O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-avgust,
384-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 6-bandida:
a) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) ishlab turgan elektron birja savdo tizimi mavjudligi”,
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan beriladigan birja savdosining professional qatnashchisi shahodatnomasiga ega bo‘lgan birja a’zolarining birja savdolariga qo‘yilishi (fond birjalaridan va boshqa birjalarning fond bo‘limlaridan tashqari);
investitsiya institutlari sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan birja a’zolarining fond birjasida (boshqa birjalarning fond bo‘limlarida) birja savdolariga qo‘yilishi”;
v) “j” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“j) birja savdolarida faqat oldindan e’lon qilinadigan, iste’molchilar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar keng tanishishi mumkin bo‘lgan birja byulleteniga kiritilgan tovarlarni sotish, ayni paytda oldindan e’lon qilinadigan birja byulleteniga kiritilmagan tovarlarni sotish taqiqlanadi”;
g) quyidagi mazmundagi “m” — “r” kichik bandlar qo‘shilsin:
“m) birja savdolarini faqat O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha birja a’zolari bir paytda va teng kirishini ta’minlovchi elektron tizimda o‘tkazish;
n) birja savdolarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda tuziladigan hamda tovar nomi, o‘lchov birligi, lotlar soni, operatsiya turi, tovarning savdoga qo‘yilgan narxi va bitishuv ro‘yxatdan o‘tkazilgan narx, Incoterms qoidalariga muvofiq tovarni yetkazib berishning bazis shartlari, bitishuv tomonlari, bitishuv amalga oshirilgan aniq vaqt ko‘rsatilgan, elektron protokollar tarzida kiritilgan bitishuvlar to‘g‘risidagi axborotni uch yil mobaynida saqlash;
o) birja byulletenlariga faqat bir xil standartga, bir turdagi xossalarga ega bo‘lgan, ulgurji turkumlar bilan sotiladigan hamda oldindan ko‘zdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish;
p) birjada kamida 100 ta sotilgan (tekin berilgan) brokerlik o‘rni mavjud bo‘lishi;
r) tovar-xomashyo birjalari rahbarlariga qo‘yiladigan malaka talablariga rioya etish”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 32-son, 364-modda; 2010-y., 42-43-son, 364-modda)