Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
“2008 va 2009-yillarda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 6-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1818-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2008-yil 28-maydagi 60, 152-1-son “2008 va 2009-yillarda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1818, 2008-yil 29-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 212-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2009-yil 10-iyundagi 63, 196-son “2008-yilda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1818-1, 2009-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 291-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-dekabr,
184-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-dekabr,
28-2017-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/1818-2/0518-son)