| T/r | Tadbirlarning nomi | Bajarish muddatlari | Hujjatning turi | Bajarish uchun masʼul | |||||
|
I. Mablagʻ bilan uzluksiz taʼminlash, qurilish qiymatini va smeta narxini belgilashni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish | |||||||||
|
1.1. |
Qurilishda va kapital taʼmirlashda yangi smeta meʼyorlarini va xarajatlar, rejali jamgʻarmalar meʼyorlarini ishlab chiqish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash |
2000-yil dekabr |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi | |||||
|
1.2. |
Aniq roʻyxatlarni shakllantirish, mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalari hisobiga binolar va inshootlarni kapital taʼmirlashni mablagʻ bilan taʼminlashni mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash tartibini tayyorlash |
2000-yil oktabr |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunalxizmat koʻrsatish vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Adliya vazirligi | |||||
|
1.3. |
Qurilish tashkilotlari uchun mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibini ishlab chiqish |
2000-yil dekabr |
Yoʻriqnoma |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar va idoralar | |||||
|
1.4. |
Kapital qurilishda qurilish tavakkalchiligini sugʻurtalash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish |
2000-yil noyabr |
Uslubiy koʻrsatma |
Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Adliya vazirligi | |||||
|
1.5. |
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan obyektlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun buyurtmachining ichki zaxiralarini safarbar qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqish |
2000-yil sentabr |
Yoʻriqnoma |
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | |||||
|
1.6. |
Tender hujjatlarining texnik qismi va pudrat savdosi predmetining boshlangʻich (moʻljallangan) narxi tarkibi, uni ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlash |
2000-yil noyabr |
Nizom |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | |||||
|
1.7. |
Kapital qurilishda pudrat savdolarini tashkil etish va oʻtkazish, tender hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish narxlari toʻplamini tuzish |
2000-yil oktabr |
Toʻplam |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi | |||||
|
1.8. |
Qurilishda narx belgilashning uslubiy-axborot bazasini yaratishni va maʼlumotnoma materiallar (katalog-analog)larni chiqarishni tashkil etish |
doimo |
Kataloglar |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi | |||||
|
II. Pudrat ishlari bozorini, uslubiy-huquqiy bazani takomillashtirish va tomonlar majburiyatining bajarilishini taʼminlash | |||||||||
|
2.1. |
Davlat budjeti mablagʻlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga qurilishni amalga oshirayotgan buyurtmachi xizmati yoki qurilayotgan korxona direksiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tayyorlash |
2001-yil yanvar |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi | |||||
|
2.2. |
Davlat budjeti mablagʻlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan bino va inshootlarni kapital taʼmirlashning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tartibini tayyorlash |
2001-yil fevral |
Tartib |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mudofaa vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi | |||||
|
2.3. |
Pudrat shartnomalarini tuzishda kafolat va kafillik berish tarkibi va tartibi, shuningdek, shartnoma ijrosi taʼminlanishini garovga qoʻyish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish |
2000-yil noyabr |
Uslubiy tavsiyalar |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi | |||||
|
2.4. |
Pudrat va loyihalashtirish tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibini ishlab chiqish |
2000-yil noyabr |
Tartib |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi | |||||
|
2.5. |
Eng yaxshi pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari tanlovini tashkil qilish |
2000-yil dekabr |
Tanlov |
Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi | |||||
|
2.6. |
Investitsiya loyihasining dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlari tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlash |
2000-yil noyabr |
Nizom |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank | |||||
|
III. Loyihalashtirish va qurishda istiqbolli texnologiyalarni joriy etish | |||||||||
|
3.1. |
2001-yildan boshlab topogeodeziya qidiruvlarini zamonaviy geoaxborot tizimiga va texnologiyalariga, loyiha-rejalashtirish, loyiha va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishni kompyuterlashtirishga oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish |
2000-yil noyabr |
Uslubiy tavsiyalar |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi | |||||
|
3.2. |
Loyihalashtirish, qurish va qurilish materiallari ishlab chiqarishda ilmiy-texnika yutuqlari monitoringini tashkil etish va ularni joriy etish muddatlarini sezilarli darajada qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish |
doimo |
Maʼlumotlar banki |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, FTDQ, “Oʻzquri- lishmateriallari” aksiya- dorlik kompaniyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | |||||
|
3.3. |
Monolit qurilishni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash |
2000-yil oktabr |
Takliflar |
“Davarxitektqurilsh” qoʻmitasi, loyihalashtirish institutlari, qurilish industriyasi korxonalari | |||||
| | | | | | | | | | |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.08.2000 yildagi 305-son
Кучга кириш санаси
05.08.2000
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat 05.08.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KAPITAL QURILISHDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hududiy komissiyalarining faoliyati belgilangan talablarga javob bermaydi.
Koʻpchilik mintaqalarda tarmoqni rivojlantirish va isloh qilish dasturi mavjud emas. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari rasmiyatchilik bilan amalga oshirilgan, davlat qurilish tashkilotlari soni koʻpligicha qolmoqda. Xususiy korxonalar pudrat ishlari bozorida oʻz munosib oʻrnini hozirgacha topmadi. Kam quvvatli va past rentabelli qurilish tashkilotlari sekinlik bilan tugatilmoqda. Buyurtmalarni joylashtirishning tender mexanizmi sust joriy etilmoqda, pudrat shartnomalarini bajarish darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda. Suiisteʼmol qilish va moliyaviy qonunni buzish, qurilish ishlari va materiallar qiymatini asossiz ravishda oshirib yuborish hollari davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (A.N. Isayev), tegishli Respublika va hududiy komissiyalar tomonidan kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va uning tarkibini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat qarorlari soʻzsiz bajarilishi ustidan zarur tashkilotchilik ishlari va nazorat taʼminlanmagan.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni taʼminlash, investitsiya jarayoni qatnashchilarining roli va javobgarligini kuchaytirish, qurilishda bozor mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va takomillashtirish yuzasidan olib borayotgan ishlari qoniqarsiz deb eʼtirof etilsin.
Samarqand (E.M. Roʻziyev), Toshkent (U.M. Mirzaqulov), Qashqadaryo (B.S. Hamidov) viloyatlari hokimlari kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda rahbarlikni susaytirib yuborganligi va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun Samarqand (S. Ibrohimov) va Toshkent (R. Moʻminov) viloyatlari hokimlari oʻrinbosarlarining, Chirchiq (D. Azizxoʻjayev), Bekobod (J. Nasriddinov), Ohangaron (A. Rasulov) shaharlari hokimlarining va Kitob tumani hokimining (U. Xidirov) egallab turgan lavozimlarida bundan buyon qolishi masalasini koʻrib chiqsinlar.
Maxsus komissiyaning ishi davomida kapital qurilishni isloh qilishdagi kamchiliklar uchun qurilish tashkilotlari va korxonalarining 17 rahbari lavozimidan ozod etilganligi va 25 rahbariga hayfsan eʼlon qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (A.N. Isayev) maxsus komissiyaning materiallari va xulosalarini tanqidiy oʻrganib chiqsin, Kompleks faoliyatining shakllari va usullarini qayta koʻrib chiqsin, kapital qurilishda iqtisodiy qayta oʻzgartirishlar amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etsin, tarmoqni isloh qilish boʻyicha Hukumat qarorlari oʻz vaqtida bajarilishi qattiq nazorat qilinishini taʼminlasin.
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish tadbirlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
kapital qurilishni isloh qilishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar, bir oy muddatda viloyat boʻgʻinining tegishli rahbarlari, qurilish tashkilotlari va korxonalari rahbarlarining javobgarligi darajasini koʻrib chiqsin;
xususiylashtirilgan qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarining mavjud quvvatlari belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazilishini tashkil etsinlar, keyinchalik ularni xususiy mulk qilib sotsinlar, shuningdek, ularga berilgan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oʻrganib chiqsinlar, ortiqcha yer maydonlarini olib qoʻysinlar;
Zarar koʻrib ishlayotgan va kam quvvatli qurilish tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilning oxirigacha past rentabelli va kam quvvatli tashkilotlarni tugatishni davom ettirish, ularni xususiylashtirishni tugallash chora-tadbirlarini koʻrsinlar, bunda mahalliy qurilish tashkilotlarini boshqarishning bir boʻgʻinli tizimiga oʻtishga alohida eʼtiborni qaratsinlar. Amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida 2001-yil 10-yanvargacha axborot berilsin.
4. Davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga 2001-yilgi va keyingi yillar respublika investitsiya dasturiga kiritiladigan yangidan boshlanayotgan qurilish obyektlari boʻyicha pudrat shartnomalari (kontraktlar)ni faqat pudrat savdolari natijalari boʻyicha qurilish sugʻurta tavakkalchiliklari sugʻurtalangan taqdirda tuzish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
5. Belgilansinki, shu yil 1-sentabrdan boshlab davlat budjeti va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga respublika investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun qurilish materiallarini xarid qilish, vositachilar sonidan qatʼi nazar, transport xarajatlari hisobga olingan va ularga nisbatan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda cheklangan tayyorlov-ombor va vositachilik ustamalari qoʻllangan holda tayyorlovchi korxonaning ulgurji-sotish narxlari (yoki import mahsulotning xarid qiymati) boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hamda buyurtmachilar va pudrat tashkilotlariga davlat budjeti va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan obyektlar qurilishiga yetkazib beriladigan asbob-uskunalar, qurilish materiallari, konstruksiyalarning cheklangan narxlarini belgilash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Investitsiya loyihalari hujjatlarini kelishib olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilab qoʻyilsinki, qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurish, ishga tushirish-sozlash, loyihalash-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ekologiya soligʻini hamda kichik korxonalar yagona soliqni, shuningdek, Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari import qilinayotgan qurilish asbob-uskunalari, mashina-mexanizmlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻidan hamda bojxona bojlaridan, shuningdek, sotib olingan yuk va maxsus avtomobillar qiymatidan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlardan, koʻrsatib oʻtilgan texnika oʻz moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun foydalanilgan taqdirda, uch yil muddatga ozod qilinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Adliya vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-avgust,
305-son
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish
TADBIRLARI
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizom yangi obyektlar qurish, obyektlar va asosiy vositalarni kengaytirish, texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish, mukammal tuzatish, asbob-uskunalar sotib olish, shuningdek, ilgari toʻxtatib qoʻyilgan obyektlar qurilishini davom ettirish bilan bogʻliq ishlar, xizmatlarning butun kompleksini bajarishga tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi hamda shartlarini belgilaydi.
1.2. Mazkur Nizomning amal qilishi davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga kapital qurilishni amalga oshirishda, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va davlat korxonalari buyurtmachilar hisoblangan hollarda majburiy hisoblanadi.
1.3. Nizomda quyidagi asosiy atamalardan foydalaniladi:
tanlov savdolari — buyurtmachiga qiymat va muddatlarning kelishilgan doirasida ishlar va xizmatlar bajarilishini, zarur sifatga ega boʻlgan asbob-uskunalar yetkazib berilishini kafolatlovchi tanlov oʻtkazish yoʻli bilan kapital qurilishda buyurtmalarni joylashtirish shakli;
talabgor — ofertasi roʻyxatdan oʻtkazilgan paytgacha taklif etilgan shartlarda tanlov savdolarida qatnashish niyatini bildirgan pudratchi;
dastlabki baholash — tanlov savdolarida qatnashishga qoʻyish uchun talabgorlarni tanlash;
savdo predmeti (obyekti) — kapital qurilishning aniq obyektlari, ular boʻyicha tanlov savdolari oʻtkaziladigan ishlar va xizmatlarning turlari;
savdo qatnashchilari — tanlov savdolarida qatnashish, ularni tayyorlash, oʻtkazish va savdo natijalarini tasdiqlashda qatnashish huquqiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar;
savdo tashkilotchisi — tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish topshirilgan shaxs;
tender hujjatlari — savdo sohasi (obyekti) haqida texnik, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflardan, shuningdek, savdo shartlari va tartiboti toʻgʻrisida boshlangʻich maʼlumotlardan iborat boʻlgan hujjatlar toʻplami;
tender komissiyasi — buyurtmachi tomonidan ofertani baholash va savdo gʻolibini aniqlash uchun tuziladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ;
oferta — pudratchining tanlov savdolari tartibotida qatnashish tender hujjatlarida belgilanadigan shartlarda savdo predmetiga nisbatan kontrakt tuzish yuzasidan yozma taklifi;
oferent — uning nomidan oferta taqdim etilgan shaxs;
tender buyurtmasini taʼminlash — buyurtmachining talabiga koʻra pudratchi tomonidan taqdim etiladigan, tanlov savdolari shartlarida nazarda tutilgan istalgan majburiyatning taʼminlanishi, bu birlamchi javobgar bank boʻlgan bank kafolati, kafilligi, zaxira akkreditivlar, cheklar hamda naqd mablagʻlar depozitlari sifatidagi taʼminlash yoxud taʼminlashning boshqa turlari;
shartnoma (kontrakt) bajarilishini taʼminlash — savdo gʻolibi tomonidan buyurtmachining talabiga koʻra pudrat shartnomasi (kontrakt)dagi majburiyatlar bajarilishi taʼminlanishi,
II. Tanlov savdolari qatnashchilari
2.1. Tanlov savdolarining tender hujjatlari va boshqa hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, savdo metodlari va usullarining maqsadga muvofiqligi va asosliligini aniqlash, tanlov savdolarini tashkil etish va ularni oʻtkazish ustidan nazorat qilish, savdolar qatnashchilari tomonidan savdolarni oʻtkazish shartlari va tartibotiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish:
1991-yilgi bazaviy narxlarda qiymati 2 mln. soʻm va undan ortiq tanlov savdolari predmeti boʻyicha Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan;
1991-yilgi bazaviy narxlarda qiymati 2 mln. soʻmgacha boʻlgan savdolar predmeti boʻyicha Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan (keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
2.2. Quyidagilar tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi: buyurtmachi, savdo tashkilotchisi, tender komissiyasi, talabgorlar, oferentlar.
Buyurtmachi yoxud buyurtmachi tomonidan tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazishga shartnoma asosida vakil qilingan yuridik shaxs savdo tashkilotchisi boʻlishi mumkin.
2.3. Tanlov savdolarini oʻtkazishda buyurtmachi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
belgilangan tartibda tanlov savdolari oʻtkazish usulini belgilaydi;
tanlov savdolari oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va rasmiy farmoyish beruvchi hujjat chiqaradi;
savdo tashkilotchisini belgilaydi va tegishli shartnoma tuzadi, uning ishini nazorat qiladi;
tanlov savdolari oʻtkazishning asosiy shartlarini va tender hujjatlarini belgilaydi;
tender komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi va uning ishida qatnashadi;
tender hujjatlarini va yetkazilgan savdolar natijalarini tasdiqlaydi;
tender hujjatlari va boshqa hujjatlar hamda tanlov savdolari natijalari belgilangan tartibda ekspertiza qilinishini taʼminlaydi;
savdolarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni koʻtaradi;
savdo gʻolibi bilan pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzadi;
oʻz vakolatlari doirasida boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
2.4. Quyidagilar savdo tashkilotchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
savdo tartibotini belgilash va uning rasmiylashtirilishi;
tanlov savdolari oʻtkazish uchun tender hujjatlari va boshqa zarur hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
eʼlonlar berish va taklifnomalar yuborish;
tender komissiyasi tarkibini tuzish;
jalb etiladigan ekspertlar va maslahatchilar faoliyatini muvofiqlashtirish;
talabgorlarni zarur tushuntirishlar bergan holda tender hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirish;
ofertalarni qabul qilish, ularning saqlanishini taʼminlash.
Savdo tashkilotchisining huquq va majburiyatlari doirasi buyurtmachi tomonidan savdoni tashkil etish va oʻtkazish haqidagi shartnomada belgilanadi.
