Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5278-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Agentlik hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlar soni 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarining (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb yuritiladi) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni kuyidagi miqdorlarda belgilansin:
Agentlikning markaziy apparati 58 birlik;
Agentlikning hududiy boshqarmalari 216 birlik.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda:
Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Agentlik, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, Markazlar, FHDY arxivlari va filiallar uchun qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikda ishga jalb etish huquqi berilsin.
Agentlik direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosariga, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga tenglashtirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Agentlikka kuyidagi huquqlar berilsin:
davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun hujjatlari va maʼmuriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirish;
davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonunbuzilishlar, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo koʻllash;
Markazlar orqali ularning binolari va tutash hududlarida reklama faoliyatini, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tadbirkorlik subyektlarining muhr va shtamplarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablagʻlar hamda Markazlar va ularning filiallari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
ariza beruvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yoʻnaltirilgan murojaatlariga asosan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoniga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son)
adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
qonun hujjatlariga muvofiq pulli xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
mansabdor shaxslar davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini buzganligi uchun qoʻllaniladigan maʼmuriy jarima summalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Agentlik Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy manzili boʻyicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Agentlikning hududiy boshqarmalari joylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki hafta muddatda Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
bir oy muddatda davlat xizmatlari koʻrsatish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-dekabr,
PQ-3430-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 58 birlik.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni 13 — 17 birlikni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 216 birlikni tashkil etadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga
2a-ILOVA
2a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining
CHEKLANGAN SHTATLAR SONI
|
T/r |
Hudud nomi |
Shtat birliklari soni |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
13 |
|
2. |
Andijon viloyati |
13 |
|
3. |
Buxoro viloyati |
12 |
|
4. |
Jizzax viloyati |
11 |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
13 |
|
6. |
Navoiy viloyati |
12 |
|
7. |
Namangan viloyati |
12 |
|
8. |
Samarqand viloyati |
13 |
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
12 |
|
10. |
Sirdaryo viloyati |
11 |
|
11. |
Toshkent viloyati |
13 |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
13 |
|
13. |
Xorazm viloyati |
12 |
|
14. |
Toshkent shahar |
14 |
|
Jami |
174 | |
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Shtat birliklari umumiy soni — 3 — 17 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 3 — 14 birlik
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari xodimlarining umumiy soni — 1 550 birlik
* Izoh: shuʼbalarda Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan kelishiladigan miqdorda vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan xizmat safariga yuboriladigan xodimlar faoliyat koʻrsatadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentabrdagi PQ-4461-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 07/17/3430/0406-son, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son; 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 02.02.2023-y., 06/23/16/0067-son)