05.09.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Soliq qonunchiligiga rioya etish masalalari boʻyicha hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligi, shuningdek 1996-yil 24-dekabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida foyda va daromadlarga ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashni bartaraf etish toʻgʻrisida Bitim qoidalariga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qonunchiligiga rioya etish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik va oʻzaro yordamning muhimligidan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa oid huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish bilan bogʻliq vazifalarni samarali hal etish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu masalalarda bir-birlariga keng koʻlamda koʻmak koʻrsatish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Atamalar taʼrifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlari uchun qoʻllaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“soliq qonunchiligi” — Tomonlar davlatlari hududida soliqlar va majburiy toʻlovlarning turlarini, ularni undirish tartibini belgilovchi hamda soliq huquq va majburiyatlarining paydo boʻlishi, oʻzgarishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar majmuidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“soliq qonunchiligining buzilishi” — soliq toʻlovchi tomonidan budjet oldidagi majburiyatlarning bajarilmasligida yoxud lozim darajada bajarilmasligida ifodalangan va yuridik javobgarlik belgilangan huquqqa zid harakat yoki harakatsizlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organlar” — Tomonlar davlatlarining vakolatli soliq organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qirgʻiziston tomonidan — Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati huzuridagi Davlat soliq xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar vakolatli organlari qayta tuzilgan yoki ularning rasmiy nomlanishi oʻzgargan holatlarda, ular bu haqda bir-birlariga zudlik bilan yozma ravishda xabar beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov” — soliq qonunchiligiga rioya qilish va ushbu sohadagi huquqbuzarliklar masalalarida koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“soʻrayotgan vakolatli organ” — Tomonlar davlatlarining koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisida soʻrov yuboruvchi vakolatli organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“soʻralayotgan vakolatli organ” — Tomonlar davlatlarining koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovni qabul qiluvchi vakolatli organi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Mazkur Bitimning qoʻllanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlari soliq qonunchiligining lozim darajada bajarilishini taʼminlash maqsadida, oʻzlarining vakolatli organlari orqali bir-birlariga quyidagilarda oʻzaro koʻmak koʻrsatadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish va uni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Tomonlar davlatlarining soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan axborotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov boʻyicha yoki tashabbus koʻrsatish tartibida milliy soliq tizimlari va soliq qonunchiligidagi joriy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari ishini taʼminlovchi kompyuter tizimlarini tajriba almashish yoʻli bilan yaratish va ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilari va soliq organlari bilan ishlashda tajriba almashish orqali ishlarni tashkil etish, shu jumladan soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni oʻqitish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikdagi harakatlarni talab etuvchi boshqa masalalar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovning shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov rasmiy yozma koʻrinishda uning koʻrib chiqilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar ilova qilingan holda yuboriladi. Favqulodda vaziyatda koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov keyinchalik 30 kun muddatda yozma shaklda tasdiqlash sharti bilan ogʻzaki shaklda qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrayotgan vakolatli organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan vakolatli organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilayotgan soʻrovdagi soliq toʻlovchining rekvizitlari: soliq toʻlovchining nomi (familiya, ismi, sharifi), manzili (joylashgan yoki yashash joyi) va identifikatsion raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovning mohiyati va asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning soliq qonunchiligiga asosan aniq majburiyatlar tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlikni tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, soʻrovning ijrosi uchun lozim boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga javob rus tilida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari bir-birlariga Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga va mazkur Bitim qoidalariga muvofiq oʻzlarining vakolatlari doirasida yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrov ijro uchun zudlik bilan qabul qilinadi. Agar soʻralayotgan vakolatli organ soʻrovni ijro etish uchun oydinlik kiritish lozim boʻlsa qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovni ijro etishning imkoni boʻlmaganda soʻralayotgan vakolatli organ soʻrayotgan vakolatli organni zudlik bilan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovning bajarilishi soʻralayotgan vakolatli organ davlatining