2.5. Tender komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
ichida ofertalar boʻlgan konvertlarni ochadi, ularning tender hujjatlari bilan belgilangan baholash mezonlariga (hujjatlar taqdim etilishi, rasmiylashtirilishining toʻliqligi va boshqalar) muvofiqligini tekshiradi va konvertlar ochilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi;
ofertalarni oʻrganadi, tahlil qiladi va baholaydi, savdo gʻolibini aniqlaydi yoki boshqa qaror qabul qiladi;
savdo jarayonidagi nizolar va mojarolarni koʻrib chiqadi va tartibga soladi hamda ular boʻyicha xulosa chiqaradi.
Qoidaga koʻra tender komissiyasi tarkibiga buyurtmachi, pudrat tashkilotlari, moliya, iqtisod, bank organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari vakillari kiritiladi.
Tender komissiyasi majlislarida “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining vakolatli vakili qatnashadi.
III. Tanlov savdolarini oʻtkazish shakllari
3.1. Tanlov savdolari cheklanmagan (ochiq) yoki cheklangan (yopiq) pudratchilar ishtirokida, shuningdek, ikki bosqichda oʻtkazilishi mumkin.
Savdoda uchtadan kam talabgor qatnashsa, savdo boʻlmagan deb eʼtirof etiladi.
3.2. Ochiq savdolarda mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.
Barcha talabgorlar teng sharoitlarda boʻlishi kerak. Agar qonun hujjatlarida tender savdolariga olib chiqiladigan faoliyat turini litsenziyalash nazarda tutilgan boʻlsa, talabgorlar belgilangan tartibda berilgan tegishli litsenziyalarga ega boʻlishi kerak.
3.3. Buyurtmachi tomonidan pudratchilarni oldindan baholagan holda tanlab olinadigan ochiq savdolar oʻtkazilishi mumkin, ular asosida keyinchalik talabgorlar roʻyxati aniqlanadi, ular oʻrtasida savdo oʻtkaziladi.
Buyurtmachi axborot eʼlon qiladi yoki savdoning asosiy shartlarini koʻrsatgan holda tanlovdan oldin baholashda qatnashish yuzasidan potensial pudratchilarga taklifnoma yuboradi.
3.4. Cheklangan pudratchilar jalb qilingan tanlov savdolari buyurtmachi tomonidan:
ishlar va xizmatlar yuqori darajada murakkab yoki tor ixtisoslashgan va cheklangan pudratchilar bilangina bajarilishi mumkin boʻlgan hollarda;
juda koʻp buyurtmalarni koʻrib chiqish va baholash uchun zarur boʻlgan xarajatlar ishlar va xizmatlar qiymatiga muvofiq boʻlmagan hollarda oʻtkazilishi mumkin.
Cheklangan pudratchilar jalb qilingan savdolarni oʻtkazishda buyurtmachi yoki uning topshirigʻiga koʻra savdo tashkilotchisi kamida toʻrtta talabgorni oldindan tanlab oladi va ularga boʻlajak savdolarda qatnashish taklif qilingan bildirishnoma yuboradi. Ushbu holda savdo toʻgʻrisidagi eʼlon matbuotda eʼlon qilinmaydi va boshqa talabgorlarning ofertalari koʻrib chiqilmaydi.
3.6. Ikki bosqichli savdodan foydalanilgan tanlov savdolari quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
buyurtmachi ish turlarini batafsil bayon qilish yoki xizmatlar tavsifini belgilash imkoniyatiga ega boʻlmasa;
buyurtmachi ilmiy tadqiqotlar, eksperimentlar, qidiruvlar yoki ishlanmalar oʻtkazishga shartnoma tuzish niyatida boʻlsa, shartnomada ishlarning rentabelligini taʼminlash uchun yetarli boʻlgan yoki tadqiqot yoki ishlanmalarga xarajatlarni qoplashni taʼminlaydigan hajmlardagi ishlarni bajarish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
cheklanmagan pudratchilar ishtirokidagi savdolarga ofertalar taqdim etilmasa, yoxud barcha ofertalar buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda rad etilsa, yangi savdolar oʻtkazish esa, buyurtmachining asoslashiga koʻra, shartnoma (kontrakt) tuzilishiga olib kelmasa.
3.7. Ikki bosqichli savdo oʻtkazishda:
savdoning birinchi bosqichida pudratchilar dastlabki ofertalarni narxni koʻrsatmasdan taqdim etadilar. Buyurtmachi birinchi bosqichda ofertasi rad etilmagan istalgan pudratchi bilan muzokaralar oʻtkazishga haqlidir;
savdoning ikkinchi bosqichida buyurtmachi birinchi bosqich yakunlariga koʻra ofertalari rad etilmagan pudratchilarga narx koʻrsatilgan holda uzil-kesil buyurtmalar (ofertalar) taqdim etishni taklif qiladi.
IV. Pudratchilarni baholash maʼlumotlari
4.1. Pudratchilar tanlov savdolarida qatnashish uchun quyidagi baholash koʻrsatkichlariga rioya etishlari kerak:
zarur kasbiy va texnik malaka koʻrsatkichlariga ega boʻlishlari, moliyaviy mablagʻlarga va boshqa moddiy imkoniyatlarga, ishonchlilikka, tajriba va nufuzga, shuningdek, shartnoma (kontrakt)ni bajarish uchun zarur odamlar resurslariga ega boʻlishlari kerak;
shartnoma (kontrakt) tuzishga fuqarolik huquqiy layoqatiga va vakolatlariga ega boʻlishlari kerak.
4.2. Buyurtmachi savdo tartibotlarida qatnashuvchi pudratchilardan ular baholash maʼlumotlarining muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatli yoki boshqa axborot shaklidagi isbotlar taqdim etilishini talab qilishga haqlidir. Buyurtmachi pudratchilarning oʻz intellektual mulki yoki tijorat siri saqlanishiga boʻlgan huquqini buzishga haqli emas.
4.3. Pudratchilarning baholash maʼlumotlariga nisbatan talablar takliflar, ofertalar yoki kotirovkalarni jalb qilish boʻyicha tender hujjatlarida yoki boshqa hujjatlarda bayon qilinishi kerak.
Talab barcha pudratchilarga baravar qoʻllaniladi,
4.4. Buyurtmachi pudratchilarning baholash maʼlumotlariga nisbatan boshqa mezonlar va talablar belgilashga haqli emas, qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
4.5. Taʼsis etish, moliyaviy qatnashish, xolding va boshqa shakllarda ifodalangan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bir-biriga bogʻliqlikka ega boʻlgan korxonalar va firmalarning tanlov savdolarida qatnashishi taqiqlanadi.
4.6. Pudratchilarning baholash maʼlumotlarini baholash buyurtmachi tomonidan takliflarni jalb etish boʻyicha oldindan baholash, tender hujjatlari yoki boshqa hujjatlarda bayon qilingan mezonlar va talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
4.7. Buyurtmachi yoki savdo tashkilotchisi, agar u baholash maʼlumotlari toʻgʻrisidagi taqdim etilgan axborot yolgʻon ekanligini aniqlasa, pudratchini savdo tartibotida qatnashishdan chetlatadi.
4.8. Buyurtmachi yoki savdo tashkilotchisi, agar baholash maʼlumotlari toʻgʻrisidagi axborot jiddiy boʻlmagan xatolar bilan taqdim etilgan boʻlsa hamda buyurtmachining talabiga koʻra darhol bartaraf etilishi mumkin boʻlsa, pudratchini savdolarda qatnashishdan chetlatishga haqli emas.
