Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.2018 29.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1818
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori, 29.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1818
Кучга кириш санаси
08.06.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 va 2009-yillarda OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA FOIZSIZ BUDJET SSUDALARINI AJRATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 29-mayda 1818-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2009-yil 10-iyundagi 63 va 196-sonli (roʻyxat raqami 1818-1, 17.06.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 291-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 26-dekabrdagi 184, 28-2017-sonli “2008 va 2009-yillarda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1818-2, 06.01.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutlarni qoplash uchun oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy koʻmak berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2008 va 2009-yillarda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2009-yil 10-iyundagi 63 va 196-sonli (roʻyxat raqami 1818-1, 17.06.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 291-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152-1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2008-yil 28-maydagi 60, 152-1-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 va 2009-yillarda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2009-yil 10-iyundagi 63 va 196-sonli (roʻyxat raqami 1818-1, 17.06.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 291-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutlarni qoplash uchun 2008 va 2009-yillarda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibini belgilaydi.
(soʻzboshiOʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2009-yil 10-iyundagi 63 va 196-sonli (roʻyxat raqami 1818-1, 17.06.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 291-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Foizsiz budjet ssudalarini (bundan keyingi oʻrinlarda budjet ssudalari deb yuritiladi) ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan faqat ish haqi, yagona ijtimoiy toʻlov va stipendiyalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalariga budjet ssudalari oʻz tizimida boʻlgan tegishli vazirlik va idoraning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan yozma talabnomalariga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Budjet ssudalarining manbai boʻlib respublika budjeti daromadlarining belgilangan rejaga nisbatan orttirib bajarilgan qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Budjet ssudalarini ajratish uchun talabnomalarni taqdim etish va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjet ssudalarini ajratish uchun talabnomalar bilan murojaat qilish uchun asos boʻlib mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni qoplash uchun oliy taʼlim muassasalarining ular tomonidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari mablagʻlarining yetishmasligi yoki mavjud emasligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet ssudasini ajratish uchun talabnoma mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Budjet ssudasi ajratish toʻgʻrisidagi yozma talabnomaga tegishli oliy taʼlim muassasasining rahbari, bosh buxgalteri va moliya-reja boʻlimi boshligʻining imzolari bilan tasdiqlangan budjet ssudasiga boʻlgan ehtiyojning asoslantirilgan hisob-kitoblari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet ssudasiga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitoblari mazkur Nizomning 2-ilovasidagi keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Budjet ssudalarini ajratish toʻgʻrisidagi talabnomalarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjet ssudasini ajratish uchun zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab yetti ish kuni ichida amalga oshiriladi. Murojaatlarni koʻrib chiqishda oliy taʼlim muassasasi boʻyicha tegishli ravishda 2008 va 2009-yillarda kutilayotgan budjetdan tashqari mablagʻlarning kamomadi hisobga olinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2009-yil 10-iyundagi 63 va 196-sonli (roʻyxat raqami 1818-1, 17.06.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 291-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zarurat tugʻilganda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli qaror qabul qilish uchun qoʻshimcha maʼlumot va hisob-kitoblar soʻralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Budjet ssudasi ajratilishi uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq xulosa rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy xulosada ajratilishi taklif etilayotgan budjet ssudasining miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosada budjet ssudasi ajratilmasligining aniq sabablari va asoslari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Budjet ssudasi ajratilishi rad etilganligi haqida oliy taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan salbiy xulosa rasmiylashtirilgandan soʻng rad etilishning aniq sabablari va asoslari koʻrsatilgan yozma xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Budjet ssudasini ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijobiy xulosa mavjudligida Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladigan oliy taʼlim muassasasiga budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Budjet ssudasi ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng mutasaddi moliya vaziri oʻrinbosari va tarkibida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan tegishli vazirlik yoki idoraning rahbari oʻrinbosari hamda oliy taʼlim muassasasining rahbari imzolari bilan tasdiqlanadigan budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Budjet ssudasini qaytarish muddatlari ssuda qaytarilishining 2011-yildan boshlanishini nazarda tutadigan va budjet ssudasi ajratilishi toʻgʻrisidagi shartnomaning ilovasi hisoblanadigan qaytarish jadvaliga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ajratilgan budjet ssudasi summasi oliy taʼlim muassasasi hisobiga tegishli vazirlik va idoralarning budjet ssudasi mablagʻlarini ajratish talablariga muvofiq har oy qismlarga boʻlib oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ajratilgan budjet ssudasi mablagʻlari oliy taʼlim muassasalariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochiladigan talab qilib olinguncha maxsus depozit hisob raqamiga budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Budjet ssudasining qaytarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Budjet ssudasini qaytarish qatʼiy ravishda budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomaning ilovasida keltiriladigan qaytarish jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan budjet ssudalari oʻz vaqtida qaytarilmaganda qarzdorlikni undirish oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Budjet ssudasini qaytarish muddatlari buzilganda har bir kechiktirilgan kun uchun oʻz vaqtida qaytarilmagan budjet ssudasi summasining 0,05 foizi miqdorida jarima solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlarini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Budjet ssudalarini qaytarish muddatini uzaytirish oliy taʼlim muassasasida ssudani qaytarish imkoniyatini inkor etuvchi moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi. Budjet ssudasini qaytarish muddatini uzaytirish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rahbariyati tomonidan koʻrib chiqiladi. Budjet ssudasini qaytarish muddatini uzaytirish haqidagi bildirgi oliy taʼlim muassasasi tomonidan beriladi va mazkur Nizomning II-boʻlimida oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Koʻrsatilgan bildirgi budjet ssudasini qaytarish muddati boshlangunga qadar kamida ikki hafta oldin kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Budjet ssudasini qaytarish muddatini uzaytirish mazkur Nizomda budjet ssudasini ajratish uchun belgilangan tartib va shartlar asosida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Budjet ssudasini qaytarish muddati uzaytirilganda qaytarish muddati uzaytirilgan budjet ssudasidan foydalanish uchun foiz toʻlanishi nazarda tutilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Budjet ssudasi oluvchilarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet ssudasini ajratish uchun kiritiladigan talabnomalarning toʻgʻriligi va asoslantirilganligi, shuningdek ajratilgan budjet ssudasini maqsadli sarflanishi va oʻz vaqtida qaytarilishiga oliy taʼlim muassasalari hamda tarkibida ushbu muassasalar boʻlgan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shaxsiy javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ajratilgan budjet ssudalaridan maqsadsiz foydalanilganlik faktlari aniqlanganda tegishli oliy taʼlim muassasalari, shuningdek tarkibida ushbu muassasalar boʻlgan vazirlik va idoralar rahbarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Maqsadsiz foydalanilgan budjet ssudasi mablagʻi muddatidan oldin undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar va oliy taʼlim muassasalari budjet ssudasini ajratish davrida hamda uning qaytarilishi muddati mobaynida belgilangan tartibda har chorakda kamida bir marotaba ajratilayotgan budjet ssudalari boʻyicha qarzdorlikning solishtirma dalolatnomalarini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan budjet ssudasi mablagʻlarini oʻzlashtirilishini monitoring qilish zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti Bosh boshqarmasiga budjet ssudalari mablagʻlarini ajratish muddatlari va miqdorlarini aniqlashtirish boʻyicha takliflar kiritish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ajratilgan budjet ssudalaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan tekshirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi tomonidan tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 va 2009-yillarda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎KELIShILDI‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎‎
‎Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

