09.07.1948 yildagi 87-son
 LexUZ sharhi
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi Xalqaro Mehnat Byurosining Ma’muriy kengashi tomonidan San-Fransiskoda chaqirilib va 1948-yilning 17-iyunida o‘zining O‘ttiz birinchi Sessiyasiga to‘planib, birlashish erkinligi va birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi bir qancha takliflarni konvensiya shaklida qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining yettinchi bandi hisoblanib, Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining Muqaddimasi “birlashish erkinligi prinsipining tan olinishi” mehnat sharoitlarini yaxshilashga va tinchlikni ta’minlash vositalari sifatida e’lon qilayotganini e’tiborga olib, Filadelfiya deklaratsiyasida “so‘z va birlashish erkinligi taraqqiyotini ko‘llab-quvvatlash uchun zarur shartlar” deb ta’kidlanganini e’tiborga olib, Xalqaro Mehnat Konferensiyasi, o‘zining O‘ttizinchi sessiyasida xalqaro miqyosda tartibga soluvchi asosni shakllantiruvchi prinsiplarni yakdillik bilan qabul qilganini e’tiborga olib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi o‘zining Ikkinchi sessiyasida mazkur prinsiplarni ma’qullaganini va, Xalqaro Mehnat Tashkilotidan, xalqaro Konvensiyalarning bir nechtasini qabul qilish imkoniyatini vujudga keltirish uchun har qanday faoliyatni davom ettirish taklifini e’tiborga olib, bir ming to‘qqiz yuz qirq sakkizinchi yil iyul oyining to‘qqizinchi kunida kuyidagi “Birlashish erkinligi va birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 1948-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan Konvensiyani qabul qildi:
2-, 3- va 4-moddalar qoidalari mehnatkashlar va ish beruvchilar birlashmalarining federatsiyalari va konfederatsiyalariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
2. Ushbu modda 1-bandining “a” va “b” kichik bandlarida ifodalangan majburiyatlar ratifikatsiyaning ajralmas qismi deb hisoblanadi va ratifikatsiya kuchiga ega.
3. Tashkilotning har qanday a’zosi navbatdagi deklaratsiya orqali ushbu modda 1-bandining “b”, “s” yoki “d” kichik bandlari asosida avvalgi deklaratsiyada aytib o‘tilgan har qanday shartlardan yoki ularning bir qismidan voz kechishi mumkin.
4. Tashkilotning har qanday a’zosi, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan davr mobaynida, 16-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga istalgan avvalgi deklaratsiyaning har qanday shartiga o‘zgartirishlar kirituvchi hamda belgilangan hududlaridagi hozirgi ahvolni ifoda etuvchi navbatdagi deklaratsiyani yuborishi mumkin.
5. Tashkilotning tegishli a’zosi, a’zolari yoki tegishli xalqaro darajadagi mas’ul, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan muddat mobaynida, 16-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga har qanday avvalgi deklaratsiyaning har qanday shartiga o‘zgartirishlar kirituvchi hamda ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishiga nisbatan hozirgi ahvolni ifoda etuvchi deklaratsiya yuborishi mumkin.
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan o‘zi ro‘yxatga olgan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlar, deklaratsiyalar va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid to‘la ma’lumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga ro‘yxatga olish uchun yuboradi.
a) Tashkilotning biror a’zosi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning o‘z kuchi bilan, 16-modda qoidalaridan qat’iy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan bo‘lishi kerak;