4.9. Quyidagilarning:
savdolar boshlanishidan oldingi yil mobaynida hech boʻlmaganda bir marta shartnoma (kontrakt)ni bajarmagan;
bankrotligi toʻgʻrisidagi ularning ishini koʻrib chiqish jarayonida qatnashayotgan yoki bankrot deb eʼlon qilingan pudratchilarning savdo tartibotida qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.10. Buyurtmachi bilan pudratchilar oʻrtasidagi xabarlar, bildirishnomalar va oʻzaro axborot ayirboshlashning boshqa shakllari belgilangan shaklda taqdim etilishi kerak. Dastlabki bosqichlarda, dastlabki xabar belgilangan shakldagi xabar bilan darhol tasdiqlanishi sharti bilan, xabar mazmunini yozishni taʼminlanmaydigan aloqa vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Axborot ayirboshlash shakllari va ularni yuborish muddatlari barcha pudratchilar uchun umumiy hisoblanadi.
V. Tanlov savdolari oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
5.1. Buyurtmachi tomonidan tanlov savdolari tartibotlarida qatnashishga eʼlon berish, bildirishnomalar, takliflar va boshqa takliflar yuborish pudratchilarga tartibotlarda qatnashishga oʻz buyurtmanomalarini tayyorlash va taqdim etish uchun yetarlicha vaqtini taʼminlaydigan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ochiq tanlov savdolari uchun koʻrsatib oʻtilgan muddat eʼlon berilgan kundan boshlab kamida 30 kalendar kun yoki taklifnoma yuborilgan kundan boshlab kamida 35 kun boʻlishi kerak.
5.2. Ochiq tanlov savdolari oʻtkazishda eʼlon respublika, mahalliy matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalarida bosiladi, shuningdek, bevosita potensial talabgorlarga taklifnomalar yuborish yoʻli bilan maʼlum qilinadi.
Nashrlar roʻyxati “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishilishi kerak.
Tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma yoki oldindan baholanadigan tanlovda qatnashishga taklif Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Tanlov savdolari byulletenida ham eʼlon qilinadi.
5.3. Tanlov savdolarida qatnashishga eʼlonda quyidagi axborot boʻlishi kerak:
buyurtmachining nomi va yuridik manzili;
mablagʻ bilan taʼminlash manbalari;
savdo predmeti tavsifi va uni amalga oshirish joyi;
qurilish ishlarini va xizmatlar koʻrsatishni tugallash uchun maqbul yoki talab qilinadigan vaqt;
pudrat tashkilotiga qoʻyiladigan asosiy shartlar;
tender hujjatlarini olish joyi va uning uchun haq toʻlash miqdori;
oferta taqdim etish joyi va soʻnggi muddati;
ofertani ochish joyi va muddati.
5.4. Tanlov savdolari tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi, bank maʼlumotnomasi, aniq roʻyxat, davlat boshqaruvi organining qarori va boshqalar) bilan tasdiqlangan investitsiya resurs-lari mavjud boʻlgan obyektlarga, ishlar turlariga eʼlon qilinishi mumkin.
5.5. Tender hujjatlari, qoidaga koʻra, ikki qismdan: umumiy va texnik qismlardan iborat boʻladi.
Umumiy qism savdolarda qatnashishga taklifni, pudrat shartnomasi (kontrakt)ning umumiy va tijorat shartlarini, savdoda qatnashish uchun talabgorlarning buyurtmanomalar berish shaklini, savdolar qatnashchilariga yoʻriqnomalarni, pudratchining baholash maʼlumotlariga qoʻyiladigan talablarni, savdo gʻolibini aniqlash mezonlarini, kontrakt loyihasini va savdoning boshqa tartibotlarini oʻz ichiga oladi.
Texnik qismiga:
ruxsat beruvchi hujjatlar (yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qaror, uchastkani tanlash dalolatnomasi, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi, qurilish pasporti, topogeodeziya maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar);
umumiy qismdan, arxitektura-rejalashtirish yechimlari va pardozlash bayonidan, muhandislik asbob-uskunalari boʻyicha yechimlardan, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlaridan, qurilish muddatidan iborat boʻlgan tushuntirish xati;
ishlarning fizik hajmlari, nuqsonli dalolatnomalar ham shu jumlaga kiradi;
grafik qism (vaziyatli reja, bosh reja sxemasi, rejalar, kesimlar, fasadlar);
asbob-uskunalarga va asosiy moddiy-texnika resurslariga, konstruksiyalarga va buyumlarga buyurtmali spetsifikatsiya kiritiladi.
Savdo predmetining tasniflanishiga qarab (murakkablik, yakka tartibdagi reja, namunaviy, ommaviy, takroran qoʻllaniladigan loyihalar yoki standartlarga muvofiqlik) tender hujjatlarining texnik qismida boshqa maʼlumotlar va materiallar ham nazarda tutilishi mumkin.
5.6. Tender hujjatlari texnik qismining va tanlov savdolari predmetining hisoblangan qiymati (boshlangʻich narxi)ning tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishgan holda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda belgilanadi.
5.7. Savdo predmetining boshlangʻich narxi oshkor qilinmasligi kerak, tanlov savdolari oʻtkazish shartlarida boshlangʻich narxlarni eʼlon qilish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Savdo predmeti qiymati joriy narxlarda belgilanadi.
5.8. Tender hujjatlari barcha talabgorlar uni bir xil tushunadigan tarzda tuzilishi kerak. Ishlar va xizmatlarni tavsiflashda umumiy qabul qilingan belgilashlar va nomlashlar qoʻllanilishi kerak.
5.9. Talabgorlar tomonidan oferta taqdim etish tartibi va muddatlari tender hujjatlarida belgilanadi.
Oferentlar tomonidan buyurtmachi (investor)ning tender komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar tender hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
5.10. Buyurtmachi tender hujjatlarini pudratchilarga savdoda qatnashishga taklifnomada yoki dastlabki baholash tanlovida koʻrsatilgan tartibotlar va talablarga muvofiq soʻrov olingan kundan boshlab yetti kundan kechikmay taqdim etishi shart.
Tender hujjatlari, qoidaga koʻra, haq evaziga taqdim etiladi, uning miqdori buyurtmachi yoki savdo tashkilotchisi tomonidan belgilanadi.
5.11. Buyurtmachi pudratchining soʻroviga koʻra tender hujjatlariga tegishli maʼlumotlar va materiallarni tushuntirish bilan bogʻliq istalgan soʻrovga soʻrov manbaini koʻrsatmagan holda savdoning barcha qatnashchilariga javoblarni albatta yuborgan holda oferta (taklif)lar berish muddati tamom boʻlishidan kamida oʻn kun oldin yozma ravishda javob berishi shart. Soʻrovlar va ularga javoblar pudratchi javobni olib oʻz ofertasini oʻz vaqtida taqdim etishini hisobga olgan holda oferta (taklif) taqdim etish muddati tamom boʻlgungacha taqdim etiladi.
5.12. Oferta taqdim etish muddati tamom boʻlgungacha buyurtmachi bu haqda tender hujjatlarini olgan pudratchilarga darhol maʼlum qilgan holda tender hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va oferta taqdim etish muddatini pudratchilar tomonidan koʻrsatib oʻtilgan oʻzgartirishlarni kiritish uchun yetarli boʻlgan muddatga uzaytirishga haqlidir.
5.13. Agar buyurtmachi tender hujjatlarini olgan pudratchilar bilan uchrashuv oʻtkazsa, u bayonnoma tuzadi, unda soʻrovlar tushgan manbalar koʻrsatilmagan holda tender hujjatlari boʻyicha soʻrovlar va ularga javoblar yoritiladi. Bayonnoma zudlik bilan tender hujjatlarini olgan barcha pudratchilarga taqdim etiladi.
VI. Ofertalarni taqdim etish va baholash
6.1. Ofertalar tender hujjatlarida koʻrsatilgan muddatda kuchda qoladi. Agar tender hujjatlarida oʻzgacha hol koʻrsatilma-gan boʻlsa, pudratchi bu haqda buyurtmachiga yozma ravishda maʼlum qilgan va oʻz ofertasi taʼminlanishi huquqini saqlab qolgan holda uning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar oʻz ofertasini chaqirib olishga haqlidir.
6.2. Imzo va muhr bilan tasdiqlangan oferta ikki qavatli konvertlarda buyurtmachiga yoki savdo tashkilotchisiga yuboriladi.