‎‎‎TASDIQLAYMAN
‎(yuqori turuvchi vazirlik idora) ‎

‎‎Vazir____________________________________ ‎‎‎‎‎‎Rahbar________________________________

‎‎(F.I.O.)‎‎

‎‎(F.I.O.)‎‎‎

‎‎______________________________

‎‎____________________________

‎‎‎(imzo)‎

‎‎‎‎M.Oʻ

‎‎‎‎M.Oʻ

‎‎‎‎(imzo)

‎‎‎‎20__ yil “___” ___‎______________ ‎‎‎‎‎‎20__ yil “___” ______________‎______


‎‎‎_____________________________________ tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalarining ish ‎‎haqi, yagona ijtimoiy toʻlov va stipendiya xarajatlarini qoplashga budjet ssudalarini ajratish uchun

‎‎‎(vazirlik (idora) nomi)‎ ‎

‎‏
‎‏
‎‏

‎‏Oliy taʼlim muassasasi nomi
‎‏

‎‏Jami mablagʻ taqchilligi:
‎2008-y. 1-yanvardan 30-sentabrgacha;
‎ 2009-y. 1-yanvardan 31-avgustgacha

Shu jumladan‎‎ ‎‎

___________(oy) ‎‎

____________(oy) ‎‎

____________(oy) ‎‎

____________(oy) ‎‎

____________(oy) ‎‎

Jami‎‏

shu jumladan ‎‎

Jami‎‏

shu jumladan ‎‎

Jami‎‏‎‏

shu jumladan‎‎ ‎‎

Jami‎‏

shu jumladan‎‎ ‎‎

Jami‎‏

shu jumladan ‎‎

ish haqi‎‎‎‎‎ ‎

stipendiya‎

ajratma‎

ish haqi‎‎‎‎ ‎

stipendiya‎‎‎‎‎

ajratma‎‎‎‎‎

ish haqi‎‎‎ ‎

stipendiya‎‎‎‎

ajratma‎

ish haqi‎‎ ‎

stipendiya‎‎‎

ajratma‎‎‎

ish haqi‎ ‎

stipendiya‎

ajratma‎

1.‎

2.‎

Vazirlik (idora) boʻyicha hammasi‎ ‎‎

‎‎‎

‎ Vazirlik (idora) bosh hisobchi ______________________________________________________

