Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun jamoatchilikni keng jalb etish, ichki isteʼmol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi tovarlar sotilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va isteʼmol madaniyatini oshirishga doir ishlarni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmalari tomonidan Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholi oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targʻib qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ichki bozorda sotilayotgan isteʼmol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini taʼminlash monitoringlarini oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
aholining isteʼmol madaniyatini oshirishga doir maʼrifiy ishlarni olib borish;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borish va oʻzaro hamkorlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki bozorda sotiladigan isteʼmol tovarlarining zarur sifatda boʻlishini va xavfsizligini hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini taʼminlash yuzasidan monitoring olib borish isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda tasdiqlangan Oʻzbekiston isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi rejalari asosida amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 6-avgustdagi 171-sonli qaroriga muvofiq yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 32-son, 271-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining:
bir oy muddatda tuman va shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini hamda ikki oy muddatda – hududiy va respublika konferensiyalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini oʻtkazishga doir tashkiliy masalalarni hal etishda zarur yordam koʻrsatsinlar.
Belgilansinki, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparati, tuman, shahar jamiyatlari, shuningdek ularning hududiy birlashmalari ijro etuvchi apparatlarining taʼminoti har oylik aʼzolik badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan solinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladigan jarimalarning 50 foizi, shuningdek xalqaro tashkilotlarning, Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining quyidagi qoʻpol ravishda buzilishlari uchun oldindan yozma koʻrsatma bermasdan jarima solishiga ruxsat berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
isteʼmolchiga tovar (ishlar, xizmatlar) qiymati koʻrsatilgan, tovarning xarid qilinganligini yoki ishlarga haq toʻlanganligini tasdiqlovchi kassa, tovar cheklari va boshqa hujjatlarni bermasdan tovarlar sotish yoki xizmatlar koʻrsatish;
yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan yoki yaroqlilik muddati oʻtib ketgan tovarlarni qabul qilish va sotish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi:
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini sertifikatlash va ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida axborot olishda zarur yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, sanitariya sohasidagi qonun hujjatlari, davlat standartlari va sertifikatlash qoidalari talablariga rioya etilishini tekshirish ishlariga isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilsinlar;
isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari taqdimnomalariga koʻra tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xavfsizlik talablariga muvofiqligini oʻzlariga qarashli laboratoriyalarda ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda sinovdan oʻtkazsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Idoralararo kengash bilan birgalikda 2003/2004 oʻquv yilidan boshlab belgilangan tartibda respublikaning barcha taʼlim muassasalari dasturlariga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini oʻrganish boʻyicha maxsus kurslarni kiritsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
advokatlik idoralarining Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grantlarini jalb etishda koʻmaklashsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga ularning ustavdagi vazifalarini hal etishda koʻmaklashsinlar hamda Federatsiya markaziy apparatini, hududiy birlashmalarni, tuman va shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarini bir oy muddatda:
ijara shartlarida, ijara haqi undirmasdan va kommunal xizmatlarga imtiyozli tariflar boʻyicha haq toʻlagan holda xonalar bilan;
oʻz mablagʻlari hisobiga mebel va zarur texnika vositalari bilan taʼminlasinlar.
11. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda:
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tuman, viloyat va respublika konferensiyalari keng yoritilishini taʼminlasinlar;
televideniye va radiokanallarda, davriy matbuot nashrlarida “Isteʼmolchi” rukni tashkil etilishini taʼminlasinlar, unda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatini, bu sohadagi muammolar va kamchiliklar hamda ularni hal etish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni, isteʼmol madaniyatini va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha anʼanalarni keng va muntazam yoritib borishni nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-noyabr,
414-son
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
| ** mintaqalar |
jamiyatlar: | |
|
tuman |
shahar | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar: Andijon Buxoro Jizzax Qashqadaryo Namangan Navoiy Samarqand Sirdaryo Surxondaryo Toshkent Fargʻona Xorazm Toshkent shahri |
15 14 13 12 14 12 9 17 9 14 15 16 10 11 |
2 3 2 1 1 1 2 2 3 1 6 4 1 |
| Jami: | 181 |
29 |
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI*
*) Doimiy asosda ishlaydigan xodimlarning umumiy soni — 10 kishi. Jamiyatlar aʼzolari va ish hajmi, shuningdek kirish va har oylik aʼzolik badallari koʻpayishiga qarab Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi markaziy apparat xodimlari sonini qayta koʻrib chiqishi mumkin.
**) Ekspert kengashlarda maxsus bilimlarga ega boʻlgan, turli vazirliklar, idoralar va ilmiy-tadqiqot institutlaridan taklif etilgan mutaxassislar qatnashadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Asosiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash tartibini tasdiqlash haqida” 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Nizom Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ( keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi)ning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uni shakllantirish va undan foydalanish tartibini nazarda tutadi.
3. Jamgʻarma Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi huzurida tashkil etiladi.
II. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining maqsadi va vazifalari
4. Jamgʻarma jamoat birlashmalarining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatining iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarini, kafolatlarini hamda ragʻbatlantirilishini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
5. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish;
harakatning samarali faoliyat koʻrsatishini, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tadbirlarning rivojlantirilishini va amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash.
III. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jamgʻarma isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan solinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladigan jarimalarning 50 foizi, shuningdek xalqaro tashkilotlarning, Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari aʼzolarining manfaatdorligini oshirish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari aʼzolari tashabbusi natijasida va tashabbusiga koʻra aniqlangan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan jarima solingan taqdirda, olib qoʻyiladigan va Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻlarning 35 foizi ularning hisob raqamlariga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining maxsus hisob raqamida jamlanadi.
IV. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish
8. Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyati (tadbirlari) xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashga quyidagi maqsadli yoʻnalishlar boʻyicha foydalaniladi:
jamoatchilikni hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi muammolarni oʻrganish boʻyicha mutaxassislarni jalb etgan holda monitoringlar, ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga doir materiallarni eʼlon qilish, sharhlar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, plakatlar, bukletlar, davriy nashrlarni ishlab chiqish, ommaviy-axborot vositalarida chiqishlarni, axborotlarni, seminarlarni, davra suhbatlarini hamda isteʼmolchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
tovarlar (ishlar va xizmatlar)ning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarini aniqlashga va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan tanlovlar, viktorinalar, olimpiadalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 181-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 32-33-son, 251-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 31-son, 261-modda, 32-son, 271-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)