1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.01.00 Davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda asosiy tamoyillar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 23-maydagi PQ-2993-son qaroriga muvofiq milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1018-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1018-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) huzuridagi Jamoatchilik kengashining (keyingi o‘rinlarda Jamoatchilik kengashi deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamoatchilik kengashi maslahat-kengash organi hisoblanib, Qo‘mitaga yuklangan vazifa va majburiyatlarning bajarilishiga ko‘maklashadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamoatchilik kengashining reglamenti Jamoatchilik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamoatchilik kengashining asosiy maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston xalqining birdamligini ta’minlash, xorijdagi vatandoshlarni tarixiy Vatani bilan birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini kompleks tahlil qilishda ishtirok etish, ularning amalga oshirilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda umummilliy totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonning xalqaro imijini oshirishda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar tayyorlash va Qo‘mitaga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholida O‘zbekiston xalqining umummilliy qadriyatlari ustuvorligini anglash tuyg‘usini kuchaytirishda davlat va jamoat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda umummilliy birdamlik, xorijiy davlatlar hududlari bilan do‘stlik va birodarlik aloqalarini rivojlantirishga oid targ‘ibot ishlarini tizimli amalga oshirish.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamoatchilik kengashi o‘zining asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlashga oid tashabbus va murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda umummilliy totuvlik, birdamlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda do‘stlik, o‘zaro ishonch va tushunish muhitini asrab-avaylash hamda mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda Qo‘mitaga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashadi hamda mavjud muammolar, kamchiliklarni bartaraf qilish haqida takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi orasida umummilliy totuvlik, do‘stlik va birdamlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda, uni davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umummilliy birdamlik va hamjihatlik masalalarida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan xorijiy mamlakatlarning turdosh tashkilotlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalar va almashinuvlar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda Qo‘mitaga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yurtimiz va xorijiy mamlakatlar hududlari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro ishonch va birodarlik aloqalarini o‘rnatish hamda rivojlantirishda manfaatdor tashkilotlar bilan chora-tadbirlar amalga oshirilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda tug‘ilgan buyuk olim va mutafakkirlarning barhayot merosini, ularning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasini keng namoyon etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbek xalqining xorijiy davlatlar hududlarida joylashgan va saqlanayotgan moddiy-madaniy merosi obyektlarini asrab-avaylashda davlat va nodavlat tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi hamda dasturlar amalga oshirilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlar bilan xalq diplomatiyasi asosida do‘stona munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilishida Qo‘mitaga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon hamjamiyatida mamlakatimizning boy tarixi hamda bugungi taraqqiyot bosqichidagi yutuqlarga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, ilmiy-amaliy seminarlar, anjumanlar va madaniy tadbirlarni tashkil etishda Qo‘mitaga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonning xalqaro imijini oshirishda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar hududlari bilan do‘stlik va birodarlik aloqalarini rivojlantirishga oid targ‘ibot ishlarini tizimli tashkil etadi, takliflar tayyorlaydi, davlat va jamoat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi, targ‘ibot ishlari yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi faoliyatini rasmiy veb-saytlarda hamda ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini tahlil qiladi, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vazifalarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga oid mavjud muammolarning ta’sirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini qonunchilikka muvofiq shakllantirishda Qo‘mitaga ko‘maklashadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamoatchilik kengashi o‘zining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida Qo‘mitadan kerakli hujjatlarni, statistik va tahliliy ma’lumotlarni so‘rab olish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun Jamoatchilik kengashi a’zolaridan iborat jamoatchilik komissiyalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita rahbari bilan kelishgan holda Qo‘mitada o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar (xizmatdan bo‘shatilgan xodimlar) hamda ular oila a’zolarining konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini tahliliy o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mitaga Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita va Jamoatchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarga davlat, jamoat, madaniyat va san’at arboblari, olimlar, mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb qilish, shuningdek, ular bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatini amalga oshirishda quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish doirasi cheklangan toifadagi hujjatlar bilan ishlash qoidalariga qat’iy rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamoatchilik kengashining tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamoatchilik kengashining tarkibiga uning raisi, rais o‘rinbosari, kotib va a’zolar kiradi. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamoatchilik kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi a’zosi boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning o‘rniga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki uning vazifasini bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita xodimlari, faxriylari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakillari, do‘stlik jamiyatlari va milliy madaniy markazlar vakillari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari Jamoatchilik kengashining tarkibiga kiritilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamoatchilik kengashi raisi Jamoatchilik kengashi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi majlisini chaqirish va kun tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi majlisiga raislik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining ish rejasi, Jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasi va Jamoatchilik kengashining ish yurituviga oid boshqa hujjatlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi a’zolarining ularga qo‘yilgan topshiriqlarni bajarish ishini va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga Jamoatchilik kengashiga kiruvchi shaxslarni uning tarkibidan chiqarish bo‘yicha takliflarni kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamoatchilik kengashi raisi yo‘qligida uning vakolat va vazifalarini jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi raisi bo‘lmaganda jamoatchilik kengashi majlislariga raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi qarorlari bajarilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi hamda ariza, taklif va shikoyatlarni ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va Jamoatchilik kengashi qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamoatchilik kengashi mas’ul kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining majlisiga kerakli hujjatlar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibi bo‘yicha o‘tishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi raisi bilan majlis o‘tkazish muddati, joyi hamda taklif qilinuvchilar haqida maslahatlashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi a’zolari va taklif qilingan shaxslarni majlis o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti haqida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini Jamoatchilik kengashi majlisida ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi bayonnomasini rasmiylashtiradi hamda tasdiqlangan bayonnomani Jamoatchilik kengashi a’zolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuborilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamoatchilik kengashi a’zolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi majlislarida ko‘riladigan masalalarni hal qilish va muhokama qilishda o‘z vakolatlarini berish huquqisiz qatnashadilar. Jamoatchilik kengashi a’zolari ayrim hollarda jamoatchilik kengashi majlislarida qatnasha olmagan taqdirda o‘z fikrlarini yozma tarzda Jamoatchilik kengashi mas’ul kotibiga taqdim etishlari mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan fikrlar majlisda ko‘rib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mita faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar va ularning oila a’zolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashiga takliflar kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamoatchilik kengashining ishchi organi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamoatchilik kengashining ishchi organi tarkibi Jamoatchilik kengashining a’zolaridan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamoatchilik kengashining ishchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi faoliyatining metodik, tashkiliy-huquqiy, tashkiliy- texnik ta’minot masalalarini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi, Jamoatchilik kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarni tayyorlaydi, Qo‘mita xodimlaridan kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi majlisi kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi vakolatlariga kiruvchi murojaatlarni ko‘rib chiqadi va tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi tomonidan berilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamoatchilik kengashining faoliyati Jamoatchilik kengashi tomonidan ushbu Nizom asosida ishlab chiqilib, tasdiqlangan Reglamentda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Reglamentda quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi a’zolarining uning faoliyatida ishtirok etishi tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi yig‘ilishlarini o‘tkazilish muddatlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi doimiy ishchi organining ish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi komissiyasi faoliyati va tuzilishi tartibi, shuningdek, rahbar vakolatlari va uni saylash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi a’zolarining vakolatlarini to‘xtatish va tugatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi qarorlarining tuzilishi va ularni qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashida tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va tadbirlarni o‘tkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi faoliyati tartibiga doir boshqa masalalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamoatchilik kengashi faoliyatining asosiy masalalari Jamoatchilik kengashi majlislarida ko‘rib chiqiladi. Jamoatchilik kengashi majlisi Jamoatchilik kengashining ish rejasi asosida kamida har yilda bir marotaba chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi raisi Jamoatchilik kengashi a’zolarining kamida uchdan bir qismining yozma murojaati asosida navbatdan tashqari majlis chaqirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamoatchilik kengashi majlislariga milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi majlisiga taklif qilinuvchi shaxslar ro‘yxati Jamoatchilik kengashi raisi va Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan kelishgan holda Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibi loyihasi Jamoatchilik kengashi a’zolarining takliflari va Jamoatchilik kengashi raisi topshirig‘i asosida Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamoatchilik kengashi majlislari uning raisi tomonidan olib boriladi. Rais ishtirok eta olmagan hollarda majlisga uning o‘rinbosari raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi majlislarida Qo‘mita xodimlari ishtirok etishi mumkin.