‎‎F.I.O‎

‎‎‎‎_____________________________

‎‎(imzo)

‎‎‎Vazirlik (idora)ning moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi_______________________________

‎‎‎F.I.O

‎‎_________________________________

(‎‎imzo)


‎‎‎muhr oʻrni
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2009-yil 10-iyundagi 63 va 196-sonli (roʻyxat raqami 1818-1, 17.06.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 291-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 va 2009-yillarda oliy taʼlim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎‎Ish haqi, yagona ijtimoiy toʻlov va stipendiya xarajatlarini qoplash uchun budjet
‎ssudasiga talab boʻyicha ‎ ‎ ‎‎
‎HISOB-KITOB

___________________________________________________________________________‎‎

‎‎(oliy taʼlim muassasasi nomi) ‎‎

‎‎‎‎ming. soʻm

№‎

Koʻrsatkichlar‎‎

‎‎Muassasa tomonidan hisoblangan ‎‎

I‎ ‎

Daromadlar jami‎‎

shu jumladan‎‎
1.1 ‎ Toʻlov-kontrakt mablagʻlarining 20__y. 1-yanvar holatidagi qoldigʻi (hisobot boʻyicha)‎‎
1.2‎ ‎ 20__ yil 1-mart holatiga tushum (20__/20__ oʻquv yili uchun) *‎‎


20__ yil 1-yanvar holatiga kreditor qarzdorli‎‏

Jami xarajatlar‎‏

shu jumladan oylar boʻyicha‎‎ ‎‎

______ sana) holatiga jami qarzdorlik****‎‏

_____oy‎

_____oy‎

_____oy

II‎ .‎ XARAJATLAR, hammasi‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

kassa xarajatlari‎‎

x‎‎

x‎‎

haqiqiy xarajatlar‎‎

x‎‎

x‎‎

shu jumladan:‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

2.1‎ ‎ Ish haqi‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

kassa xarajatlari‎‎

x‎‎

x‎‎

haqiqiy xarajatlar‎‎

x‎‎

x‎‎

2.2‎ Stipendiya ‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

kassa xarajatlari‎‎

x‎‎

x‎‎

haqiqiy xarajatlar‎‎‎

x‎‎

x‎‎

2.3‎ ‎ Yagona ijtimoiy toʻlov‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

kassa xarajatlari‎‎

x‎‎

x‎‎

haqiqiy xarajatlar‎‎

x‎‎

x‎‎

2.4‎ ‎ 4-guruh xarajatlari‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

kassa xarajatlari‎‎

x‎‎

x‎‎

haqiqiy xarajatlar‎‎

x‎‎

x‎‎

__________ (sana) holatiga hisob-raqamdagi mablagʻ qoldigʻi**‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

________ (sana) holatiga mablagʻlarning yetishmovchiligi (–), ortiqchaligi (+)***‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎

x‎‎


‎OTM Rektori‎


‎__________________________‎‎‎

‎‎‎F.I.O‎‎

‎‎__________________________

‎‎(imzo)

‎‎OTM bosh hisobchisi‎‎

‎‎__________________________

‎‎

‎‎‎F.I.O‎

‎‎__________________________ ‎

‎‎(imzo) ‎

OTM moliya-reja boʻlimi boshligʻi ‎

__________________________‎

‎‎‎F.I.O‎ ‎

__________________________ ‎

‎‎(imzo) ‎ ‎

muxr oʻrni‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* daromadlarga talabalar tomonidan 20__/20__ oʻquv yilda oʻqitishning toʻliq qiymatini oʻz vaqtida toʻlamaganlik yuzasidan tushishi kutilayotgan mablagʻlar, shuningdek boshqa tushumlar ham kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** jami daromad (ayiruv) jami kassa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** jami daromad (ayiruv) jami haqiqiy xarajatlar (ayiruv) 20__ yil 1-yanvar holatiga kreditor qarzdorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** kassa (ayiruv) haqiqiy xarajatlar (ayiruv) 20__ yil 1-yanvar holatiga kreditor qarzdorlik.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2009-yil 10-iyundagi 63 va 196-sonli (roʻyxat raqami 1818-1, 17.06.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 291-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 212-modda; 2009-y., 25-son, 291-modda)