25.12.2017 yildagi 1018-son
Hujjat 16.01.2024 sanasi holatiga
Joriy versiya
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-maydagi PQ-2993-son qaroriga muvofiq milliy madaniy markazlar, doʻstlik jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2017-yil 25-dekabr,
2017-yil 25-dekabr,
1018-son
1018-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1018-son qaroriga
1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1018-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi
NIZOM
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) huzuridagi Jamoatchilik kengashining (keyingi oʻrinlarda Jamoatchilik kengashi deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini mustaqil amalga oshiruvchi maslahat organi hisoblanadi.
Jamoatchilik kengashi Qoʻmita huzurida tuziladi hamda uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining butun hududiga nisbatan tatbiq etiladi.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) huzuridagi Jamoatchilik kengashining (keyingi oʻrinlarda Jamoatchilik kengashi deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Jamoatchilik kengashi maslahat-kengash organi hisoblanib, Qoʻmitaga yuklangan vazifa va majburiyatlarning bajarilishiga koʻmaklashadi.
3. Jamoatchilik kengashining reglamenti Jamoatchilik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
3. Jamoatchilik kengashining reglamenti Jamoatchilik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
2-bob. Jamoatchilik kengashining asosiy maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari
2-bob. Jamoatchilik kengashining asosiy maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari
4. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qoʻmitaning nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor faoliyatining eng muhim masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrining tizimli monitoringi olib borilishini va har tomonlama tahlil qilinishini amalga oshirish;
Qoʻmita faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ularning Qoʻmita xodimlari oʻrtasida muhokamasini tashkil qilishda ishtirok etish;
Qoʻmita faoliyati samaradorligini takomillashtirish yuzasidan mazkur organda sogʻlom maʼnaviy-ruhiy holatni, qonuniylik, yuqori huquqiy madaniyat va axloqiylikni taʼminlash borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Qoʻmita faoliyati boʻyicha tushuntirish va maʼrifiy ishlarni olib borishni tizimli ishlab chiqish va amalga oshirish;
Qoʻmita faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar monitoringini olib borish.
5. Jamoatchilik kengashi oʻzining asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Qoʻmita faoliyatiga oid tashabbus va murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi, ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Qoʻmitaga tegishli takliflar tayyorlaydi;
Qoʻmita bilan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining samarali shakl va usullarda oʻzaro hamkorligi tahlilini amalga oshiradi, shuningdek, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Qoʻmita faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek ichki idoraviy hujjatlarni takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi hamda ushbu takliflarni xodimlar oʻrtasida muhokama qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil qilishda ishtirok etadi;
Qoʻmitada qonuniylik, yuqori huquqiy madaniyat va axloqiylikni taʼminlash, xodimlarda Vatanga sadoqat va qonunlarga hurmat ruhini kuchaytirish, ularni ijtimoiy, siyosiy, psixologik va maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yuksaltirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu sohada maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi, shuningdek, bu boradagi ilmiy-maʼrifiy va oʻquv adabiyotlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Qoʻmita faoliyatini isloh qilish boʻyicha mamlakat hududida va xorijda amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda maʼlumot beradi hamda mavjud muammolarni hal qilish, kamchiliklarni bartaraf qilish haqida takliflar ishlab chiqadi;
Qoʻmita faoliyatini isloh qilishga bagʻishlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, “davra suhbatlari”ni tashkil qilishda ishtirok etadi;
Qoʻmita faoliyatini rasmiy veb-saytlarda hamda ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini tahlil qiladi, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
oʻz vazifalarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
4. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston xalqining birdamligini taʼminlash, xorijdagi vatandoshlarni tarixiy Vatani bilan birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini kompleks tahlil qilishda ishtirok etish, ularning amalga oshirilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
mamlakatimizda umummilliy totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, Oʻzbekistonning xalqaro imijini oshirishda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar tayyorlash va Qoʻmitaga kiritish;
aholida Oʻzbekiston xalqining umummilliy qadriyatlari ustuvorligini anglash tuygʻusini kuchaytirishda davlat va jamoat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
