Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5278-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Agentlik hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlar soni 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarining (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb yuritiladi) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xodimlarning cheklangan soni kuyidagi miqdorlarda belgilansin:
Agentlikning markaziy apparati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan 45 ta birlik;
Agentlikning hududiy boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan 174 ta birlik.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish huquqi berilsin.
Agentlik direktori maqomi va mehnat haqi shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosariga, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Agentlikka kuyidagi huquqlar berilsin:
davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun hujjatlari va maʼmuriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirish;
davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonunbuzilishlar, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo koʻllash;
Markazlar orqali ularning binolari va tutash hududlarida reklama faoliyatini, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tadbirkorlik subyektlarining muhr va shtamplarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olishdan tushayotgan davlat boji summalari, shuningdek, Markazlar va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari va barcha turdagi yigʻimlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
qonun hujjatlariga muvofiq pulli xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
mansabdor shaxslar davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini buzganligi uchun qoʻllaniladigan maʼmuriy jarima summalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Agentlik Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy manzili boʻyicha bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Agentlikning hududiy boshqarmalari joylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki hafta muddatda Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
bir oy muddatda davlat xizmatlari koʻrsatish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-dekabr,
PQ-3430-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 45 birlik.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni 11 — 14 birlikni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari xodimlarining umumiy soni — 174 birlikni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga
2a-ILOVA
2a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining
CHEKLANGAN SHTATLAR SONI
|
T/r |
Hudud nomi |
Shtat birliklari soni |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
13 |
|
2. |
Andijon viloyati |
13 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
12 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
11 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
13 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
12 |
|
7. |
Namangan viloyati |
12 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
13 |
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
12 |
|
10. |
Sirdaryo viloyati |
11 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
13 |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
13 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
12 |
|
14. |
Toshkent shahar |
14 |
|
Jami |
174 | |
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Shtat birliklari umumiy soni — 3 — 18 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 3 — 15 birlik
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari xodimlarining umumiy soni — 1 750 birlik
* Izoh: shuʼbalarda Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan kelishiladigan miqdorda vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan xizmat safariga yuboriladigan xodimlar faoliyat koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 07/17/3430/0406-son, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son; 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 02.02.2023-y., 06/23/16/0067-son)