Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2008 13.08.2004 yildagi 391-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2008
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYoR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA TUZATIShLAR KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-iyuldagi 149-sonli “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi qatnashchilari boʻlgan korxonalar sonini kengaytirish, shuningdek raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan yangi loyihalarni kiritish tartib-qoidalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompleks dasturini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha maxsus komissiya Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari ishtirokida Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi roʻyxatlari va parametrlariga tuzatishlar kiritish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tushgan takliflarni, zaruriyatga koʻra, biroq yilning har choragida kamida bir marta koʻrib chiqsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 93-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi (keyingi oʻrinlarda matnda Mahalliylashtirish dasturi deb yuritiladi) roʻyxatlari va parametrlariga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibini belgilab beradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 93-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning ayrim parametrlarini oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni chiqarib tashlash yoki shunday maqsaddagi muqobil loyihalar bilan almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika korxonalarida ishlab chiqarish-texnika va isteʼmol maqsadlaridagi materiallar va buyumlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha yangi loyihalarni kiritish boʻyicha asoslangan takliflar asosida amalga oshirilishi mumkin;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 93-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga (keyingi oʻrinlarda matnda Departament deb yuritiladi) kiritadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Departament loyihaning maqsadlaridan, uni moliyalashtirish manbalaridan va taklif etilayotgan tuzatishning mohiyatidan kelib chiqib tushgan materiallarni quyidagi tegishli vakolatli ekspertiza organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning Mahalliylashtirish dasturi maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish imkoniyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan mahsulotning talab etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirishning taklif etilayotgan darajasiga erishish imkoniyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning ayrim parametrlarini chiqarib tashlash yoki oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (loyiha moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilgan hollarda) — iqtisodiy samaradorlikni kelishish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga:
(“v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan marketing konsepsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirilayotgan mahsulotni sotish, shu jumladan uni eksport qilish istiqbollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiya darajasi va eksport qilinadigan texnologik asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar hamda xizmatlar narxlarining cheklangan parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning ayrim parametrlarini chiqarib tashlash yoki oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi asosida loyihani amalga oshirishning samaradorligi va imkoniyatlarini baholash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) vakolatli bankka (loyiha moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilgan yoki tijorat banklarining kreditlari jalb etilgan hollarda) — loyihaning iqtisodiy asoslanganligini, moliyalashtirishning taklif etilayotgan sxemasi maqbulligini, tavakkalchiliklarni baholash va kreditning qaytarilishini aniqlash uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Takliflarning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vakolatli organlar tomonidan baholanishi ariza beruvchi (loyiha tashabbuskori) tomonidan quyidagi hujjatlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Mahalliylashtirish dasturiga kiritish taklif etilayotgan loyihalar uchun — Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompleks dasturini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda matnda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha tuzilgan loyihaning pasporti;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 93-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning ayrim parametrlariga tuzatish kiritish uchun — ayrim parametrlarga tuzatish kiritish zarurligini asoslaydigan qaydnoma, tahliliy va jadval materiallari bilan birgalikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Mahalliylashtirish dasturidan chiqarib tashlash taklif etilayotgan loyihalar uchun — loyihani Mahalliylashtirish dasturidan chiqarish zarurligi asoslangan qaydnoma, tahliliy va jadval materiallari va, mavjud boʻlgan taqdirda, uni muqobil loyiha bilan almashtirish imkoniyati toʻgʻrisidagi takliflar bilan birgalikda rasman kiritilgandan keyin ikki hafta muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Koʻrsatib oʻtilgan muddat mobaynida vakolatli ekspertiza organlari loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadilar va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq loyihalarning hujjatlarida noaniqliklar aniqlangan taqdirda, ularni puxta ishlashda ariza beruvchiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyiha tashabbuskorlaridan loyiha pasportida nazarda tutilmagan qoʻshimcha axborot taqdim etilishini talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Departament tushgan takliflarni vakolatli organlarning ijobiy xulosalari bilan birgalikda umumlashtiradi va ularni koʻrib chiqish uchun Maxsus komissiyaga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoki undan ortiq vakolatli ekspertiza organlarining xulosasi salbiy boʻlgan taqdirda, Departament koʻrib chiqish uchun Maxsus komissiyaga tegishli xulosa kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maxsus komissiya Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari ishtirokida oʻzining, zaruriyatga koʻra, biroq yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladigan majlislarida tushgan takliflarni koʻrib chiqadi hamda Mahalliylashtirish dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida majlis qarori qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus komissiyaning majlis qarori asosida Departament tomonidan Mahalliylashtirish dasturi roʻyxatiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Mahalliylashtirish dasturi roʻyxatiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarori Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga tuzatishlar kiritish Maxsus komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan Maxsus komissiya protokoli asosida amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-dekabrdagi 620-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 524-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Loyiha Mahalliylashtirish dasturidan chiqarib tashlangan taqdirda, loyihani amalga oshiruvchi korxona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining loyihani Mahalliylashtirish dasturidan chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi qarori kuchga kirgan paytdan boshlab tegishli soliq va bojxona imtiyozlaridan mahrum etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 93-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 193-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 368-modda; 52-son, 524-modda; 2005-y., 32-33-son, 248-modda; 34-36-son, 264-modda; 2007-y., 19-20-son, 193-modda)