jamiyatda umummilliy birdamlik, xorijiy davlatlar hududlari bilan doʻstlik va birodarlik aloqalarini rivojlantirishga oid targʻibot ishlarini tizimli amalga oshirish.
5. Jamoatchilik kengashi oʻzining asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlashga oid tashabbus va murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi, ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
mamlakatimizda umummilliy totuvlik, birdamlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
jamiyatda doʻstlik, oʻzaro ishonch va tushunish muhitini asrab-avaylash hamda mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda Qoʻmitaga koʻmaklashadi;
umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha mamlakatda amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishiga koʻmaklashadi hamda mavjud muammolar, kamchiliklarni bartaraf qilish haqida takliflar ishlab chiqadi;
aholi orasida umummilliy totuvlik, doʻstlik va birdamlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda, uni davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirishda ishtirok etadi;
umummilliy birdamlik va hamjihatlik masalalarida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil qilishda ishtirok etadi;
umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan xorijiy mamlakatlarning turdosh tashkilotlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari oʻrtasidagi koʻp tomonlama aloqalar va almashinuvlar rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashda Qoʻmitaga koʻmaklashadi;
yurtimiz va xorijiy mamlakatlar hududlari oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonch va birodarlik aloqalarini oʻrnatish hamda rivojlantirishda manfaatdor tashkilotlar bilan chora-tadbirlar amalga oshirilishida ishtirok etadi;
mamlakatimizda tugʻilgan buyuk olim va mutafakkirlarning barhayot merosini, ularning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasini keng namoyon etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
oʻzbek xalqining xorijiy davlatlar hududlarida joylashgan va saqlanayotgan moddiy-madaniy merosi obyektlarini asrab-avaylashda davlat va nodavlat tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini olib boradi;
xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi hamda dasturlar amalga oshirilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadi;
mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlar bilan xalq diplomatiyasi asosida doʻstona munosabatlarni oʻrnatish va rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilishida Qoʻmitaga koʻmaklashadi;
jahon hamjamiyatida mamlakatimizning boy tarixi hamda bugungi taraqqiyot bosqichidagi yutuqlarga bagʻishlangan koʻrgazmalar, ilmiy-amaliy seminarlar, anjumanlar va madaniy tadbirlarni tashkil etishda Qoʻmitaga koʻmaklashadi;
Oʻzbekistonning xalqaro imijini oshirishda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar tayyorlaydi;
xorijiy davlatlar hududlari bilan doʻstlik va birodarlik aloqalarini rivojlantirishga oid targʻibot ishlarini tizimli tashkil etadi, takliflar tayyorlaydi, davlat va jamoat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi, targʻibot ishlari yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradi;
Jamoatchilik kengashi faoliyatini rasmiy veb-saytlarda hamda ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini tahlil qiladi, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar tayyorlaydi;
oʻz vazifalarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi;
sohaga oid mavjud muammolarning taʼsirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini qonunchilikka muvofiq shakllantirishda Qoʻmitaga koʻmaklashadi.
6. Jamoatchilik kengashi oʻzining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
6. Jamoatchilik kengashi oʻzining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatlari doirasida Qoʻmitadan kerakli hujjatlarni, statistik va tahliliy maʼlumotlarni soʻrab olish va qabul qilish;
oʻz vakolatlari doirasida Qoʻmitadan kerakli hujjatlarni, statistik va tahliliy maʼlumotlarni soʻrab olish va qabul qilish;
Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun Jamoatchilik kengashi aʼzolaridan iborat jamoatchilik komissiyalarini tashkil etish;
Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun Jamoatchilik kengashi aʼzolaridan iborat jamoatchilik komissiyalarini tashkil etish;
Qoʻmita rahbari bilan kelishgan holda Qoʻmitada oʻtkaziladigan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
Qoʻmita rahbari bilan kelishgan holda Qoʻmitada oʻtkaziladigan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
xodimlar (xizmatdan boʻshatilgan xodimlar) hamda ular oila aʼzolarining konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini tahliliy oʻrganish;
xodimlar (xizmatdan boʻshatilgan xodimlar) hamda ular oila aʼzolarining konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini tahliliy oʻrganish;
Qoʻmitaga Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
Qoʻmitaga Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
Qoʻmita va Jamoatchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarga davlat, jamoat, madaniyat va sanʼat arboblari, olimlar, mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb qilish, shuningdek, ular bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil qilish;