Ichki konvertda savdo obyektining nomi va oferta qabul qilish uchun belgilangan sana, tashqi konvertda - tender buyurtmasini (ofertani) qabul qilish uchun belgilangan manzil va boshqa takliflar koʻrsatiladi. Barcha yozuvlar tender hujjatlari shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6.3. Tender hujjatlarida belgilangan muddatdan keyin tushgan ofertalar qurib chiqilmaydi, Ofertalarni joʻnatish sanasi pochta shtempeli yoki savdo tashkilotchisi tomonidan talabgorga berilgan oferta olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma boʻyicha aniqlanadi. Ofertalarni baholash davri va uning amal qilish muddati tender hujjatlarida belgilanadi.
6.4. Pudratchi ofertani taqdim etish bilan birgalikda tender hujjatlarida koʻrsatilgan miqdorlarda, biroq amal qilish muddati ofertaning oʻzi amal qilishi muddatidan kam boʻlmagan savdo predmeti qiymatining 10 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda tender buyurtmanomasi taʼminotini taqdim etishi kerak.
6.5. Buyurtmachi tender hujjatlarida oferta taʼminlanishini va ushbu taʼminlash kafilligini ifodalovchi talablarni, shuningdek, tender buyurtmanomalarini taʼminlash shakli va shartlarini belgilashga haqlidir.
6.6. Buyurtmachi oferta taʼminlanishini:
savdo gʻolibi bilan shartnoma (kontrakt) imzolashning eng soʻnggi muddati tamom boʻlgach barcha pudratchilarga;
savdo gʻolibi bilan shartnoma (kontrakt) tuzish chogʻida, shartnoma (kontrakt) ijrosining talab etiladigan taʼminlanishi taqdim etilganda savdo gʻolibiga;
shartnoma (kontrakt) imzolanmasdan savdo tartibotlari tamom boʻlgandan keyin barcha pudratchilarga;
oferta taqdim etishning eng soʻnggi muddati tamom boʻlgach pudratchilar tomonidan oferta chaqirib olinganda pudratchilarga qaytaradi.
6.7. Buyurtmachi yoki savdo tashkilotchisi, agar bunday huquq buyurtmanomalar va Ofertalarni jalb qilish boʻyicha tender hujjatlari yoki boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan boʻlsa, barcha Ofertalarni rad qilishga haqlidir.
6.8. Buyurtmachi oferta taqdim etgan barcha pudratchilarni sababini koʻrsatmagan holda ularning rad etilganligi yoki tanlov savdolari bekor qilinganligi toʻgʻrisida darhol xabardor qiladi. Buyurtmachi buning uchun oferentlar oldida javob bermaydi.
VII. Savdolarni oʻtkazish va ularning natijalarini yakunlash
7.1. Tanlov savdolari, qoidaga koʻra, buyurtmachi joylashgan joyda oʻtkaziladi.
7.2. Tender komissiyasining aʼzolari savdo shartlarida belgilangan kunda yigʻilishga toʻplanadilar. Belgilangan soatda ofertalar kelgan konvertlar ochiladi, barcha rasmiyatchiliklarga rioya qilinganligi, talab qilingan maʼlumotlar, hujjatlarning mavjudligi tekshirib chiqiladi. Buyurtmachi tender buyurtmasini ochishda qatnashishga barcha oferentlar yoki ularning vakillarini kiritishga majburdir.
Oferta ochilgandan soʻng oferentning nomi, u tomonidan taklif qilingan tender buyurtmasi narxi, shuningdek, agar bu tender hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, talabgorning qoʻshimcha takliflari oʻqib beriladi. Ochish natijalari tender komissiyasi yigʻilishi bayonnomasiga kiritiladi.
Ofertalarni ochishda qatnashmagan oferentning soʻrovi boʻyicha, buyurtmachi tomonidan unga ochish natijalari maʼlum qilinadi.
7.3. Taqdim etilgan ofertalarni baholash paytida buyurtmachi oferentlardan ularning ofertalarining mohiyati boʻyicha tushuntirishlar soʻrashga haqlidir.
Ofertaning mohiyatini, shu jumladan, narxini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan soʻrovlarga, takliflarga va tushuntirishlarga yoxud taqdim etilgan ofertaga nisbatan buyurtmachi va oferent oʻrtasida muzokaralarga yoʻl qoʻyilmaydi.
7.4. Tender komissiyasi tender hujjatlarida belgilangan shaklga va kelishilgan shartlarga muvofiq kelmaydigan holda taqdim etilgan ofertalarni koʻrib chiqmaslikka, shuningdek, buyurtmachi bilan kelishgan holda savdoni yopish muddatini choʻzishga yoki bekor qilishga haqlidir.
7.5. Ofertani tekshirish chogʻida xatoliklar aniqlanganda tender komissiyasi ofertani baholashda yozuv bilan koʻrsatilgan yakuniy summa, hatto bu summa unga qiruvchi elementlar yigʻindisi hisoblanmasa ham, agar tender hujjatlariga koʻra xatolarni tuzatishning boshqa shartlari koʻzda tutilmagan boʻlsa, toʻgʻri hisoblanishi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
7.6. Belgilangan shakl boʻyicha taqdim etilmagan va savdoga qoʻyilmagan ofertalar, ularni rad etish sabablari koʻrsatilgan holda bayonnomada alohida sanab oʻtiladi.
Oferta buyurtmachi tomonidan:
oferent baholash talablariga mos boʻlmaganda;
oferent uning ofertasidagi arifmetik xatolarning tuzatilishiga rozi boʻlmasa;
oferta qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan qoidalarga yoki tender hujjatlarida belgilangan talablarga javob bermaganda qaytariladi.
7.7. Yutib chiqqan deb:
amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq taqdim etilgan imtiyoz va afzalliklar hisobga olingan holda eng past narxdagi oferta;
tender hujjatlarida koʻrsatilgan xolis baholash mezonlari asosida qulayroq boʻlgan oferta hisoblanadi.
Ofertani baholashda taklif qilinayotgan qiymat (narx), ijro muddatlari, ishlarni bajarish tartibi, malakali subpudratchilarni jalb qilish imkoniyatlari va boshqa tijorat, texnik va tashkiliy ustuvorliklar eʼtiborga olinadi.
7.8. Savdoda yutib chiqqan oferentni aniqlash, savdo turidan qatʼi nazar, hamma vaqt yopiq holda oʻtkaziladi. Savdoni yutib chiqqan oferent oshkora eʼlon qilinadi. Qolgan qatnashchilar esa ularning takliflari rad etilganligi haqida yozma tarzda xabardor qilinadilar.
Tender buyurtmalarini koʻrib chiqish, narxlarini tushuntirish va taqqoslashga aloqador maʼlumotlar oshkor qilinmaydi, tegishli sud qarori bundan mustasno.
7.9. Tender komissiyasi barcha aʼzolarining imzolari bilan tasdiqlangan savdo natijalari bayonnomasi buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnoma tasdiqlanmagan taqdirda sabablari koʻrsatilgan qaror bilan tender komissiyasiga yuboriladi. Ofertalarni ochish toʻgʻrisidagi bayonnoma eʼlon qilinmaydi,
7.10. Tanlov savdolari tender komissiyasi tomonidan agar:
savdo yopilishi muddati tamom boʻlgunga qadar birorta ham oferta tushmasa;
taqdim etilgan barcha ofertalarda tender buyurtmasini taʼminlash mavjud boʻlmasa;
taqdim etilgan barcha ofertalar tender hujjatlari shartlariga muvofiq boʻlmasa;
oferentlar tomonidan taqdim etilgan eng past narx obyektning buyurtmachi tomonidan belgilangan hisoblab chiqilgan (boshlangʻich) narxidan ancha ortiq boʻlsa, savdo boʻlmagan deb eʼlon qilinishi mumkin.
Ushbu holda buyurtmachi takroriy savdo tayinlashi yoki belgilangan tartibda savdo oʻtkazishning boshqa yoʻllarini tanlashi mumkin.