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamoatchilik kengashi majlisi unga taklif qilingan shaxslarning uchdan ikki qismidan kam bo‘lmagan qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda qonuniy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar majlis olib borish uchun kvorum shakllanmasa, Jamoatchilik kengashining yangi majlis o‘tkazish sanasi e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jamoatchilik kengashining qarori uning majlisida qatnashayotgan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar teng kelib qolsa, Jamoatchilik kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jamoatchilik kengashi qaror qabul qilishda masalalarni erkin muhokama qilish, ovoz berish, jamoatchilik fikrini inobatga olish, tenglik va kollegiallikka asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jamoatchilik kengashining har bir a’zosi qabul qilingan qarorga o‘zining fikrlarini yozma tarzda bildirish huquqiga ega. Bunda fikrlar Jamoatchilik kengashi majlisi bayonnomasiga kiritib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jamoatchilik kengashining qarori qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmasdan Qo‘mitaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining qarori tavsiyaviy xarakterga egadir. Agar qaror Qo‘mita tomonidan ma’qullanmasa, Qo‘mita qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n kundan kechikmasdan Jamoatchilik kengashiga asoslantirilgan javobini taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tezkor qaror qabul qilish zarurati kelib chiqqanda, Jamoatchilik kengashining qarori Jamoatchilik kengashi raisi tashabbusi bilan Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan maslahatlashilgan holda so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch kunlik muddatda Jamoatchilik kengashi a’zolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jamoatchilik kengashining ishchi organi va kotibi Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan birgalikda Jamoatchilik kengashi qarorlarini ijro etish yo‘llarini tizimli o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zarur hollarda, Jamoatchilik kengashi raisiga takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ishchi organ Jamoatchilik kengashi qarorlarini ijro etish natijalari haqida har oyda Jamoatchilik kengashi raisiga ma’lumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Jamoatchilik kengashining moddiy-texnik ta’minoti Qo‘mita tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jamoatchilik kengashi faoliyati ustidan nazoratni Qo‘mita raisi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Jamoatchilik kengashining qarorlari hamda Qo‘mita raisining Jamoatchilik kengashining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq qarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, Jamoatchilik kengashi raisi
2.
B. Shukurov
—
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari
3.
A. Umarov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi prorektori (kelishuv asosida)
4.
A. Saidov
—
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori (kelishuv asosida)
5.
O. Abdullayev
—
tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari
6.
N. Muxammadiyev
—
adliya vaziri o‘rinbosari
7.
M. Madjidov
—
madaniyat vaziri o‘rinbosari
8.
M. Kuranov
—
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi raisining o‘rinbosari
9.
D. Kattaxanova
—
Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
10.
D. Maxsudov
—
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari
11.
U. Tashxodjayev
—
Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i
12.
M. Nurmatova
—
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
13.
R. Kurbanov
—
Mehnat faxriysi
14.
B. Abduxalimov
—
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
15.
X. Nuritdinov
—
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari
16.
D. Usmanov
—
“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi
17.
S. Turdiyev
—
“Nuroniy” jamg‘armasi raisi
18.
A. Nuridinov
—
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi
19.
I. Latipov
—
“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi
20.
B. Mahmadaliyev
—
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o‘rinbosari
21.
M. Hojimatov
—
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari
22.
G. Ismailova
—
“El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori
23.
O.Sattarov
—
“Vatandoshlar” jamoat fondi raisi
24.
H. Rahimov
—
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi o‘rinbosari
25.
O. Davlatov
—
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori
26.
Z. Abidov
—
“Birodar shaharlar alyansi” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari
27.
Q. Sobirov
—
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi rahbari
28.
F. Bekov
—
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i, Jamoatchilik kengashi kotibi
29.
Lavozimiga ko‘ra
—
Do‘stlik jamiyatlari va milliy madaniy markazlar rahbarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Jamoatchilik kengashi a’zosi boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1018/0462-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)