Jamoatchilik kengashining faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
Jamoatchilik kengashining faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
7. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini amalga oshirishda quyidagi majburiyatlarga ega:
7. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini amalga oshirishda quyidagi majburiyatlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qilish;

foydalanish doirasi cheklangan toifadagi hujjatlar bilan ishlash qoidalariga qatʼiy rioya qilish.
foydalanish doirasi cheklangan toifadagi hujjatlar bilan ishlash qoidalariga qatʼiy rioya qilish.
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
3-bob. Jamoatchilik kengashining tarkibi
3-bob. Jamoatchilik kengashining tarkibi
8. Jamoatchilik kengashining tarkibiga uning raisi, rais oʻrinbosari, kotib va aʼzolar kiradi. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi.
8. Jamoatchilik kengashining tarkibiga uning raisi, rais oʻrinbosari, kotib va aʼzolar kiradi. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi.
9. Qoʻmita raisi yoki uni vazifasini bajaruvchi shaxs Jamoatchilik kengashining raisi hisoblanadi.
Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki uning vazifasini bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Qoʻmita xodimlari, faxriylari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakillari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari Jamoatchilik kengashining tarkibiga kiritilishi mumkin.
9. Jamoatchilik kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki uning vazifasini bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Qoʻmita xodimlari, faxriylari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakillari, doʻstlik jamiyatlari va milliy madaniy markazlar vakillari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Jamoatchilik kengashining tarkibiga kiritilishi mumkin.
10. Jamoatchilik kengashi raisi Jamoatchilik kengashi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
10. Jamoatchilik kengashi raisi Jamoatchilik kengashi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Jamoatchilik kengashi majlisini chaqirish va kun tartibini belgilash;
Jamoatchilik kengashi majlisini chaqirish va kun tartibini belgilash;
Jamoatchilik kengashi majlisiga raislik qilish;
Jamoatchilik kengashi majlisiga raislik qilish;
Jamoatchilik kengashining ish rejasi, Jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasi va Jamoatchilik kengashining ish yurituviga oid boshqa hujjatlarini tasdiqlash;
Jamoatchilik kengashining ish rejasi, Jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasi va Jamoatchilik kengashining ish yurituviga oid boshqa hujjatlarini tasdiqlash;
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining ularga qoʻyilgan topshiriqlarni bajarish ishini va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining ularga qoʻyilgan topshiriqlarni bajarish ishini va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasiga Jamoatchilik kengashiga kiruvchi shaxslarni uning tarkibidan chiqarish boʻyicha takliflarni kiritish.
Vazirlar Mahkamasiga Jamoatchilik kengashiga kiruvchi shaxslarni uning tarkibidan chiqarish boʻyicha takliflarni kiritish.
