28.12.2017 yildagi F-5155-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida bayon qilingan gʻoya va koʻrsatmalarni hayotga joriy etishning har tomonlama puxta oʻylangan, asoslantirilgan tashkiliy-huquqiy hamda moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini (keyingi oʻrinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar zimmasiga Harakatlar strategiyasini 2018 — 2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda yigʻma ishchi guruh tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻma ishchi guruh (O. Murodov) Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirilishini, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va xatolarni, jamoatchilik, milliy hamda xalqaro ekspertlar fikrlarini oʻrganish natijalarini, shuningdek oʻtkazilgan konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari yakunlarini tanqidiy tahlildan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 5-yanvarigacha boʻlgan muddatda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat dasturi loyihasini tayyorlashda quyidagi muhim, ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga alohida eʼtibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu gʻoyani hayotga soʻzsiz joriy etishga qaratilgan siyosatning mantiqiy davomi boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida “qonunning birdan-bir manbai va muallifi tom maʼnoda xalq boʻlishi shart”, “mamlakat hayotiga taalluqli eng muhim qarorlar xalq bilan bevosita muloqot asosida, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilinadi” degan tamoyillarni roʻyobga chiqarish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni aks ettirish zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilanayotgan tadbirlar xalq bilan bevosita muloqot natijalariga asoslanishi, shuningdek aholining keng qatlamini bezovta qilayotgan dolzarb muammolarning yechimini, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalaridagi vaziyatni tubdan yaxshilash boʻyicha amaliy qadamlarni koʻzda tutishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng koʻlamli islohotlar va oʻzgarishlar, birinchi navbatda, aholi farovonligini uzoq kelajakda emas, aynan bugun yaxshilashga yoʻnaltirilgan boʻlishi hamda ularning kundalik hayotida aks etishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi sharoitlarda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish va keng rivojlantirish fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishni taʼminlovchi ustuvor yoʻnalish boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsib borayotgan global raqobat sharoitida barqaror iqtisodiy ravnaqqa erishish innovatsion rivojlanish modeliga oʻtish, innovatsiyalar, yangi texnologiyalarni hayotga faol joriy etish, shuningdek progressiv, zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor fuqarolar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash orqali taʼminlanishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilayotgan tadbirlar aniq natijaga yoʻnaltirilgan, ravshan maqsad va amalga oshirish mexanizmiga ega boʻlishi, shuningdek boshqa dasturlar doirasida bajarilayotgan chora-tadbirlar bilan oʻzaro bogʻliq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yigʻma ishchi guruh (O. Murodov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 5-yanvaridan 18-yanvarigacha boʻlgan davrda Davlat dasturi loyihasini keng jamoatchilik muhokamasini, shu jumladan Internet tarmogʻiga joylashtirish orqali tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 20-yanvarigacha boʻlgan muddatda jamoatchilik muhokamasi natijalari va kelib tushgan takliflarni tahlil qilgan holda qayta ishlangan Davlat dasturi loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-5155-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi F-5155-son farmoyishiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha yigʻma ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Murodov O.B.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, guruh rahbari

2.

Mavlonov B.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari, guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Xidoyatov G.B.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari

4.

Muxamedov F.E.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori

5.

Toychiyev N.D.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosari

6.

Joʻrayev N.S.

—

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

Kanyazov E.S.

—

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universitetining rektori

8.

lavozimi boʻyicha

—

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari

9.

Xanayev U.U.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh inspektori

10.

Achilov J.A.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh inspektori

11.

Xakimov R.R.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

12.

Burxanov A.E.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi ijrochi direktori

13.

Rustambekov N.M.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi

14.

Sotiboldiyev J.K.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2017-y., 08/17/5155/0472-son)