Tender komissiyasi oferentlarning eʼtirozlarini qabul qilmaydi va savdo boʻlmadi deb eʼlon qilinganda ular oldida mulkiy yoki yuridik javob bermaydi.
7.11. Yutib chiqqan ofertaning tan olinganligi toʻgʻrisidagi yozma xabar buyurtmachi tomonidan savdo gʻolibiga savdo tugagandan keyin besh kundan kechiktirilmay yuboriladi.
7.12. Agar tender hujjatlarida savdoda yutib chiqqan pudratchining shartnoma (kontrakt)ni imzolash vazifasi koʻrsatilgan boʻlsa bunday shartnoma (kontrakt) xabarnoma joʻnatilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin tomonlar tomonidan tasdiqlanadi. Pudrat shartnomasi (kontrakt) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
7.13. Agar ofertasi akseptlangan oferent shartnoma (kontrakt)ga imzo qoʻymasa yoki shartnoma (kontrakt) bajarilishi uchun talab etiladigan taʼminlashni taqdim etmasa, buyurtmachi shartnoma (kontrakt)ni taklifi kelgan amaldagi ofertalar ichidan ikkinchi bahoni olgan oferentga berishga yoxud qayta savdo oʻtkazishga haqlidir.
Shartnoma (kontrakt) bajarilishini taʼminlash miqdori savdo predmeti boshlangʻich qiymatining 10 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
7.14. Agar mazkur Nizomga muvofiq shartnoma (kontrakt) tuzishi majburiy boʻlgan tomon uni tuzishdan bosh tortayotgan yoki rad etayotgan boʻlsa, boshqa tomon shartnoma (kontrakt) tuzish yoki bu rad etish natijasida unga yetkazilgan zararni qoplash talabi bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
7.15. Buyurtmachi tanlov savdolarining natijalari boʻyicha shartnoma (kontrakt) tuzish haqida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida ushbu qaror toʻgʻrisida mahalliy matbuotda axborot eʼlon qilishi shart. Eʼlon qilinayotgan axborotda majburiy tartibda savdo gʻolibining nomi, shartnoma predmeti, narxi va uni bajarish muddatlari koʻrsatiladi.
7.16. Savdo gʻolibi boʻlgan pudratchi faqat quyidagi hollarda buyurtmachining foydasiga oʻzining ofertasini taʼminlashni yoʻqotadi:
agar shunday shart tender hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, oʻzining ofertasini oferta ochilishi kunigacha chaqirib olganda;
oʻzining ofertasida belgilangan shartlar boʻyicha shartnoma (kontrakt)ni imzolashdan bosh tortganda;
savdo toʻgʻrisidagi shartnomani bajarishning talab etilgan taʼminlanishini taqdim etishdan bosh tortganda, agar bunday shart tender hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirda.
7.17. Tanlov savdosi uning natijalari Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda buyurtmachi tomonidan tasdiqlangandan keyin tugallangan hisoblanadi.
7.18. Buyurtmachi Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda tanlov savdosini oʻtkazish toʻgʻrisida hisobot yuritishi shart.
VIII. Tender hujjatlarining ekspertizasi va savdoni oʻtkazish tartibini nazorat qilish
8.1. Takliflar va ofertalarni jalb qilish boʻyicha tender hujjatlari va boshqa hujjatlarni ekspertiza qilish, tanlov savdolarini oʻtkazish tartibini nazorat qilish “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Savdoni oʻtkazishning qonun hujjatlarida belgilangan shartlari va mazkur Nizomning buyurtmachi tomonidan qoʻpol ravishda buzilishi hollari aniqlansa, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi savdoni oʻtkazishni toʻxtatib qoʻyishga haqlidir.
8.2. Tender hujjatlarini ishlab chiqishda buyurtmachi tomonidan mazkur Nizom shartlariga, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish masalalarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi tender hujjatlarini ekspertiza qilish predmeti hisoblanadi.
8.3. Tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun buyurtmachi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga:
tender hujjatlari toʻliq toʻplami nusxasini;
tender komissiyasining tarkibi va savdo tashkilotchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
savdo predmetining texnik-iqtisodiy asoslanishi (texnik-iqtisodiy hisob-kitobi) yoki savdo predmetining hisoblangan (boshlangʻich) narxining asoslanganligi toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotlarni;
mablagʻ bilan taʼminlash manbalari koʻrsatilgan holda belgilangan tarzda rasmiylashtirilgan savdo predmeti aniq roʻyxatining nusxasini taqdim etadi.
Zaruriyat boʻlganda, savdo predmeti (obyekt)ning hajmi va murakkabligiga qarab, ekspert organi buyurtmachidan qoʻshimcha maʼlumotlar va hisob-kitoblarni talab qilib olishga haqlidir.
Buyurtmachi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
8.4. Tender hujjatlari va boshqa hujjatlarni ekspertiza qilish hamda tegishli xulosalarni berish ekspert organi tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun muddatda amalga oshiriladi.
Taqdim etilgan hujjatlarning butligi ekspert organi tomonidan 2 kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Ekspertiza natijasi salbiy boʻlgan taqdirda, tender hujjatlarini qayta ekspertizadan oʻtkazish 5 kun muddatda amalga oshiriladi.
8.5. Buyurtmachi tomonidan tanlov savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon tender hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspert xulosasi mavjud boʻlgandagina eʼlon qilinadi.
8.6. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi savdo oʻtkazish muddatlari, tender hujjatlarining shartlari oʻzgarganligi, savdoni oʻtkazish bekor qilinganligi yoki savdoni yopish kuni kechiktirilganligining, savdo gʻolibini tanlash boʻyicha tender komissiyasi qarorining asosliligi, buyurtmachi yoki savdo tashkilotchisi tomonidan ofertani qabul qilish va saqlash hamda boshqa tartibot masalalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Buyurtmachi tomonidan savdoni oʻtkazish muddatlari, tender hujjatlari shartlari oʻzgartirilishi va tanlov savdolari bekor qilinishi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
IX. Tanlov savdolarini oʻtkazish va tashkil etish xarajatlari hamda tomonlarning javobgarligi
9.1. Savdolarni tashkil etish va oʻtkazish buyurtmachining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi va ular yuzasidan boʻladigan xarajatlar savdo predmeti qiymatiga kiritiladi. Savdo bekor qilingan taqdirda savdoni oʻtkazish xarajatlari:
davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan obyektlar boʻyicha — davlat budjeti hisobiga;
budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek, aralash mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan obyektlar boʻyicha — ushbu mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
Tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash, markazlashtirilgan manbalardan mablagʻ bilan taʼminlash hisobiga tanlov savdolarini oʻtkazish xarajatlari Moliya vazirligi hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishgan holda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan baholar boʻyicha amalga oshiriladi.
9.2. Buyurtmachi va savdoning boshqa qatnashchilari mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga rioya qilinishi va savdo natijalarining xolisligi uchun amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
9.3. Har qanday pudratchi, tanlov savdolari qatnashchisi, agar u bunday harakatlar yoki qarorlar natijasida unga ziyon yetkazilgan yoki ziyon yetkazilishi mumkin deb hisoblansa, buyurtmachining bunday harakatlari yoki qarorlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
9.4. Mazkur Nizomga muvofiq:
IV boʻlimga muvofiq tanlov savdolari tartibotini cheklash;
6.7-bandga muvofiq buyurtmachining barcha ofertalar (tender buyurtmalari), takliflar va kotirovkalarni rad etish toʻgʻrisidagi qarori shikoyat qilish obyekti boʻlishi mumkin emas.
9.5. Agar pudrat shartnomasi (kontrakt) hali kuchga kirmagan boʻlsa, shikoyat yozma ravishda buyurtmachining rahbariga beriladi, buyurtmachining shikoyat qilinayotgan harakati yoki qarori yoki foydalanilayotgan tartibot “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishiladigan hollarda shikoyat “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining rahbariga beriladi. Agar pudratchining shikoyati ushbu shikoyatga asos boʻlgan jihatlarni pudratchi bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan kundan 20 kun oʻtgandan keyin berilgan boʻlsa, pudratchining shikoyati qabul qilinmaydi va koʻrib chiqilmaydi.