11. Jamoatchilik kengashi raisi yoʻqligida uning vakolat va vazifalarini jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari amalga oshiradi.
11. Jamoatchilik kengashi raisi yoʻqligida uning vakolat va vazifalarini jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari amalga oshiradi.
12. Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari:
12. Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari:
Jamoatchilik kengashi raisi boʻlmaganda jamoatchilik kengashi majlislariga raislik qiladi;
Jamoatchilik kengashi raisi boʻlmaganda jamoatchilik kengashi majlislariga raislik qiladi;
Jamoatchilik kengashi qarorlari bajarilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
Jamoatchilik kengashi qarorlari bajarilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi hamda ariza, taklif va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi hamda ariza, taklif va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
qonun hujjatlari va Jamoatchilik kengashi qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
qonun hujjatlari va Jamoatchilik kengashi qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
13. Jamoatchilik kengashi masʼul kotibi:
13. Jamoatchilik kengashi masʼul kotibi:
Jamoatchilik kengashining majlisiga kerakli hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Jamoatchilik kengashining majlisiga kerakli hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibi boʻyicha oʻtishini tashkil etadi;
Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibi boʻyicha oʻtishini tashkil etadi;
Jamoatchilik kengashi raisi bilan majlis oʻtkazish muddati, joyi hamda taklif qilinuvchilar haqida maslahatlashadi;
Jamoatchilik kengashi raisi bilan majlis oʻtkazish muddati, joyi hamda taklif qilinuvchilar haqida maslahatlashadi;
Jamoatchilik kengashi aʼzolari va taklif qilingan shaxslarni majlis oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti haqida xabardor qiladi;
Jamoatchilik kengashi aʼzolari va taklif qilingan shaxslarni majlis oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti haqida xabardor qiladi;
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini Jamoatchilik kengashi majlisida koʻrib chiqish boʻyicha taklif kiritadi;
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini Jamoatchilik kengashi majlisida koʻrib chiqish boʻyicha taklif kiritadi;
Jamoatchilik kengashi bayonnomasini rasmiylashtiradi hamda tasdiqlangan bayonnomani Jamoatchilik kengashi aʼzolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuborilishini taʼminlaydi.
Jamoatchilik kengashi bayonnomasini rasmiylashtiradi hamda tasdiqlangan bayonnomani Jamoatchilik kengashi aʼzolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuborilishini taʼminlaydi.
14. Jamoatchilik kengashi aʼzolari:
14. Jamoatchilik kengashi aʼzolari:
Jamoatchilik kengashi majlislarida koʻriladigan masalalarni hal qilish va muhokama qilishda oʻz vakolatlarini berish huquqisiz qatnashadilar. Jamoatchilik kengashi aʼzolari ayrim hollarda jamoatchilik kengashi majlislarida qatnasha olmagan taqdirda oʻz fikrlarini yozma tarzda Jamoatchilik kengashi masʼul kotibiga taqdim etishlari mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan fikrlar majlisda koʻrib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi;

