Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“FAYZ” XOLDING KOMPANIYASI BOSHQARUV TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika mebel sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Fayz” xolding kompaniyasi tarkibiga 1-ilovaga muvofiq yogʻochni qayta ishlash va mebel sanoati korxonalari, shuningdek ularga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlar kirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar “Fayz” xolding kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
mebel mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlari marketingini oʻtkazish, mebel ishlab chiqarishini rivojlantirishning hamda yuqori sifatli, raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishning oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
kompaniya korxonalarida ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash yuzasidan yagona texnika siyosatini amalga oshirish, zamonaviy, yuqori unumli texnika va texnologiyalarni joriy etish, ushbu maqsadlarda xorijiy investitsiyalarni keng joriy etish, qoʻshma korxonalar tashkil etish;
tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish, xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda faol qatnashish;
mebel sanoati korxonalarining materiallarning asosiy turlari, butlovchi buyumlar va furnituralarga boʻlgan ehtiyojini toʻliq taʼminlash boʻyicha oʻz xom ashyo bazasini yaratish uchun mebel ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilish hisobiga chuqurlashtirish;
kadrlarni, shu jumladan yetakchi chet el firma va kompaniyalarida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
3. “Fayz” xolding kompaniyasining xodimlarning cheklangan umumiy soni 26 kishidan, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 21 kishidan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining “OʻzEllas” qoʻshma korxonasi hamda “Shahrisabzmebelʼ” aksiyadorlik jamiyati korxonalari aksiyalarining davlat paketlarini, ular toʻliq sotilgunga qadar, ishonchli boshqarish shartnomalarini uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. “Fayz” xolding kompaniyasi ikki oy muddatda kompaniyaning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoatni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 405-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi;
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro moliya korporatsiyasining “Fayz” xolding kompaniyasiga investitsiyalari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-oktabrdagi 426-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshi;
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 19-avgust,
403-son
“Fayz” xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar roʻyxati
I. Yogʻochni qayta ishlash va mebel ishlab chiqarish korxonalari
1. “Fayz” xolding kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi (bosh korxona), Toshkent shahri
2. “Fayz-Emirats Ferniche” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi, Toshkent shahri
3. “Fayz-Yavor” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasi, Toshkent shahri
4. “Fayzli hayot” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Fargʻona viloyati, Quva shahri
5. “Fayzli-Buxoro” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Buxoro shahri
6. “Fayzli-Bagʻdod” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Fargʻona viloyati, Bagʻdod shahri
7. “Yakkabogʻ Fayz-mebel” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Qashqadaryo viloyati
8. “Fayzli Xorazm” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Xorazm viloyati, Urganch shahri
9. “Fayz-Impekt Ferniche” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
10. “Fayz Xomag GUS” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
11. “Fayzli SHAX Aziz” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Fargʻona viloyati, Oxunboboyev tumani
12. “Rishtonmebel” aksiyadorlik jamiyati, Fargʻona viloyati, Rishton shahri
13. “Shamshod” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Fargʻona viloyati, Bagʻdod shahri
14. “Fayz Imal Sistem” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahri
II. Yordamchi materiallar ishlab chiqarish, mahsulotlarni sotish va xizmatlar koʻrsatish korxonalari
15. “Fayz-Tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
16. “Fayz Jixaz” masʼuliyati cheklangan shirkat, Qozogʻiston Respublikasi, Almati shahri
17. “Fayzli non” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
18. “Fayz Metlitograf” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
19. “Fayz Mebel Sanoat Savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
20. “Fayzli oila” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
21. “Fayz Bilding” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
22. “Fayz LTV Tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyat, Toshkent shahri
“Fayz” xolding kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 375-modda)