlanish huquqidan voz kechsa, oliy taʼlim muassasasi talaba uchun toʻlangan mablagʻni Ittifoqning Markaziy Kengashiga oʻn bank kuni ichida qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizomning 19 — 21-bandlarida koʻrsatilgan holatlar yuz bergan taqdirda Yoshlar Kengashi Ittifoqning Markaziy Kengashini oʻn kalendar kuni mobaynida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, Ittifoq tomonidan moddiy qoʻllab-quvvatlangan talabalarning oʻquv jarayonidagi ishtiroki, oʻzlashtirishi, intizomi va Ittifoq faoliyatidagi ishtiroki ustidan nazorat qilish tegishli oliy taʼlim muassasasi hamda Yoshlar Kengashi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q. QURANBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-dekabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2961/0544-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)