Qoʻmita faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadilar;
Qoʻmita faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadilar;
xodimlar va ularning oila aʼzolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha Jamoatchilik kengashiga takliflar kiritadilar.
xodimlar va ularning oila aʼzolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha Jamoatchilik kengashiga takliflar kiritadilar.
4-bob. Jamoatchilik kengashining ishchi organi
4-bob. Jamoatchilik kengashining ishchi organi
15. Jamoatchilik kengashining ishchi organi tarkibi Jamoatchilik kengashining aʼzolaridan shakllantiriladi.
15. Jamoatchilik kengashining ishchi organi tarkibi Jamoatchilik kengashining aʼzolaridan shakllantiriladi.
16. Jamoatchilik kengashining ishchi organi:
16. Jamoatchilik kengashining ishchi organi:
Jamoatchilik kengashi faoliyatining metodik, tashkiliy-huquqiy, tashkiliy- texnik taʼminot masalalarini hal qiladi;
Jamoatchilik kengashi faoliyatining metodik, tashkiliy-huquqiy, tashkiliy- texnik taʼminot masalalarini hal qiladi;
Jamoatchilik kengashining ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi, Jamoatchilik kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini taʼminlaydi;
Jamoatchilik kengashining ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi, Jamoatchilik kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini taʼminlaydi;
Jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarni tayyorlaydi, Qoʻmita xodimlaridan kerakli hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarni tayyorlaydi, Qoʻmita xodimlaridan kerakli hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Jamoatchilik kengashi majlisi kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Jamoatchilik kengashi majlisi kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Jamoatchilik kengashi vakolatlariga kiruvchi murojaatlarni koʻrib chiqadi va tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Jamoatchilik kengashi vakolatlariga kiruvchi murojaatlarni koʻrib chiqadi va tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Jamoatchilik kengashi tomonidan berilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Jamoatchilik kengashi tomonidan berilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
5-bob. Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil qilish
5-bob. Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil qilish
17. Jamoatchilik kengashining faoliyati Jamoatchilik kengashi tomonidan ushbu Nizom asosida ishlab chiqilib, tasdiqlangan Reglamentda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. Jamoatchilik kengashining faoliyati Jamoatchilik kengashi tomonidan ushbu Nizom asosida ishlab chiqilib, tasdiqlangan Reglamentda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. Reglamentda quyidagilar belgilanadi:
18. Reglamentda quyidagilar belgilanadi:
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining uning faoliyatida ishtirok etishi tartibi;
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining uning faoliyatida ishtirok etishi tartibi;
Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarini oʻtkazilish muddatlari va tartibi;
Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarini oʻtkazilish muddatlari va tartibi;
Jamoatchilik kengashi doimiy ishchi organining ish tartibi;
Jamoatchilik kengashi doimiy ishchi organining ish tartibi;
Jamoatchilik kengashi komissiyasi faoliyati va tuzilishi tartibi, shuningdek, rahbar vakolatlari va uni saylash tartibi;
Jamoatchilik kengashi komissiyasi faoliyati va tuzilishi tartibi, shuningdek, rahbar vakolatlari va uni saylash tartibi;
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining vakolatlarini toʻxtatish va tugatish tartibi;
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining vakolatlarini toʻxtatish va tugatish tartibi;
Jamoatchilik kengashi qarorlarining tuzilishi va ularni qabul qilish tartibi;
Jamoatchilik kengashi qarorlarining tuzilishi va ularni qabul qilish tartibi;
Jamoatchilik kengashida tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va tadbirlarni oʻtkazish tartibi;
Jamoatchilik kengashida tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va tadbirlarni oʻtkazish tartibi;
Jamoatchilik kengashi faoliyati tartibiga doir boshqa masalalar.
Jamoatchilik kengashi faoliyati tartibiga doir boshqa masalalar.
19. Jamoatchilik kengashi faoliyatining asosiy masalalari Jamoatchilik kengashi majlislarida koʻrib chiqiladi. Jamoatchilik kengashi majlisi Jamoatchilik kengashining ish rejasi asosida kamida har yilda bir marotaba chaqiriladi.

