21.12.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2920-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2920-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 265-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920, 2017-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 934-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomga asosan egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda beriladi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus unvonga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlaridan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga oʻtkazilgan xodimlarga martaba darajalarini berish, ular egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
464-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2920-1/0441-son)