Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-dekabr,
1021-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun loyihalarni tanlab olish va xorijiy kreditlarni berish tartibining 11-bandi uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish tartibining 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashining” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida birja va koʻrgazma-yarmarka savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-maydagi 223-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 25-modda) 3-bandidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklarini mablagʻ bilan taʼminlash, moddiy-texnik taʼminlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 10-sentabrdagi 366-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 52-modda) 1-bandi birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshisi, 8 va 9-bandlardagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovada:
1.2-bandning uchinchi xatboshisidagi “va Fermerlar kengashi boʻlimi” soʻzlari “boʻlimi va tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1.3-banddagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “fermerlari kengashining fermer xoʻjaliklari shartnomaviy-huquqiy munosabatlari boʻyicha bosh” soʻzlari “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqiy masalalar va shartnomaviy munosabatlar guruhi”soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 14-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “fermerlari kengashini” soʻzlari “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “fermerlari kengashining fermer xoʻjaliklari shartnomaviy-huquqiy munosabatlari boʻyicha bosh mutaxassisi” soʻzlari “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqiy masalalar va shartnomaviy munosabatlar guruhi mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 16-banddagi “fermerlari kengashining fermer xoʻjaliklari shartnomaviy-huquqiy munosabatlari boʻyicha bosh mutaxassisi” soʻzlari “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqiy masalalar va shartnomaviy munosabatlar guruhi mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “2004–2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda):
a) 7-ilovada:
7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar, shuningdek, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega boʻlgan yosh fuqarolar boshqa teng sharoitlarda ustuvor huquqdan foydalanadilar.”;
birinchi xatboshidagi “tuman fermerlari kengashiga” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Tuman fermerlari kengashi” soʻzlari “Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilardagi “tuman fermerlari kengashining” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-ilovaning toʻqqizinchi boʻlimidagi “fermerlar kengashining fermer xoʻjaliklarining shartnomaviy-huquqiy munosabatlari boʻyicha bosh” soʻzlari “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqiy masalalar va shartnomaviy munosabatlar guruhi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 12-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandidagi “tuman fermerlar kengashi” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
12-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashining” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning uchinchi xatboshisidagi “tumanlar Fermerlar kengashlari” soʻzlari “tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning 26 va 27-bandlari “Masʼullar” ustunidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish yakunlari toʻgʻrisida” 2010-yil 16-martdagi 47-son qarorining 6-bandidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “tuman fermerlari kengashiga” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi besh kun mobaynida arizalarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosa chiqaradi.”;
beshinchi xatboshidagi “Tuman fermerlari kengashi” soʻzlari “Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tuman fermerlari kengashining” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 14-bandning “a”, “b”, “v”, “g”, “d” kichik bandlaridagi “tuman fermerlari kengashi” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 16-banddagi “tuman fermerlari kengashi” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 18-bandda:
birinchi xatboshidagi “tuman fermerlari kengashiga” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Tuman fermerlari kengashi” soʻzlari “Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Tuman fermerlari kengashining” soʻzlari “Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 21-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “tuman fermerlari kengashining” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 22-banddagi “tuman fermerlari kengashiga” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Tomchilatib sugʻorish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 21-iyundagi 176-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 26-son, 334-modda) 3-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. B. Yusupov — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi”.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-avgustdagi 218-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “tuman fermerlar Kengashi” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 10-banddagi “hududiy Fermerlar kengashi” soʻzlari “hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 18-banddagi “tuman fermerlar Kengashiga” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 19-banddagi “Oʻzbekiston fermerlari Kengashiga” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovaning “II bosqich”, va “IV bosqich” pozitsiyalari “Masʼullar” ustunlari matnidagi “Fermerlari kengashi” va “ Fermerlar kengashi” soʻzlari tegishli ravishda “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 2 va 3-ilovalardagi “Fermerlar kengashi” soʻzlari “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-sentabrdagi 267-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 68-modda) 1-ilovadagi “S.Turdiyev — Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi” soʻzlari “B.Yusupov — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻinining tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida namunaviy nizomning 6-bandidagi “fermerlar kengashi” va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining” soʻzlari tegishli ravishda “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” va “Yoshlar ittifoqining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 93-modda):
a) 1-ilovaning 26-bandidagi “Fermerlar Kengashlari” soʻzlari “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 27-bandidagi “Tuman Fermerlar Kengashi” soʻzlari “Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 4-banddagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-7-bandlardagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashining” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 23-banddagi “fermerlar kengashlari” soʻzlari “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi ekinlarining sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish
SXEMASI
SXEMASI
d) 2 va 3-ilovalardagi “fermerlari kengashi” soʻzlari “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini 2014-2016-yillarda amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 27-maydagi 132-son qarorida:
4-banddagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashiga” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning 14-bandi “Bajarish uchun masʼullar” ustunidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-apreldagi 102-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2015-y., 17-son, 206-modda) 1-ilovadagi “Turdiyev S. — Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi” soʻzlari “Yusupov B. — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015., 44-son, 563-modda) 1-ilovaning 3, 9, 10, 13, 14, 15, 25, 32-bandlari “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-dekabrdagi 362-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 50-son, 627-modda):
a) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “hududiy fermer kengashlarining” soʻzlari “hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 21-apreldagi 118-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2016-y., 4-son, 27-modda):
a) 2 va 4-bandlarning oltinchi xatboshilaridagi va 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” blokidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovada:
11-banddagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning uchinchi xatboshisidagi “tuman fermerlar kengashlarining” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Har yili 5-noyabrgacha tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bazaviy kasb-hunar kollejlari bilan birgalikda ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha navbatdagi kalendar yil uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari kontingenti va ularning kurslardan oʻtishi jadvallari boʻyicha takliflar tayyorlaydilar, ularni tumanlar hokimliklari bilan kelishadilar va hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga kiritadilar.”;
birinchi xatboshidagi “fermerlarning hududiy kengashlari” soʻzlari “hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Fermerlarning tuman kengashlari” soʻzlari “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashiga” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi va 22-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “fermerlar kengashlari” soʻzlari “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning yettinchi xatboshisidagi “tumanlarning fermerlar kengashlari” soʻzlari “tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Fermerlarning mintaqaviy kengashlari” soʻzlari “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining mintaqaviy kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tumanlar fermerlari kengashi” soʻzlari “Tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyundagi 206-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 55-modda) 5-bandidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 1-noyabrdagi 378-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 44-son, 514-modda) 3-bandidagi “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 20-yanvardagi 20-son qarorida:
1-ilovaning 9-bandi “Amalga oshiriladigan ishlar va tadbirlar” ustunidagi “Fermerlar kengashlari” soʻzlari “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. B. Yusupov — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi”.
29. Vazirlar Mahkamasining “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 22-sentabrdagi 748-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 38-son, 1057-modda) 6-bandidagi “Oʻzbekiston Fermerlar kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-sentabrdagi 774-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar toʻgʻrisida namunaviy nizomda:
a) 1-ilovaning 22-bandidagi “Fermerlar kengashlari” soʻzlari “fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 22-bandidagi “Tuman Fermerlar kengashi” soʻzlari “Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son; 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son; 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 29.03.2025-y., 09/25/192/0285-son; 01.07.2025-y., 09/25/401/0560-son)