Jamoatchilik kengashi raisi Jamoatchilik kengashi aʼzolarining kamida uchdan bir qismining yozma murojaati asosida navbatdan tashqari majlis chaqirishi mumkin.
Jamoatchilik kengashi raisi Jamoatchilik kengashi aʼzolarining kamida uchdan bir qismining yozma murojaati asosida navbatdan tashqari majlis chaqirishi mumkin.
20. Jamoatchilik kengashi majlislariga milliy madaniy markazlar, doʻstlik jamiyatlari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari taklif qilinishi mumkin.

Jamoatchilik kengashi majlisiga taklif qilinuvchi shaxslar roʻyxati Jamoatchilik kengashi raisi va Jamoatchilik kengashi aʼzolari bilan kelishgan holda Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan shakllantiriladi.

21. Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibi loyihasi Jamoatchilik kengashi aʼzolarining takliflari va Jamoatchilik kengashi raisi topshirigʻi asosida Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan shakllantiriladi.

22. Jamoatchilik kengashi majlislari uning raisi tomonidan olib boriladi. Rais ishtirok eta olmagan hollarda majlisga uning oʻrinbosari raislik qiladi.
22. Jamoatchilik kengashi majlislari uning raisi tomonidan olib boriladi. Rais ishtirok eta olmagan hollarda majlisga uning oʻrinbosari raislik qiladi.
Jamoatchilik kengashi majlislarida Qoʻmita rahbarining oʻrinbosarlari yoki boshqa xodimlar ishtirok etishi mumkin.
Jamoatchilik kengashi majlislarida Qoʻmita xodimlari ishtirok etishi mumkin.
23. Jamoatchilik kengashi majlisi unga taklif qilingan shaxslarning uchdan ikki qismidan kam boʻlmagan qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda qonuniy hisoblanadi.
23. Jamoatchilik kengashi majlisi unga taklif qilingan shaxslarning uchdan ikki qismidan kam boʻlmagan qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda qonuniy hisoblanadi.
Agar majlis olib borish uchun kvorum shakllanmasa, Jamoatchilik kengashining yangi majlis oʻtkazish sanasi eʼlon qilinadi.
Agar majlis olib borish uchun kvorum shakllanmasa, Jamoatchilik kengashining yangi majlis oʻtkazish sanasi eʼlon qilinadi.
24. Jamoatchilik kengashining qarori uning majlisida qatnashayotgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar teng kelib qolsa, Jamoatchilik kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.

25. Jamoatchilik kengashi qaror qabul qilishda masalalarni erkin muhokama qilish, ovoz berish, jamoatchilik fikrini inobatga olish, tenglik va kollegiallikka asoslanadi.
25. Jamoatchilik kengashi qaror qabul qilishda masalalarni erkin muhokama qilish, ovoz berish, jamoatchilik fikrini inobatga olish, tenglik va kollegiallikka asoslanadi.
26. Jamoatchilik kengashining har bir aʼzosi qabul qilingan qarorga oʻzining fikrlarini yozma tarzda bildirish huquqiga ega. Bunda fikrlar Jamoatchilik kengashi majlisi bayonnomasiga kiritib qoʻyiladi.

27. Jamoatchilik kengashining qarori qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmasdan Qoʻmitaga yuboriladi.
27. Jamoatchilik kengashining qarori qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmasdan Qoʻmitaga yuboriladi.
Jamoatchilik kengashining qarori tavsiyaviy xarakterga egadir. Agar qaror Qoʻmita tomonidan maʼqullanmasa, Qoʻmita qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kundan kechikmasdan Jamoatchilik kengashiga asoslantirilgan javobini taqdim qiladi.

28. Tezkor qaror qabul qilish zarurati kelib chiqqanda, Jamoatchilik kengashining qarori Jamoatchilik kengashi raisi tashabbusi bilan Jamoatchilik kengashi aʼzolari bilan maslahatlashilgan holda soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.

29. Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch kunlik muddatda Jamoatchilik kengashi aʼzolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi.

30. Jamoatchilik kengashining ishchi organi va kotibi Jamoatchilik kengashi aʼzolari bilan birgalikda Jamoatchilik kengashi qarorlarini ijro etish yoʻllarini tizimli oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarur hollarda, Jamoatchilik kengashi raisiga takliflar kiritadi.

31. Ishchi organ Jamoatchilik kengashi qarorlarini ijro etish natijalari haqida har oyda Jamoatchilik kengashi raisiga maʼlumot taqdim etadi.
31. Ishchi organ Jamoatchilik kengashi qarorlarini ijro etish natijalari haqida har oyda Jamoatchilik kengashi raisiga maʼlumot taqdim etadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
32. Jamoatchilik kengashining moddiy-texnik taʼminoti Qoʻmita tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
32. Jamoatchilik kengashining moddiy-texnik taʼminoti Qoʻmita tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
33. Jamoatchilik kengashi faoliyati ustidan nazoratni Qoʻmita raisi amalga oshiradi.
33. Jamoatchilik kengashi faoliyati ustidan nazoratni Qoʻmita raisi amalga oshiradi.
34. Jamoatchilik kengashining qarorlari hamda Qoʻmita raisining Jamoatchilik kengashining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq qarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
34. Jamoatchilik kengashining qarorlari hamda Qoʻmita raisining Jamoatchilik kengashining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq qarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1018-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1018-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi
TARKIBI
TARKIBI

1.