milliy suverenitetiga yoki xavfsizligiga ziyon yetkazsa yoki ushbu davlatning milliy qonunchiligiga, xalqaro majburiyatlariga va manfaatlariga zid boʻlsa, shuningdek ushbu davlat fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib kelsa koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovning bajarilishi toʻliq yoki qisman rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovning bajarilishini toʻliq yoki qisman rad etish yoki uning bajarilishini kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan holda, soʻralayotgan vakolatli organ 10 ish kuni ichida bu haqda bunday qaror sabablarini koʻrsatgan holda soʻrayotgan vakolatli organni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan vakolatli organ uning davlati hududida koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov bajarilishi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Taqdim etiladigan maʼlumotning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari oʻz tashabbusi yoki koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov boʻyicha quyidagilarga oid maʼlumotlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar, ularning filiallari va vakolatxonalarini roʻyxatga olish, jumladan joylashgan joyi, boʻysunishi, mulkchilik shakli haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar, shuningdek ularning joylashgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ushbu maʼlumotlarni taqdim qilish Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga zid boʻlmasa, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat va tijorat banklarida hisob raqamlarining ochilishi, shuningdek ularda pul mablagʻlarining mavjudligi va aylanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli maʼlumotlarni taqdim qilgan Tomon davlati hududida yuridik va jismoniy shaxslarning barcha turdagi soliq solish obyektlari, shuningdek toʻlangan soliq summalari yoki soliqqa tortish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Hujjat va boshqa materiallarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari bir-birlariga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovga asosan normativ-huquqiy hujjatlarni, yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishga aloqador hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarlik masalalariga aloqador tegishli hujjatlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nusxalar vakolatli shaxsning imzosi va soʻralayotgan vakolatli organning muhri bilan tasdiqlanadi. Tekshiruv uchun tasdiqlangan nusxalar yetarli boʻlmagan hollarda, hujjatlarning asl nusxalari va boshqa materiallar talab qilinishi mumkin. Berilayotgan hujjatlarning asl nusxalari va boshqa materiallar kelishilgan muddatlarda qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, bir Tomon davlatining vakolatli organi oʻz davlatining milliy qonunchiligiga asosan boshqa davlat hududida soliq solish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning lozim boʻlgan hujjatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Maxfiylikka rioya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan soliq toʻlovchilarga taalluqli maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi va tegishli axborotlarni taqdim qilgan Tomon davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq hamda soʻralayotgan vakolatli organning talabiga binoan himoya rejimi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan maʼlumotlar Tomonlar tarafidan faqatgina mazkur Bitimda nazarda tutilgan maqsadlarda, shu jumladan, maʼmuriy yoki sud ishlarida foydalanilishi mumkin. Olingan maʼlumotni faqat axborot taqdim qilgan Tomonning yozma ravishdagi roziligi bilan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki uchinchi tomonga taqdim qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Bitimning ijro etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik va oʻzaro yordamning aniq shakllari va usullari Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tomonidan tayinlangan mansabdor shaxslarning toʻgʻridan toʻgʻri aloqalari orqali aniqlanadi va amalga oshiriladi. Bu maqsadda vakolatli soliq organlari mansabdor shaxslarni belgilaydilar va ular toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilishda hamda amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari zaruriyat boʻlganda mazkur Bitimning qanday bajarilayotganligini baholash yoki unga oʻzgartishlar kiritish maqsadga muvofiqligi masalasida maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday maslahatlashuvlar muddati Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tomonidan qoʻshimcha ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra mazkur Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, ular mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblangan va mazkur Bitimning 10-moddasiga binoan kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Bitimning kuchga kirishi va amal qilishining tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim uning kuchga kirishi uchun lozim boʻlgan ichki davlat protseduralarini Tomonlar bajarganliklari toʻgʻrisidagi diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim 5 (besh) yil muddatga tuziladi. Agar Tomonlardan biri oʻzining mazkur Bitimni bekor qilish niyati toʻgʻrisida tegishli muddat tugashidan kamida olti oy avval yozma shaklda xabardor qilmasa, mazkur Bitimning amal qilish muddati oʻz- oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bishkek shahrida 2017-yil 5-sentabrda ikki asl nusxada oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil yuridik kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)