Pudrat shartnomasi (kontrakt) kuchga kirgan taqdirda shikoyat qabul qilinmaydi va shikoyatni koʻrib chiqish toʻxtatiladi.
9.6. Agar shikoyat boʻyicha tomonlar kelisha olmayotgan taqdirda, shikoyatni koʻrib chiqayotgan rahbar shikoyat olingandan keyin 30 kun mobaynida shikoyatni qondirish rad etilishi sabablari yoki shikoyatni toʻliq yoki qisman qondirish uchun koʻriladigan choralar toʻgʻrisida yozma ravishda oʻz qarorini kiritadi.
9.7. Buyurtmachining rahbari shikoyatni olgach, shikoyatning berilganligi va uning mazmuni haqida ushbu shikoyatga daxldor boʻlgan hamma pudratchilarni xabardor qilishi shart. Shikoyat qilish tartiboti natijasida manfaatlari daxl qilinadigan yoki daxl qilinishi mumkin boʻlgan pudratchi yoki savdoning boshqa qatnashchilari ushbu tartibotlarda qatnashishga haqlidir.
Buyurtmachi rahbarining yoki “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining shikoyat boʻyicha qabul qilgan qarori qaror chiqarilgan kundan boshlab besh kun mobaynida shikoyat bergan pudratchiga, shuningdek, tanlov savdolari jarayoniga jalb qilingan, shikoyat qilish tartibotida qatnashgan boshqa barcha pudratchilar va shaxslarga yuboriladi.
9.8. Shikoyat berish, agar:
shikoyat asosli yoki mazkur shikoyatni qondirish ehtimoli mavjud boʻlsa;
tanlov savdosi tartiboti toʻxtatib qoʻyilmagan taqdirda pudratchi uchun jiddiy zarar koʻrish ehtimoli mavjud boʻlsa;
toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror buyurtmachiga yoki savdoning boshqa qatnashchilariga jiddiy zarar keltirmasa, tanlov savdolari tartibotini 10 kun muddatgacha toʻxtatib qoʻyadi.
Buyurtmachining rahbari yoki “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi shikoyat bergan pudratchining huquqini taʼminlash maqsadida toʻxtatib qoʻyish davomiyligi oʻttiz kundan oshmasligi sharti bilan tanlov savdolari tartibotini toʻxtatib qoʻyish muddatini uzaytirishga haqlidir.
9.9. Tanlov savdolari tartibotidan kelib chiquvchi nizolar buyurtmachi yoki savdoning boshqa qatnashchilarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish sud organlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiya loyihalarining hujjatlarini kelishib olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom loyihalashtirish topshiriqlarini, investitsiya loyihalarining loyiha oldi va loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish, kelishib olish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Investitsiya loyihalari hujjatlariga texnik-iqtisodiy asoslash, texnik-iqtisodiy hisob-kitob, ish loyihasi va tender hujjatlarining texnik qismi kiradi.
Texnik-iqtisodiy asoslash — investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini, loyihaning tashkiliy, texnik va iqtisodiy jihatdan eng samarali yechimlari tanlanganligini asoslab beruvchi hujjat.
Texnik-iqtisodiy hisob-kitob — iqtisodiy hisob-kitobgacha qisqartirilgan texnik-iqtisodiy asoslash va u odatda rekonstruksiya qilinadigan va texnik jihatdan qayta jihozlanadigan obyektlar uchun ishlab chiqiladi.
Ish loyihalari va tender hujjatlarining tarkibi amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
3. Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va texnik jihatdan qayta jihozlanadigan quyidagi:
qurilish qiymati 1991-yilgi bazaviy narxlarda 3,0 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan ishlab chiqarish maqsadlaridagi, qiymati 5,0 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan boshqa ishlab chiqarish maqsadlaridagi;
qurilish qiymati 1991-yilgi bazaviy narxlarda 3,0 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan noishlab chiqarish maqsadlaridagi;
Hukumat kafolati ostida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb etilgan obyektlar boʻyicha majburiy tartibda ishlab chiqiladi.
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan ayrim hollarda qiymati 1991-yilgi bazaviy narxlarda 3,0 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan, mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalaridan mablagʻ bilan taʼminlanadigan, texnik jihatdan qiyin boʻlmagan korxonalarni, namunaviy va qayta qoʻllaniladigan iqtisodiy bazaviy loyihalar boʻyicha bino va inshootlarni qurishda texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
4. Ommaviy ravishda uy-joy-xoʻjalik qurilishi, aholi yashash punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan suv taʼminoti, kanalizatsiya, energiya taʼminoti, gaz taʼminoti va irrigatsiya koʻcha shoxobchalari hamda obodonlashtirish obyektlari boʻyicha, shuningdek, amaldagi namunaviy loyihalar qoʻllanilgan holda uy-joy-xoʻjalik maqsadlaridagi yakka obyektlarni loyihalashtirishda hujjatlarni ishlab chiqish bir bosqichda — texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ishlab chiqilmasdan ish loyihasi boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Investitsiya loyihalarini loyihalashtirish topshiriqlari:
mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, hisoblangan qiymati 1991-yilgi bazaviy narxlarda 25 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan obyektlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining taqdimnomasiga koʻra, Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari Departamenti bilan kelishgan holda investor tomonidan;
mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, hisoblangan qiymati 5,0 mln. soʻmdan 25 mln. soʻmgacha boʻlgan obyektlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda investor tomonidan;
mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilayotgan, hisoblangan qiymati 5,0 mln. soʻmgacha boʻlgan obyektlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda Qoʻmita belgilagan tartibda investor tomonidan, markazlashtirilmagan mablagʻlar hisobiga qurilayotgan obyektlar uchun esa investor tomonidan tasdiqlanadi.
6. Loyihalashtirish topshiriqlarini va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni mablagʻ bilan taʼminlash, qoidaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishilgan loyiha-qidiruv ishlarining aniq roʻyxatlariga muvofiq belgilangan tartibda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirishning tegishli manbalari hisobiga amalga oshiriladi.
7. Investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob)lari faqat ekspertiza idoralarining ijobiy xulosalari boʻlgan taqdirda:
mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, hisoblangan qiymati 1991-yilgi narxlarda 25 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan loyihalar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Hukumat kafolati ostida xorijiy sarmoyalar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun, qurilishning hisoblangan qiymatidan qatʼi nazar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, hisoblangan qiymati 1991-yilgi narxlarda 5,0 mln. soʻmdan 25 mln. soʻmgacha boʻlgan obyektlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishgan holda investor tomonidan;
mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, hisoblangan qiymati 1991-yilgi narxlarda 5,0 mln. soʻmgacha boʻlgan obyektlar uchun — investor tomonidan tasdiqlanadi.
8. Ish loyihalari faqat ekspertiza idoralarining ijobiy xulosalari boʻlgan taqdirda:
mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, hisoblangan qiymati 1991-yilgi narxlarda 25 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan obyektlar uchun — Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti bilan kelishgan holda investor tomonidan;
mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, hisoblangan qiymati 1991-yilgi narxlarda 25 mln. soʻmgacha boʻlgan obyektlar uchun — investor tomonidan tasdiqlanadi.
9. Tender hujjatlari (texnik qismi) Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining “Boshdavekspertiza” boshqarmasi va uning quyi boʻlinmalarining ijobiy xulosalari boʻlgan taqdirda investor tomonidan tasdiqlanadi.
10. Texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻzgarganda yoki tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan qurilishda amaldagi sarf-xarajatlar koʻpaygan hollarda loyiha oldi va loyiha hujjatlari (texnik-iqtisodiy asoslash, texnik-iqtisodiy hisob-kitob, ish loyihasi)ni qayta tasdiqlash ularni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shu maqsadlarda:
loyiha tashkiloti va buyurtmachi (investor) tomonidan qurilishda xarajatning oshishining elementlar boʻyicha tuzilgan asoslash hujjati;
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqqan ekspert organining ijobiy xulosasi taqdim etiladi,
Keyingi tahrirga qarang.
Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom obyektlarni loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda qurishda (obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurishda) investitsiya jarayoni qatnashchilarining oʻzaro munosabatlarini belgilab beradi.
2. Obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish faqat mamlakat Mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini taʼminlashga doir chora-tadbirlar, tabiiy va ekologik ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarni bajarishi va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan davlat ehtiyojlarini hal etish bilan bogʻliq istisno hollarda, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish zaruriyatini asoslash Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan xolda investor (buyurtmachi) tomonidan Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul qilish uchun kiritiladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi;
obyekt qurilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida shaharsozlik kengashining qarori;
obyekt qurilishining belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslari (texnik-iqtisodiy hisob-kitob);
qonunchilik hujjatga muvofiq qurilishga texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) ishlab chiqilishi majburiy boʻlmagan obyektlar boʻyicha — qurilish qiymati hisoblangan loyihalashdan oldingi hujjat.
Obyekt qurilishini texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) mavjud boʻlmaganda:
qurilish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qaror;
Keyingi tahrirga qarang.
obyektni muhandislik kommunikatsiyalariga ulash uchun texnik shartlar;
obyekt qurilishi uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi;
muhandislik-qidiruv ishlari natijalari yoki ular tugallanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Asoslashda, qoidaga koʻra, parallel loyihalashtirgan holda obyektlarni qurish davri, unga rioya qilmaslik belgilangan tartibda tegishli sanksiyalar qoʻllanilishiga olib kelishi nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish davri obyektlar qurilishini loyihalashning normativ muddati doirasida belgilanadi, biroq shunga oʻxshash obyektlarni loyihalash muddatidan ortiq boʻlmasligi kerak, bu muddat Vazirlar Mahkamasining qarori chiqqan kundan boshlanadi (obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurishning ruxsat etilgan davri), bu muddat keyinchalik qayta qurib chiqilmaydi.
5. Obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish toʻgʻrisidagi asoslarni tayyorlashda kapital qurilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlari talablariga rioya qilinishini taʼminlash hisobga olinishi kerak.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan buyurtmachi bilan loyihalash tashkiloti oʻrtasida loyiha hujjatini ishlab chiqish, shu jumladan, loyiha yechimlarini va obyektni parallel holda loyihalashtirgan holda qurishning ruxsat etilgan davri mobaynida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari boʻyicha mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvalini tuzish uchun shartnoma tuziladi.
Ayni paytda buyurtmachi tomonidan tegishli idoradan tashqari ekspertiza organi bilan loyiha yechimlarini va Mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvaliga muvofiq ekspert kuzatuvi hajmlarini koʻrsatgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish uchun shartnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Loyiha yechimlarini va mahalliy yoki obyekt smetalarini berish jadvali quyidagi ishlar izchilligi (qurilish bosqichlari) asosida ishlab chiqiladi:
boj reja va obodonlashtirish obyektlari;
binolar va inshootlar asoslari va poydevorlari hisob-kitoblari;
binolar va inshootlar boʻyicha loyiha yechimlari;
asosiy konstruksiyalar hisob-kitoblari;
tom, toʻsiq konstruksiyalar, ichki muhandislik asbob-uskunalari, tashqi tarmoqlar boʻyicha ish hujjatlari;
binolar va inshootlarni pardozlash ishlari boʻyicha ish hujjatlari;
ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik jihozlash, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish boʻyicha ish hujjatlari;
loyiha tarkibiga qiruvchi boshqa hujjatlar;
obyekt qiymatining yigʻma smeta hisob-kitobi.
8. Obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Parallel loyihalashtirish davrida qurilish subyektining murakkabligi, noyobligi va texnologik asbob-uskuna bilan jihozlanganligi darajasiga qarab ekspertlarning koʻchma ishchi guruhi tashkil etilishi mumkin.
Har bir bosqich boʻyicha qurilish-montaj ishlari faqat mahalliy yoki obyekt smetalari ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng boshlab yuborilishi mumkin.
9. Obyektni moliyalashtirish hajmi va uning parallel loyihalashtirish ruxsat etilgan davridagi shartnomaviy qiymati tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) boʻyicha uning qiymatidan kelib chiqib, qurilishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob)ni ishlab chiqish shart boʻlmagan obyektlar boʻyicha esa — 1991-yilgi narxlar darajasidagi yiriklashtirilgan koʻrsatkichlar boʻyicha shunga oʻxshash obyektlarni tahlil qilish usuli bilan loyiha tashkiloti tomonidan tuziladigan obyekt qurilishi qiymatini oldindan hisob-kitob qilish negizida, qurilish qiymatini oshirish tarmoq prognoz indekslarini qoʻllagan holda, loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangandan keyin esa — obyekt qiymatining tasdiqlangan yigʻma smeta hisob-kitobi boʻyicha belgilanadi.
Qurilishni parallel loyihalashtirish ruxsat etilgan davr mobaynida bajarilgan ishlar uchun haq toʻlash bajarilgan qurilish-montaj ishlarining haqiqiy qiymati boʻyicha buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan (kelishilgan) mahalliy va obyekt smetalari asosida vakolatli bank tomonidan amalga oshiriladi.
10. Qurilishni moliyalashni boshlash uchun buyurtmachi tomonidan mablagʻ bilan taʼminlovchi bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish toʻgʻrisida (parallel loyihalashtirish toʻgʻrisida) Vazirlar Mahkamasining qarori;
belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) yoki texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) boʻlmaganda obyekt qurilishi qiymatining hisob-kitobi;
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan qurilishning aniq roʻyxati;
Keyingi tahrirga qarang.
loyiha-smeta hujjatlarini tuzish, ekspertizadan oʻtkazish va pudrat ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalar.
11. Buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida bosh pudratchi bilan obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish uchun shartnoma tuziladi, unda obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish vaqtining ruxsat etilgan davrida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Pudrat ishlari shartnomasiga ichki qurilish titul roʻyxati va obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish vaqtining ruxsat etilgan davri mobaynida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari boʻyicha loyiha yechimlari va mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvali ilova qilinadi.
12. Texnologiya asbob-uskunalarini sotib olish, shu jumladan, import boʻyicha sotib olish belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
13. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) yoki uning mintaqaviy boʻlinmalari tomonidan parallel loyihalashtirilayotgan qurilish obyekti belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi va beriladigan loyiha yechimlariga muvofiq bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati ustidan zarur nazorat oʻrnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mazkur Nizom talablari buzilishi aniqlanganda “Boshdavarxitektqurilishnazorat” organlari tomonidan tegishli dalolatnomalar tuziladi yoki belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda yozma koʻrsatmalar beriladi.
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida “Boshdavarxitektqurilishnazorat” organi parallel loyihalashtirilayotgan obyektlar qurilishini moliyalashtiruvchi bankni belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mazkur Nizomning loyiha hujjatini ishlab chiqish va ekspert kuzatuvi shartlarini tartibga soluvchi tegishli bandlari obyektlarni foydalanishga tayyor holda koʻrish shartnomalari boʻyicha qurishga va pudratchilari pudrat savdolari natijasida aniqlangan obyektlar qurilishiga joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni va uning tuzilmasini tasdiqlash haqida” 1999-yil 8-noyabrdagi 492-son qaroridagi:
1-ilovaning 6.20-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Pudrat savdolari oʻtkazilishiga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qiladi, ularni tayyorlash va oʻtkazish tartibini nazorat qiladi, tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi”;
4-ilova 4-bandining “e” kichik bandi “va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsat beradi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida texnik-iqtisodiy asoslashlarni hamda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida” 1985-yil 17-dekabrdagi 620-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qarori 4-bandining 3-xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 5-ilova “Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.