Lavozimiga koʻra

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari

3.

Ishanxodjayev Kamoliddin Nuriddinovich

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari

4.

Kamilov Kamaldjan Sabitdjanovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni masʼul xodimi (kelishuv asosida)

5.

Axmedjanov Karim Bakidjanovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori

6.

Nazarbekov Ozod Ahmadovich

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

Niyazxodjayev Saidikram Parxatovich

Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

8.

Saidov Akmal Xolmatovich

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

9.

Maʼrufova Gulnora Mahmudovna

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

10.

Latipov Isfandiyor Xudoyorovich

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi

11.

Javlonov Shavkat Sardarovich

“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

12.

Meliyev Xudoyor Xurramovich

Adliya vazirligi boshqarmasi boshligʻi

13.

Turdiqulov Shuhrat Xudoyqulovich

Toshkent shahri hokimining oʻrinbosari, shahar milliy-madaniy markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

14.

Yusupov Ortiqbek Odilovich

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

15.

Tadjiyev Odil Patixdjanovich

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

16.

Jalilov Shuhrat Ilxamovich

“Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

17.

Abdullayev Rustam

Bastakorlar uyushmasi raisi

18.

Nuritdinov Akmal Vaxobjonovich

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

19.

Qodirov Alisher

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

20.

Mahmadaliyev Baxtiyor Xasanovich

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining oʻrinbosari

21.

Saidov Sirojiddin Saloxovich

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari

22.

Nuritdinov Xayrulla Boqijonovich

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

23.

Mansurov Komil Tohirovich

Matbuot va axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari

24.

Abduxalimov Baxrom Abduraximovich

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

25.

Zokirov Orifxon Anvarovich

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, sanʼat va yoshlari siyosati masalalari axborot tahlil departamentining bosh mutaxassisi

26.

Lavozimiga koʻra

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi masʼul xodimi, Jamoatchilik kengashi masʼul kotibi

27.

Lavozimiga koʻra

Doʻstlik jamiyatlari va Milliy madaniy markazlar rahbarlari

1.

O. Hasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, Jamoatchilik kengashi raisi

2.

B. Shukurov

Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari

3.

A. Umarov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi prorektori (kelishuv asosida)

4.

A. Saidov

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori (kelishuv asosida)

5.

O. Abdullayev

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

6.

N. Muxammadiyev

adliya vaziri oʻrinbosari

7.

M. Madjidov

madaniyat vaziri oʻrinbosari

8.

M. Kuranov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi raisining oʻrinbosari

9.

D. Kattaxanova

Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

10.

D. Maxsudov

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari

11.

U. Tashxodjayev

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshligʻi

12.

M. Nurmatova

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

13.

R. Kurbanov

Mehnat faxriysi

14.

B. Abduxalimov

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

15.

X. Nuritdinov

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

16.

D. Usmanov

“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

17.

S. Turdiyev

“Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

18.

A. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

19.

I. Latipov

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi

20.

B. Mahmadaliyev

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi oʻrinbosari

21.

M. Hojimatov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari

22.

G. Ismailova

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori

23.

O.Sattarov

“Vatandoshlar” jamoat fondi raisi

24.

H. Rahimov

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi oʻrinbosari

25.

O. Davlatov

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori

26.

Z. Abidov

“Birodar shaharlar alyansi” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

27.

Q. Sobirov

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi rahbari

28.

F. Bekov

Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi boʻlimi boshligʻi, Jamoatchilik kengashi kotibi

29.

Lavozimiga koʻra

Doʻstlik jamiyatlari va milliy madaniy markazlar rahbarlari

Izoh. Jamoatchilik kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki uning vazifasini bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Izoh. Jamoatchilik kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.